Kontent qismiga oʻtish

Abat Fayzullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abat Fayzullayev

Abat Fayzullaev 2020-yilda
 Oʻzbеkistоnning Italiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yil 26-oktyabrdan  hozirgacha[1]
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Otabek Akbarov[2]
 Oʻzbеkistоnning Kiprdagi elchisi
 
Mansab davri
2024-yil dekabr  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
 Oʻzbеkistоnning Maltadagi elchisi
 
Mansab davri
2025-yil 2-mart  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ilk elchi
 Oʻzbеkistоnning Avstriyadagi elchisi
 
Mansab davri
2020-yil 3-avgust  2023-yil 25-oktyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Asadov[3]
Vorisi Baxtiyor Ibragimov[4]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1982-yil 30-dekabr (1982-12-30) (43 yosh)
Nukus

Abat Fayzullayev – oʻzbek diplomati. Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi[5][6]. Shuningdek 2024-yil dekabrdan Kipr hamda 2025-yil 2-martdan Oʻzbekistonning Maltadagi birinchi elchisi[7]. Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi boʻlib ham ishlagan (2020—2023).

1982-yil 30-dekabrda Nukus shahrida tugʻilgan.

2005-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti bakalavr bosqichini, 2007-yilda shu fakultet magistraturasini tugatgan. 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya fakulteti bakalavriatini sirtqi boʻlimini tugatgan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasida referent, attashe, uchinchi kotib, ikkinchi kotib,

2011—2013 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

2013—2017 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining siyosiy tahlil boʻlimi attashesi.

2017—2018 – Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi siyosiy tahlil boʻlimining birinchi kotibi.

2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Amerika departamenti birinchi kotibi.

2019—2020 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshligʻi[8].

2020—2023-yillarda Oʻzbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Xalqaro atom energiyasi agentligidagi doimiy vakili etib tayinlanadi.

2022-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi[9].

2023-yil 26-oktyabr kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi[1] va Rim shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlar (FAO, QXRXJ, BOOD) huzuridagi doimiy vakil hamda 2024-yilning dekabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi sifatida ham faoliyat yuritmoqda[6]. 2025-yil 2-mart O‘zbekistonning Maltadagi birinchi elchisi etib tayinlanadi[6].

  1. 1 2 „Ўзбекистоннинг янги элчиси Италияга етиб борди“. dunyo.info. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
  2. [object%20Object/posol-uzbekistana-v-italii-zavershaet-svoyu-missiyu- „Ўзбекистоннинг Италиядаги элчиси ўз миссиясини якунламоқда“]. dunyo.info (15-may). Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
  3. „Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi“.
  4. „O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi“. kun.uz (2023-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  5. „O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Italiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 15-may.
  6. 1 2 3 Komilov, Asadbek „O‘zbekiston Maltaga ilk elchisini yubordi“. Qalampir.uz (15-may). Qaraldi: 15-may.
  7. „O'zbekistonning birinchi elchisi Malta Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi“. dunyo.info. Qaraldi: 15-may.
  8. „Elchixona xodimlari“. 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-fevral.
  9. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.