Kontent qismiga oʻtish

Azusa Iwashimizu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Azusa Iwashimizu
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azusa Iwashimizu
Tavallud sanasi 14-oktyabr 1986-yil (1986-10-14) (39 yosh)
Tavallud joyi Takizava, Ivate, Yaponiya
Boʻyi 163 cm (5 ft 4 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tokyo Verdy Beleza
Raqami 33
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999–2002 Tokyo Verdy Beleza
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003– Tokyo Verdy Beleza 278 (21)
Milliy terma jamoa
2006–2016 Yaponiya 122 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31 dekabr 2018 uchun)

Azusa Iwashimizu (岩清水 梓, Iwashimizu Azusa; 1986-yil 14-oktabrda tugʻilgan) — yapon futbolchisi, WE ligasida Tokyo Verdy Beleza jamoasida va Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwashimizu 1986-yil 14-oktabrda Takizawada tugʻilgan. 2003-yilda u yoshlar jamoasida tayyorlangach, Nippon TV Beleza asosiy jamoasiga oʻtkazildi. 2017-yilgacha L.Ligada 260 ta oʻyinda maydonga tushdi. U ketma-ket 12 yil davomida (2006–2017) liga ramziy terma jamoasiga kiritildi.

Milliy jamoa faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 18-fevralda, 19 yoshida Iwashimizu Yaponiyaning ayollar milliy terma jamoasi safida Rossiyaga qarshi oʻyinda debyut qildi[1]. U 2007, 2011 va 2015-yilgi Jahon chempionatlarida qatnashgan, 2011-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan va 2012-yilgi London Olimpiadasida kumush medal sohibasi boʻlgan[2][3]. 2011-yilgi Jahon chempionati finalida qoʻshimcha boʻlimning soʻnggi daqiqasida u Aleks Morganni toʻxtatish uchun qilingan surilish natijasida qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, Yaponiya penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi[4].

Iwashimizu 2014-yilgi Osiyo Kubogida Yaponiya chempionligiga katta hissa qoʻshdi. U yarim finalda Xitoyga, finalda esa Avstraliyaga qarshi oʻyinlarda gʻalaba golini kiritdi[5]. U 2016-yilgacha Yaponiyada 122 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urgan.

Klubdagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
11 Noyabr 2012
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Nippon TV Beleza 2003 17 1 1 0 - 18 1
2004 0 0 -
2005 16 1 4 0 - 20 1
2006 17 3 3 0 - 20 3
2007 19 1 3 0 1 0 23 1
2008 16 2 0 0 - 16 2
2009 21 2 4 0 - 25 2
2010 17 2 1 0 5 0 23 2
2011 16 1 3 0 - 19 1
2012 17 1 5 0
Umumiy faoliyati 156 14 11 0

Milliy jamoa statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1][6]

Yaponiya milliy ayollar futbol jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
2006 10 3
2007 13 2
2008 18 0
2009 3 0
2010 13 3
2011 17 0
2012 11 0
2013 10 0
2014 14 3
2015 10 0
2016 3 0
Jami 122 11
Xalqaro gollari
# Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2006-yil 7-may Kumamoto yengil atletika stadioni, Kumamoto, Yaponiya  Amerika Qoʻshma Shtatlari 1–0 1–3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2006-yil 7-dekabr Umm-Affai stadioni, Ar-Rayyan, Qatar  Xitoy 0–1 0–1 2006 Osiyo oʻyinlari
3. 2006-yil 10-dekabr Qatar SC stadioni, Doha, Qatar  Janubiy Koreya 1–0 3–1 2006 Osiyo oʻyinlari
4. 2007-yil 4-avgust Lach Tray stadioni, Xayfon, Vetnam  Vyetnam 0–2 0–8 2008 Yozgi Olimpiada saralash bosqichi
5. 2007-yil 2-sentabr Fukuda Denshi Arena, Chiba, Yaponiya  Braziliya 1–1 2–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
6. 2010-yil 15-yanvar Fransisko Sançes Rumoroso stadioni, Kokimbo, Chili  Chili 1–1 1–1 2010 Ayollar uchun ikki yuz yillik kubogi
7. 2010-yil 20-may Chengdu sport markazi, Chengdu, Xitoy  Myanma 1–0 8–0 2010 Ayollar Osiyo Kubogi
8. 2010-yil 22-noyabr Tyanshe stadioni, Guanchjou, Xitoy  Shimoliy Koreya 0–1 0–1 2010 Osiyo oʻyinlari
9. 2014-yil 22-may Thống Nhất stadioni, Ho Chi Minh, Vetnam  Xitoy 2–1 2–1 2014 Ayollar Osiyo Kubogi
10. 2014-yil 25-may Thống Nhất stadioni, Ho Chi Minh, Vetnam  Avstraliya 1–0 1–0 2014 Ayollar Osiyo Kubogi
11. 2014-yil 26-sentabr Xvasong stadioni, Janubiy Koreya  Gonkong 5–0 9–0 2014 Osiyo oʻyinlari

Faxriy unvon va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
  • Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati:
Gʻolib: 2011
  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati:
Gʻolib: 2008, 2010
  • Osiyo ayollar kubogi:
Gʻolib: 2014
Nippon TV Beleza
  • L.Liga:
Chempion (11 marta): 2001, 2002, 2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2015, 2016, 2017, 2018
  • Imperator ayollar kubogi:
Gʻolib: 2004, 2005, 2007, 2008, 2009, 2014, 2017, 2018
  • Nadeshiko Liga Kubogi:
Gʻolib: 2007, 2010, 2012, 2016, 2018
  • L.Liga:
Eng yaxshi oʻnlik (13 marta): 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018
  1. 1,0 1,1 Japan Football Association(yaponcha)
  2. Azusa Iwashimizu FIFA
  3. „Azusa Iwashimizu Bio, Stats, and Results“. Olympics at Sports-Reference.com. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-may.
  4. „USA v Japan - as it happened“. The Guardian (2011-yil 17-iyul). Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
  5. „Japan Wins Women's Asian Cup“. The Wall Street Journal (2014-yil 26-may). Qaraldi: 2014-yil 26-may.
  6. List of match in 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015 (Wayback Machine saytida 11 August 2018 sanasida arxivlangan), 2016 at Japan Football Association (yaponcha)