Abdurrahmon Toj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurrahmon Toj
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1896-yil
Vafoti 1975-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi shayx, huqushunos, davlat arbobi

Abdurrahmon Toj (arabcha: عبد الرحمن تاج, 1896 — Misr — 1975) — Al-Azhar shayxi, huquqshunos va davlat arbobi.

Misr Arab Respublikasining Asyut viloyatida tug‘ilgan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hofizlik hamda bosh­lang‘ich taʼlimni vatani Asyutda olgan. Oilasining Iskandariyaga ko‘chib kelishi sababli Iskandariya din institutiga (Maʼ­had al-Iskandariyya ad-diniy) o‘qishga kiradi (1910-yil). 1926-yilda al-Azhar universiteti shariat fakultetini tugatgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir muddat Asyut va Qohira din universitetlarida talabalarga dars beradi. 1933-yilda shariat fakulteti o‘qituvchisi, ikki yildan so‘ng ushbu faoliyati bilan birga fatvo qo‘mitasining hanafiy mazhabi hay’ati aʼzoligiga tayinlanadi. 1936-yilda al-Azhar universiteti tomonidan Parijdagi Sorbon universitetiga yuboriladi. U yerda „Bobiylik va Islom“ mavzusida nomzodlik dissertatsiya­sini yoqlab, falsafa va dinlar tarixi fanlari doktori ilmiy darajasini oladi. U yerdan qaytib yana al-Azhar universiteti professori va fatvo qo‘mitasi aʼzosi sifatida vazifalarini davom ettiradi. Shu bilan birga Abdurrahmon Toj ilmiy tadqiqotlardan chetlanmagan holda, „As-Siyāsa ash-shar’iyya“ mavzui­dagi ilmiy ishi yuzasidan „Jamoat kibor al-ulamo“ jamiyati aʼzoligiga saylanadi (1951-yil). Bir muddat Ayn ash-Shams universitetining huquq fakulteti va asosiy qonun (Konstitusiya) komissiyasi aʼzosi sifatida fao­liyat olib boradi. 1954-yilda al-Azhar universiteti shayxi etib tayinlanadi. Universitetga taʼlim va bosh­qaruv bo‘­yicha yangi qoidalar olib kiradi. Xorijdan kelgan talabalar uchun yotoqxonalar qurdiradi. 1958-yilda Misr va Suriya mamlakatlarining hamkorligida Birlashgan Arab jumhuriyati tashkil etilganidan so‘ng, vazir etib tayinlanadi. 1963-yilda Arab tili akademiyasi (Majmaʼ al-lug‘a al-’arabiyya), keyinchalik esa, al-Azhar islomiy tadqiqotlar akademiyasi (Maj­maʼ al-buhus al-islamiyya)ga aʼzo bo‘ladi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Al-Ahvāl ash-shaxsiyya fi-l-fiqh al-islāmӣ“ (Qoxira 1955-yil);
  • As-Siyā­sa ash-shar’iyya“;
  • Hukm ar-ribā fi-sh-sharӣ’a al-islāmiyya“;
  • Sharikāt at-­taʼmӣn min vijha nazar ash-sharӣ’a al-islāmiyya[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ali Abdulazim. Mashӣxa al-Azhar. — Qohira: 1399/1979. II, 165, 177;
  • Muhammad Abdulalim Husayn. Al-Azhar ash-sharӣf fӣ ’ӣdih al-alfӣ — Qohira: 1403/1983. 259-260;
  • Shuyӯx al-Azhar. — Qohira: 43-44;
  • Muhammad Mahdiy Allom. Al-Maj­maʼiyyӯn fӣ xamsӣna ’āman. — Qohira: 1406/1986. 155-157;
  • Rahmi Yaran. „Abdurrahman Tâc“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 175.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.