Kontent qismiga oʻtish

Kozue Ando

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kozue Ando
安藤 梢
Ando with Duisburg in 2011
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kozue Ando
Tavallud sanasi 9-iyul 1982-yil (1982-07-09) (42 yosh)
Tavallud joyi Utsunomiya, Tochigi, Yaponiya
Boʻyi 1.65 m (5 ft 5 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Urawa Red Diamonds
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998–2000 Utsunomiya ayollar oʻrta maktabi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002–2009 Urawa Reds 146 (98)
2010–2012 Duisburg 58 (19)
2013–2015 Frankfurt 52 (16)
2015–2017 Essen 35 (5)
2017–2018 Urawa Red Diamonds 46 (9)
Total 314 (140)
Milliy terma jamoa
1999–2015 Yaponiya 126 (19)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018-yil 31-dekabr uchun)

Kozue Ando (yaponcha: 安藤 梢; 1982-yil 9-iyulda tugʻilgan) – yaponiyalik futbolchi. Hozirda Ando Urava Reds safida klub futbol oʻynamoqda. U 2015-yilda yilgacha Yaponiya terma jamoasi tarkibida toʻp surgan. 2015-yilda esa Yaponiya terma jamoasidagi faoilyatini yakunlagan.

Klubdagi Karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yapon futbolchisi Ando Kozue

Ando 1982-yil 9-iyulda Utsunomiyada tugʻilgan. 2002-yilda Tsukuba universiteti talabasi boʻlganida, u Saitama Reinas FC (keyinchalik Urava Reds)ga qoʻshilish uchun universitet klubini tark etgan. 2002-yilgi mavsumda u 10 ta gol urdi va „Yosh oʻyinchi“ mukofoti bilan taqdirlandi. U eng yaxshi toʻpurarga aylandi 2004 va 2009-yillarda MVP mukofotiga loyiq deb topildi. Shuningdek, u 6 marta Best Eleven tomonidan tanlangan. 2010-yildan beri Germaniya Bundesligasining Duysburg, Frankfurt va Essen klublarida oʻynagan. Frankfurtda u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi 2014/15-mavsumida gʻolib chiqdi. 2017-yil iyun oyida u Yaponiyaga qaytib, Urava Reds safiga qoʻshildi.

Terma jamoadagi karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil iyun oyi, Ando 16 yoshga toʻlganida, 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Yaponiya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Ushbu musobaqada u 26-iyun kuni Norvegiyaga qarshi debyut qildi. U toʻrt marta jahon chempionatida va uch marta yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Ando finalda AQSHni penaltilar seriyasida magʻlub etib, 2011-yilgi jahon chempionatida gʻalaba qozongan jamoa aʼzosi edi. Finalni Ando boshlab bergan[1]. Ando shuningdek, 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medal[2] va 2015-yilgi Jahon kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya terma jamoasi tarkibida oʻynagan. JCh-2015da Shveysariyaga qarshi birinchi oʻyinda u penalti ishladi, ammo oʻsha paytda u chap toʻpigʻini sindirib oldi. Bu oʻyin uning Yaponiya terma jamoasidagi soʻngi oʻyini boʻldi. 2015-yilgacha Kozue Ando Yaponiya terma jamoasi safida 126 oʻyin oʻtkazib, 19 ta gol urgan.

Ando Utsunomiya qizlar oʻrta maktabini tamomlagan. 2018-yil may oyida Tsukuba universitetida jismoniy tarbiya, salomatlik va sport fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Ando Dyusburg tarkibida

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Liga Qitʼa1 Umumiy
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Urawa Reds 2002 11 10 - -
2003 20 8 - -
2004 14 12 - -
2005 21 13 4 7 - - 25 20
2006 17 6 3 2 - - 20 8
2007 21 18 3 2 2 1 - 26 21
2008 21 13 2 1 - - 23 14
2009 21 18 4 1 - - 25 19
Umumiy 146 98 2 1 -
Duisburg 2009–10 10 6 3 1 - 2 0 15 7
2010–11 20 5 3 1 4 2 10 1 37 9
2011–12 17 6 2 3 - - 19 9
2012–13 11 2 2 1 - - 13 3
Umumiy 58 19 10 6 4 2 12 1 84 28
Frankfurt 2012–13 10 4 -
Umumiy 10 4
Karyerada umumiy 214 121 6 3 12 1

Terma jamoadagi statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ando 2011-yilgi jahon chempionatida
Yaponiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
1999 1 0
2000 5 0
2001 0 0
2002 5 0
2003 1 2
2004 6 1
2005 9 1
2006 16 3
2007 9 0
2008 16 3
2009 3 1
2010 8 6
2011 18 0
2012 13 0
2013 5 1
2014 4 0
2015 7 1
Umumiy 126 19

Xalqaro gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1. 30-Iyul 2006-yil Hindmarsh Stadium, Adelaida, Australiya Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 1–3 2–3 2006 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
2. 31-May 2008-yil Thống Nhất Stadium, Hồ Chí Minh City, Vietnam Xitoy Taypeyi 3–0 11–0 2008 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
3. 2-Iyun 2008-yil Avstraliya 1–0 3–1
4. 22-May 2010-yil Chengdu Sports Centre, Chengdu, Xitoy Tailand 4–0 4–0 2010 AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi
5. 24-May 2010-yil Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 1–0 2–1
6. 30-May 2010-yil Xitoy 1–0 2–0

Yaponiya Urawa Reds Ladies

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • L.Liga gʻolibi 2004, 2009

Germaniya FCR 2001 Duisburg

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • DFB Pokal gʻolibi 2009/10-yillar
  • DFB Pokal gʻolibi 2013/14-yilar
  • UEFA Ayollar oʻrtasida chempionlar ligasi gʻolibi 2014/15-yillar

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati gʻolibi 2011-yil

Shaxsiy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • MVP 2004, 2009
  • Best Eleven 2002, 2004, 2005, 2007, 2008, 2009
  • Eng yaxshi yosh oʻyinchi 2002