2012-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (yaponcha: サッカー日本女子代表 Sakkā Nippon Joshi Daihyō?) (yoki Nadeshiko Japan nomi bilan ham tanilgan (yaponcha: なでしこジャでしこジャャパこジャャパパジャパパこジャパパ,)) xalqaro maydonda Yaponiya sharafini himoya qiladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya futbol assotsiatsiyasining tomonidan boshqariladi[1]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiya Futbol Konfederatsiyasining eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi hisoblanadi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 2011-yil dekabrida erishilgan 3-oʻringa chiqqanidir (jahon boʻyicha)[2].

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etdi va shu tariqa oʻzining birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bu natijasi bilan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Osiya ayollar futbol terma jamoasi boʻldi[3]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bu xalqaro chempionatlarda uchta umumiy medalga ega boʻlgan yagona Osiya jamoasiga aylandi[4].

Quyida 2012-yilgi futbol boʻyicha Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha tafsilotlari qayd etilgan[5].

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2012-yilgi xalqaro turnirlardagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil yozgi Olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlariga 2011-yil sentabr oyida, ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan atigi 6 hafta o‘tgach, Osiyo saralashida birinchi o‘rinni egallab yo‘llanma olgan edi. Olimpiada oʻyinida o‘z guruhida Shvetsiya ayollar terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda Braziliyaiya ayollar terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. So‘ngra Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Olimpiada boshlanishi oldidan o‘rtoqlik uchrashuvida yutqazgan Fransiya ayollar terma jamaosi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib finalga yoʻl oldi.

Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyati uchun revansh xohlayotgan AQSh terma jamoasi bilan finalda toʻqnash kelgan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bu safar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yaponiya terma jamoasining darvozasiga 8 va 54-daqiqalarda Carli Lloydga ikkita gol urdi. Yaponiya terma jamoasining yagona goliga Yuki Nagasato mualliflik qildi[6].

Musobaqa Bosqich Natija Raqib jamoa Oʻrin
Birlashgan Qirollik 2012-yilgi Yozgi Olimpiada saralash oʻyinlari Yakuniy davra 3-0 Tailand Tailand
2-1 Janubiy Koreya Janubiy Koreya
1-0 Avstraliya Avstraliya
1-1 Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Shimoliy Koreya
1-0 Xitoy Xitoy
Birlashgan Qirollik 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Guruh bosqichi 2-1 Kanada Kanada
0-0 Shvetsiya Shvetsiya
0-0 Janubiy Afrika Janubiy Afrika 2 / 4
Chorak final 2-0 Braziliya Braziliyaiya
Yarim final 2-1 Fransiya Fransiya
Final 1-2 Qoʻshma Shtatlar AQSh 2-oʻrin

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2012-yilda oʻtkazgan oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvallarda dastlab oʻtkazilgan oʻyinnning aniq sanasi (yil, oy, kun ketma-ketligida berilgan), keyingi oʻrinlarda oʻzaro raqib jamoalar (bunda doim Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi koʻrsatilgan va oʻyinda qayd etilgan hisob va oxirida ushbu uchrashuv boʻlib oʻtgan manzil (davlat yoki shahar) nomi keltirilgan[7].

2012.07.19 Yaponiya 0–2 Fransiya Fransiya
? Gol
? Gol

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2012-yil davomidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan futbolchilarning yil davomidagi barcha statistikasi berilgan[8].

Bunda dastlabki ustunda futbolchilarning ismi, keyingi ustunda esa futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasida 2012-yildan oldingi yillardagi umumiy statistikasi (ushbu ustunda dastlabki son futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida shu vaqtga qadar necha bor maydonga tushganini, qavs ichidagi son esa futbolchining terma jamoa safidagi gollar sonini bildiradi) keltirilgan.

Jadvalning oraliqdagi ustunlarida 2012-yil davomida terma jamoaning oʻtkazgan oʻyinlar sanasi keltirilgan. Bu ustunda berilgan raqamlar dastlab oy, keyin esa kun hisobini (masalan, 02.28 28-fevral) anglatadi.

Roʻyxatning oxiridan bitta oldingi ustunda futbolchilarning Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida 2012-yil davomida jami necha bor maydonga tushganliklari (va qavs (-) ichida agar futbolchilar Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida gol urgan boʻlsa necha bor gol urganliklari) haqida maʼlumot berilgan. Jadvalning soʻnggi ustunida futbolchilarning Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida, umuman, hamma vaqtlardagi (2022-yil 30-sentabr holatiga koʻra) maydonga tushganliklari va nechta gol urganliklari (qavs ichida) haqida maʼlumot keltirilgan[8].

