Umid nihollari sport oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2006-105.jpg

"UMID NIHOLLARI" SPORT OʻYINLARI - Oʻzbekistonning umumiy oʻrta taʼlim va bolalar-oʻsmirlar sport maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport musobakalari. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi (2001 y. 19 yanvar) qarori asosida tashkil etilgan hamda "Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluk-siz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida"gi (2003 y. 3 iyun) qaroriga binoan bu oʻyinlarning respublika final bosqichlari 3 yilda bir marta oʻtkazilishi belgilangan. Maqsadi — umumiy oʻrta taʼlim va bolalar-oʻsmirlar sport maktablari oʻquvchilarini jismonan yetuk, axloqan barkamol hamda vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish. "Umid nihollari sport oʻyinlari" s.oʻ.da badiiy gimnastika, basketbol. voleybol, gandbol, yengil atletika, sport gimnastikasi. stol tennisi, suzish, tennis, futbol kabi olimpi-ada oʻyinlari dasturiga kirgan va shax-mat, belbogʻli kurash, kurash singari ommalashgan sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi. Saralash muso-baqalari umumiy oʻrta taʼlim va bolalar-oʻsmirdar sport maktablari, tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil etiladi. Birinchi "Umid nihollari sport oʻyinlari" s.oʻ.ning respublika final bosqichi Fargʻona (2002), ikkinchisi Xorazm (2003) viloyatlarida boʻlib oʻtdi. Ikkinchi "Umid nihollari sport oʻyinlari" s.oʻ. saralash musobaqalarida 4 mln.dan ziyod, uning final bosqichida 2114 nafar oʻquvchi qatnashdi (2003).