Oxirat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oxirat (arab. — oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) — diniy tushuncha. Oxirat haqidagi tasavvurlar barcha dinlarga xos. Islomdagi Oxirat haqidagi tasavvur va rivoyatlar yahudiylik, xristianlikdagi tasavvurlarga va baʼzi Sharq xalqlarining diniy rivoyatlariga qisman oʻxshab ketadi, Qurʼonda Oxirat kunida osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib oʻrnidan turishi, soʻroq qilinishi, gunoh va savobning oʻlchanishi, marhumlarning jannat yo doʻzax (jahannam)ga joʻnatilishi tafsilotlari va shu kabilar keng berilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil