Rizouddin Ibn Faxruddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rizouddin Ibn Faxruddin, Faxretdinov Rizo (1859 Samara gubernyasi, Bugulma uyezdi — 1936.11.4, Ufa) — maʼrifatparvar, adib, sharqshunos, diniy arbob. Asosan, turkiy tilda yozgan. Ilk yirik asari — "Kitob at-tasrif" ("Morfologiya haqida kitob"), Qozonda nashr qilingan (1887). 1891-yildan Ufaga koʻchib kelib Orenburg musulmonlari diniy kengashida qozi boʻlib ishlagan (1906—22), Rossiyaning ichki qismi va Sibir musulmonlari Markaziy diniy boshqarmasi muftiysi (1922—32). Rossiya va boshqa mamlakatlardagi musulmonlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni kuchaytirish uchun intilgan, Gʻarbning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashgan. 1906—17 yillarda 50 ga yaqin kitobi nashr qilingan. Orenburgda nashr etilgan "Vaqt" gaz. (1906—08) muharrir oʻrinbosari va "Shoʻro" jurnali (1908—18) muharriri. Uning asarlari 20-asr boshlaridayoq Turkistonda keng tarqalgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tarbiyali xotun (T., 1991), Tarbiyali ona, Tarbiyali ota, Tarbiyali bola, Qozon, 1898; Axlu ayol, T., 1994.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tvorchestvo Rizi Faxretdinova: issledovaniye, materiali, Ufa, 1988.