Kontent qismiga oʻtish

Abdumo‘min O‘tbosarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdumoʻmin Abdumajidovich Oʻtbosarov
Tavalludi 24-aprel 1960-yil
Vafoti 1-yanvar 2016-yil(2016-01-01)
(55 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston
Kasbi suxandon
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Abdumoʻmin Abdumajidovich Oʻtbosarov (1960-yil 24-aprel — 2016-yil 1-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi suxandoni, Oʻzbekiston xalq artisti (2014)[1].

Abdumoʻmin Oʻtbosarov 1960-yil 24-aprel kuni Toshkent shahrida xizmatchi oilada dunyoga keladi. Otasi oʻqituvchi, onasi esa tibbiyot xodimi boʻlgan. Oilada toʻrt farzand boʻlib, Abdumoʻmin ikkinchi farzand edi. Otasi suratga olishni yaxshi koʻrgani uchun oʻgʻlini ham shunga undaydi.

Maktabni bitirib, 19771979-yillarda Xabarovsk oʻlkasida Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. U yerda boʻlajak suxandonning fotografiyadan xabari borligini bilishgach, uni fotomuxbir boʻlib faoliyat yuritishga taklif etishadi.

Harbiy xizmatdan qaytgach esa hujjatlarini Toshkent davlat universiteti  jurnalistiga fakultetining kechki boʻlimiga (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) topshiradi va hujjatlar bilan birga, u maqola va ocherklari chop etilgan harbiy gazetalardan olingan parchalarni qoʻshib topshiradi. Bu maqolalar uni kirish imtihonlarisiz universitetga qabul qilishda xizmat qildi.

1981-yilda Oʻtbosarov televideniyega rejissor yordamchisi sifatida ishga qabul qilingan.

Oʻtbosarov 1986-yilda suxandonlar guruhiga diktor sifatida oʻtkazilgan.

19881989-yillarda Moskvaga Televideniye va radioeshittirish xodimlari malakasini oshirish Butunittifoq institutiga yuborilgan. Uning ustozi Markaziy televideniyening bosh diktori Igor Kirillov edi. Abdumoʻmin Oʻtbasarov Ostankinoda teledasturlar boʻyicha diktor boʻlgan. Moskvadan qaytgach, Oʻzbekiston televideniyesida suxandonlik faoliyatini davom ettirgan.

Adumoʻmin Abdumajidovich mehnat faoliyati davomida suxandon boʻlib ishlagan. „Axborot“ axborot dasturini olib borgan, „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“ kabi koʻplab sport tadbirlarining ochilishida ishtirok etgan. U quyidagi davlat tadbirlarida mezbonlik qilgan: SHHT xalqaro sammiti; „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivali; xorijiy davlatlar rahbarlarining tashriflariga bagʻishlangan konsertlar va bayram tadbirlarini oʻtkazgan.

„Topgan gul…“ satirik sheʼrlar toʻplamlarining muallifi boʻlgan.

suxandonning soʻnggi chiqishi 2015-yil 31-dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yangi yil tabrigini oʻqib eshittirgan. Dasturdan soʻng uning yurak xuruji tutib, Toshkent tibbiyot akademiyasining jonlantirish boʻlimida vafot etadi.

Mukofot va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti“ unvoni taqdimoti
  1. „„Xalq so‘zi" gazetasi 2014-yil 23-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/). 2025-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-oktyabr.
  2. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 26 avgusta 2002 goda № UP-3119 „O nagrajdenii v svyazi s odinnadsatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov nauki, zdravooxraneniya, kulturi, iskusstva, prosveshsheniya, sredstv massovoy informatsii i sotsialnoy sferi“
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 22 avgust 2014 года № УП-4647 «О награждении в связи с двадцать третьей годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер
  4. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 24 avgusta 2021 goda „O nagrajdenii posmertno gruppi tvorcheskix deyateley, vnyosshix ogromniy vklad v razvitie sfer kulturi i iskusstva, literaturi, sredstv massovoy informatsii v strane“