Shartli belgilar:

- belgisi futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻsha sanadagi oʻyinida maydonga tushmaganini bildiradi;

M belgisi futbolchining ustun tepasida turgan sanada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushganini anglatadi;

(_) (yaʼni qavs ichidagi biron son) belgisi futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida nechta gol urganligini bildiradi (faqat gol urgan boʻlsa, gol urmagan boʻlsa ushbu belgi qoʻllanilmaydi)[9].

Futbolchilar 2012-yilgacha 02.29 03.02 03.05 03.07 04.01 04.05 06.18 06.20 07.11 07.19 07.25 07.28 07.31 08.03 08.06 08.09 2012-yil davomida JAMI
Homare Sawa 177(80) M - - - - - M M M(1) M M M - M M M 10(1) 187(81)
Aya Miyama 104(26) M M M M M M(1) M M M(1) M M(1) M M M M M 16(3) 120(29)
Shinobu Mno 97(36) M M(1) M M M M M M M M M M - M(1) M M 15(2) 112(38)
Kozue Ando 97(17) - - M M M M M M M M M M M M M - 13(0) 110(17)
Yuki Mgimi 75(32) M(1) M M M(1) M M(1) M(1) M(1) M(1) M M M M M(1) M(1) M(1) 16(9) 91(41)
Azusa Iwashimizu 74(8) - M M M - - - - M M M M M M M M 11(0) 85(8)
Yukari Kinga 72(4) M M M M M(1) M M - M M M M M M M M 15(1) 87(5)
Kyoko Yano 69(1) - - - - M M M - M - - - M - - - 5(0) 74(1)
Karina Maruyama 68(14) - - - - - - M M M - - - M - - M 5(0) 73(14)
Miho Fukumoto 56(0) - M M - - M - M M M M M - M M M 11(0) 67(0)
Mizuho Sakaguchi 47(16) M - M M M - M M M M M M M M M(1) M 14(1) 61(17)
Rumi Utsugi 47(5) M M M M M M M - - - - - - - - - 7(0) 54(5)
Aya Sameshima 38(2) M - M M M M M M M M M M - M M M 14(0) 52(2)
Saki Kumagai 33(0) M M M M M M M M M M M M M M M M 16(0) 49(0)
Ayumi Kaihori 27(0) M - - M M - M - M M - - M - - - 7(0) 34(0)
Nahomi Kawasumi 23(6) M(1) M M M(1) M M M M M M M(1) M M M M M 16(3) 39(9)
Megumi Takase 19(4) M M M(1) M - M M M M - - - M M - - 10(1) 29(5)
Megumi Kamionobe 17(2) - - - - - - - M - - - - - - - - 1(0) 18(2)
Mana Iwabuchi 11(2) - - - - - - - - - M - M M - - M 4(0) 15(2)
Kanako Ito 10(3) M M M - - - - - - - - - - - - - 3(0) 13(3)
Manami Nakano 10(2) - - - - - M - - - - - - - - - - 1(0) 11(2)
Asuna Tanaka 6(2) M M M M(1) M M M M M - - M M - M M 13(1) 19(3)
Yuika Sugasawa 6(0) - M(1) M - M M(1) - - - - - - - - - - 4(2) 10(2)
Nanase Kiryu 3(0) - M - M - - - - - - - - - - - - 2(0) 5(0)
Kana Msafune 3(0) - - - - - M - - - - - - - - - - 1(0) 4(0)
Saori Ariyoshi 0(0) M M - M M - - M - - - - - - - - 5(0) 5(0)
Mai Kyokawa 0(0) M M - - - - - - - - - - - - - - 2(0) 2(0)
Yumi Uetsuji 0(0) - - - - - M - - - - - - - - - - 1(0) 1(0)
Ami Mtaki 0(0) - - - - - - - M - - - - - - - - 1(0) 1(0)

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari

2011-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

2013-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „なでしこジャパン“ (ja). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
  2. „Japan: FIFA/Coca-Cola World Ranking“. 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
  3. „Japan claim maiden title“. fifa.com (2011-yil 17-iyul). 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  4. „2015 FIFA Women's World Cup: Complete Tournament Results“. ABC News (2015-yil 6-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  5. „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
  6. „Olympics football: USA beat Japan to secure gold in Wembley thriller“. BBC (2012-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  7. „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
  8. 8,0 8,1 „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
  9. „なでしこジャパン“ (ja). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]