Abu Ahmad as-Sogʻarjiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil as-Sog‘arjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti taxminan milodiy 970-yil (hijriy 360-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, roviy, mirishkor dehqon

Abu Ahmad as-Sogʻarjiy (arabcha: أبو أحمد الساغرجي — Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil as-Sog‘arjiy) — muhaddis, roviy va mirishkor dehqon.

Abu Ahmad as-Sog‘arjiy ko‘p fazilat sohibi va fiqh ilmi bilimdoni bo‘lib, bo‘sh vaqtlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Manbalarda qayd etilishicha, Abu Ahmad as-Sogʻarjiy hanafiy mazhabi asoschisi Abu Hanifa Noʻmon ibn Sobitning maslakdoshlaridan hisoblangan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Ahmad as-Sogʻarjiy ustozi Abu Umayya Abbos ibn Tayyib as-Sog‘arjiy va Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniylardan hadis ilmini puxta o‘zlashtirgan va ulardan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, Abu Ahmad as-Sogʻarjiydan ko‘plab allomalar hadis rivoyat qilganlar.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taxminan 970-yil (hijriy 360-yil)dan keyin oltmish yoshdan oshib vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. VII, 462;
  2. Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 45;
  3. O‘rta asr Sharq allomalari ensik­lopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 357.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.