Abdulloh (Abdullohxon Toʻra)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh (Abdullohxon Toʻra) — (arabcha: عبد الله (عبد الله خان توره))- (1890, Qo‘qon — 1951, ?) — mutasavvif, shoir va xattot.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh xoja Eshonxon o‘g‘li nomi bilan ham tanilgan. Qo‘qon madrasalarida tahsil olgan, shu yerlik taniqli ilohiyotshunos olim va mavlaviy shoir Yo‘ldosh (1861-1922-yillar)ning shogirdi bo‘lgan. Tatar olimi Rizo (Rizouddin ibn Faxruddin) bilan yaqin do‘stona munosabatlarda bo‘lgan.

Abdulloh butun hayoti davomida tasavvufga oid sheʼrlar va tarixlarni yozgan hamda ko‘chirib yozish bilan shug‘ullangan. Xattot sifatida taniqli mutasavvif olim Majzub Namangoniyning tasavvufga oid asarini ko‘chirgan. Sharq sheʼriyati klassiklari va Qo‘qon adabiyoti vakillari asarlaridan namunalar asosida sheʼlar (bayoz) almanax to‘plamini tuzgan, mazkur to‘plamda diniy mavzudagi sheʼrlarga alohida o‘rin ajratilgan. Muallif ushbu to‘plamga o‘z asarlarini ham kiritgan: bayozning ikkinchi bo‘limida XX asr boshlarida faoliyat olib borgan Farg‘ona vodiysi (Qo‘qon, Andijon, Namangan, Isfara)ning o‘nlab diniy vakillari haqidagi xotiralarini yozgan. XX asrning birinchi choragida muallifning o‘zi ham Qo‘qon diniy hayotida faol ishtirok etgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ustozi Mavlaviy Yo‘ldosh qalamiga mansub ilmiy-diniy maqolalar, sheʼr va maktublardan tashkil topgan "Al-­Favāid al-mavlaviyya va-l-mavā’id al-maʼ­naviyya" nomli katta to‘plam (maj­mua) tuzgani, Abdullohning tahsinga lo­yiq xizmatlari sirasiga kiradi. Mazkur to‘plam olti bo‘limdan tashkil topgan:

1) ilmiy-diniy maqolalar;

2) adabiy asarlar;

3) sheʼriy xronogramma(tarix)lar;

4) Mavlaviy Yo‘ldoshning olim va shoirlarga yo‘llagan maktublari;

5) mashhur zamondoshlari tomonidan Mavlaviy Yo‘ldoshga yo‘llangan maktublar;

6) shoirlarning Mavlaviy Yo‘ldoshga bag‘ish­lab yozgan qasida va marsiyalari. Ushbu to‘p­lamda keltirilgan maʼlumotlar o‘zbek, fors va arab tillarida bitilgan.

Shuningdek, Abdullohning o‘z davrining mu­him ijtimoiy-siyosiy voqyealari va diniy vakillarga bo‘lgan munosabatlari aks etgan o‘ziga xos kundaligi ham saqlanib qolgan.

Abdulloh umrining so‘nggi yillarini yolg‘izlikda, darveshona o‘tkazadi va Qo‘qonda vafot etadi. Uning yozma merosi nashr etilmagan va Farg‘ona viloyati adabiyot muzeyi­ning fondlarida saqlanmoqda[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bayoz (to‘plam). Aftograf. Qo‘lyozma. FVAMF. inv. raqam 460; Al-Favāid al-mavlaviyya va-l-mavā’id al-­maʼnaviyya. Qo‘l­yozma. FVAMF. inv. raqam 658.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ITBRI. – M.: «Vos­toch­naya literatura», 2012. V, 10.