Abdulaziz Mansur
Abdulaziz Mansur | ||
![]() | ||
| ||
---|---|---|
1997-yildan — 2000-yilgacha | ||
Dini: | islom | |
Tavalludi: | 9-aprel 1944-yil (76 yosh) Fargʻona |
Shayx Abdulaziz Mansur (oʻzbekcha: Mansurov Abdulaziz Dadajon o‘g‘li; 1944-yili Farg'ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan) - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari (2006-yildan hozirgi kunga qadar), Toshkent shahrining bosh imom-xatibi va Minor masjidining imomi (2018-yil 24-iyundan 2019-yil 4-yanvarga qadar).[1][2][3].
Biografiyasi[tahrir]
- Maktabni tamomlagandan so‘ng Oltiariq tumani va Marg‘ilon shahridagi turli idoralarda xizmat qilgan.
- 1975–1979 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil oldi.
- 1979-1980 yillarda “Sovet Sharqi musulmonlari” jurnali tahririyatida mas’ul kotib bo‘ldi.
- 1980–1981-yillari Sudan islom universitetida tahsilni davom ettirdi.
- 1982–1989 — Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Fatvo bo‘limi mudiri.
- 1989-1993 — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim.
- 1993-1994 — “Movarounnahr” nashriyoti mudiri.
- 1994-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i.
- 1997-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining millatlalaro munosabatlar va diniy masalalar bo'yicha davlat maslahatchisi.
- 2000-2006 — Toshkent islom universitetining ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha prorektori.
- 2006-yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy)ning o‘rinbosari (muovini)dir.
- 2018-2019 - Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi.
- 2019- yil 12-sentabrdan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktor o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ilmiy ishlari[tahrir]
Shayx Abdulaziz Mansur amalga oshirgan “Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri” qayta-qayta nashr qilindi. Ustoz “Sahihi Buxoriy”ni tarjima va sharh qilib, ikki jildda nashr ettirgan. Shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida tuzilgan diniy adabiyotlar nashri bo‘yicha maxsus hay’at raisidir.
Manbalar[tahrir]
1.https://m.kun.uz/news/2019/01/04/toshkent-shahriga-yangi-bosh-imom-xatib-tayinlandi
2.https://uzreport.news/society/sheyh-abdulaziz-mansur-naznachen-glavnim-imam-hatibom-tashkenta
3.http://ziyouz.uz/ozbek-ziyolilari/sha-x-abdulaziz-mansur-1944/
4.https://kun.uz/news/2019/09/12/shayx-abdulaziz-mansur-yangi-lavozimga-tayinlandi
Yana qarang[tahrir]
![]() ![]() |
![]() |