Kontent qismiga oʻtish

İrem Yaman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
İrem Yaman
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 4-avgust 1995-yil (1995-08-04) (28 yosh)
Faoliyat yillari 2014—2021
Boʻyi 1.83 m
Vazni 62 kg
Sport
Qaysi sport Taekvondo
Kikboksing
Murabbiy(lar)i Hasan Yaman

Irem Yaman (1995-yil 4-avgustda tugʻilgan) — turkiyalik taekvondochi. Yengil vazn toifasida taekvondo boʻyicha ikki karra jahon chempioni. Havaskor kikbokschi . 2021-yilda taekvondodagi faoliyatini yakunlagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaman 1995-yilda tugʻilgan. Sakkiz yoshida taekvondo bilan shugʻullana boshlagan[1].

Anqaradagi Hacettepe universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetida tahsil olgan[2] va shu universitetning taekvondo jamoasiga aʼzo boʻlgan[3]. Bakalavr darajasini qoʻlga kiritgach, Konyadagi Selchuk universitetining sport fakultetida magistratura bosqichida oʻqishni davom ettirgan[1].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kikboksing[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012 yilda Slovakiyaning Bratislava shahrida oʻtkazilgan kadetlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi kikboksing boʻyicha jahon chempionatida Irem yaman nronza medalini qoʻlga kiritgan[4]. Keyingi yili u Polshaning Krinitsa shahrida boʻlib oʻtgan kikboksing boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yvropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan[5].

Taekvondo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaman 2014-yilda taekvondo boʻyicha xalqaro miqyosdagi turninrlarda debyut qilgan[1]. 2014-yilda Avstriyaning Insbruk shahrida boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan taekvondochilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medal sohibi boʻlgan[6]. 2015-yilda Antaliyadagi Turkiya ochiq chempionatida yana bir oltin medalni qoʻlga kiritishga erishgan. Al-Uqsur (Misr), Xarkov (Ukraina) va Kishinyov (Moldova)dagi musobaqalarda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirgan[7][8][9]. 18 yoshida (2015-yilda) Rossiyaning Chelyabinsk shahrida boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozongan[10][11][12].

2018-yilda 62 kg vazn toifasidagi taekvondo boʻyicha jahon reytingida 253,81 ball bilan birinchi oʻrinni egallagan[1].

Ayollar oʻrtasida taekvondo boʻyicha 62 kg vazn toifasidagi jahon chempioni Irem Yaman 2019-yil 19-may kuni Angliyaning Manchester shahrida oʻtkazilgan taekvondo boʻyicha jahon chempionatida gʻalaba qozongan. Final uchrashuvida braziliyalik raqibi Caroline Santosni 21-7 hisobida magʻlub etgan. Shu tariqa, Yaman 2015-yilda qoʻlga kiritgan jahon chempionligi unvonini himoya qilgan va taekvondo boʻyicha ikki marotaba jahon chempionligini qoʻlga kiritgan ilk turkiyalik ayol sportchiga aylangan[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „İrem Yaman kimdir kaç yaşında?“ (Turkish) (2018-yil 14-may). Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
  2. „İrem Yaman“ (Turkish). Çankaya Savunma Sanatları Spor Kulübü. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  3. „Hacettepe Üniversitesi Taekwondo Takımı“ (Turkish). Hacettepe Üniversitesi. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  4. „Genç Milli Kick Boks Takımımız Ringi Dünyaya Dar Etti“ (Turkish). Türkiye Kick Boks Federasyonu (2012-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  5. „Türkiye, Avrupa Kick Boks'tan madalyalarla dönüyor“ (Turkish) (2013-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  6. Durak, Onur Emre.. „İrem Yaman ile Berkcan Süngü, Avrupa Şampiyonu oldu“ (Turkish) (2014-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  7. „Yaman, Irem“. Taekwondo Data. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  8. „Tekvando Milli Takımı Ukrayna'da coştu“ (Turkish) (2015-yil 13-may). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  9. „Moldova Açık Taekwondo Şampiyonası“ (Turkish). Koyuncuspor (2015-yil 18-aprel). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
  10. „Turkish teen wins gold at World Taekwondo Championship“ (2015-yil 18-may). Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  11. „İrem Yaman dünya şampiyonu oldu“ (Turkish) (2015-yil 18-may). Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  12. „İrem Yaman Dünya şampiyonu...“ (Turkish) (2015-yil 18-may). Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  13. „Turkish athlete wins gold in World Taekwondo Championships in Manchester, UK“.