Almanax
Almanax (arab. — almunah — vaqt, kalendar) — turli mualliflarning mavzu, janr va boshqa belgilarga koʻra birlashtirilgan adabiy asarlari toʻplami. Oʻrta asrlarda Sharqda astronomiya kalendarlari Almanax nomi bilan atalgan. Bundan tashqari, Sharq adabiyotida zamon-dosh shoirlarning ijodlaridan namunalar yigʻib „Bayoz“lar ham tuzilganki, ularni ham Almanaxlarning mukammal shakli deb baholash mumkin. XVII—XVIII asrlardan Yevropada ham shunday Almanaxlar nashr etila boshlagan, lekin qiziqarli boʻlishi uchun ularga kichik-kichik badiiy asarlar (hikoya, sheʼr, latifalar) ham kiritilgan, shu tariqa, Almanax hozirgi maʼnosiga ega boʻlgan. Oʻzbekistonda ham Almanaxlar nashr etib turiladi (masalan, „Armugon“, 1944; „Zafar“ 1945; „Guldasta“, 1964, 1968; „Yoshlik“, 1970-84 va hokazolar).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |