Kontent qismiga oʻtish

Mahmud Qosimov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„{{Shaxsiyat | ismi = Маҳмуд Тожиқулович Қосимов | asl ismi = рус. Махмуд Таджикулович...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

17-yanvar 2016, 11:29 dagi koʻrinishi

Маҳмуд Тожиқулович Қосимов
рус. Махмуд Таджикулович Касымов
Tavalludi 1901
Vafoti 1963
 Oʻzbekiston SSR Fargʻona shahrida
Fuqaroligi SSSR
Turmush oʻrtogʻi Karomatxon Nishonboyevna (Oʻsh shahrida tugʻilgan) — SSSRning Erondagi elchixonasi qoshidagi tibbiy kasalxonaning bosh shifokori boʻlgan
Mukofotlari Andoza:Qizil bayroq ordeni, Oʻzbekiston Kompartiya MQ, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston SSR vazirlar Kengashining, SSSR mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirligining]] bir necha fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Qosimov Mahmud Tojiqulovich (1901 Andijon tumani Oʻzbekiston-Fargʻona shahrida vafot etgan-Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, sovet harbiy qoʻmondoni, birinchi oʻzbek generallaridan biri, armiya general-leytenanti, Fargʻona viloyati harbiy komissari, SSSRning Erondagi elchixonasi harbiy attashesi, Oʻzbekistonda va Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun [[kurash]chisi, bosmachilikka qarshi kurashgan.

Olgan bilimi

  • Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti|V.I. Lenin nomli Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy maktabi (1929).

Urushlarda qatnashgani

Hayot yoʻli

Mahmud Tojiqulovich Qosimov 1901 yili Andijon tumanida tugʻilgan, birinchi oʻzbek generallaridan, armiya general-leytenanti, Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi bosmachilik bilan kurash faol qatnashchisi, urush fahriysi, Fargʻona viloyati harbiy komissari (1946 yildan), SSSRning Erondagi elchixonasida harbiy attashesi boʻlgan.

Qizil Armiya safida 1920 yildan. Chaqirilish joyi: Andijon tumani harbiy komissariati.

1929 yil noyabr oyida V.Lenin nomli Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy maktabining oʻnta bitiruvchisi-aʼlochisi Oʻrta Osiyo OGPU chegara va ichki qoʻshinlar boshqarmasiga har xil lavozimlarga tayinlandi. Ushbu oʻnta yosh qizil komandirlar ichida: Qosimov Mahmud, Hamidov Xaydar Qurbonovich, Sobirov Abduvalilar bor edi.

17 iyul 1943 yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (Janubiy front).

May 1944 yil holatiga Janubiy front 315-oʻqchi diviziyasining 724-oʻqchi polki komandiri oʻrinbosari.

30 may 1944 yili mayor M.Qosimov Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlangan[1].

28 sentyabr 1944 yildan 6 fevral 1946 yilgacha podpolkovnik, Janubiy front 315-oʻqchi diviziyasining 724-oʻqchi polki komandiri, keyinchalik 4-Ukrain fronti, alohida Primorsk armiyasi, Oliy Qoʻmondon stavkasi zahirasi[2].

Sovet harbiy kuchlari safida Melitopol operatsiyasida, Nikopol-Krivoy Rog operatsiyasida, Krim strategik operatsiyasida, Sharqiy-Karpat strategik operatsiyasida va boshqalarda qatnashgan.

1946 yildan polkovnik, Fargʻona viloyati harbiy komissari.

SSSRning Erondagi elchixonasida harbiy attashesi boʻlib ishlagan[3].

Qosimovlar oilasi

Turmush oʻrtogʻi-Karomatxon Nishonboyevna (Oʻsh shahrida tugʻilgan) — SSSRning Erondagi elchixonasi qoshidagi tibbiy kasalxonaning bosh shifokori boʻlgan. Farzandlari: 1) Anvar Qosimov (1937 yili Oʻsh shahrida tugʻilgan) yetakchi sovet, oʻzbek sharqshunosi, indologi, turkologi, tashqi siyosat va xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi[4]. Oʻzbekiston Kompartiya Markaziy Qoʻmitasining targʻibot-tashviqot boʻlimi mudiri, SSSR tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida, SSSRning Turkiyadagi elchixonasining maslahatchisi, Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi va Toshkent Sharqshunoslik oliygoxi kafedrasi mudiri, professori, tarix fanlari doktori, bir necha oʻnlab ilmiy kitoblar muallifi[5]. Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidentining (SRV № 571/2005/ QD/CTN, Xanoy, 7 iyun 2005 yildagi „Doʻstlik ordenlari va medallari bilan taqdirlash toʻgʻrisida“gi qaroridan koʻchirma: „Za bolshie zaslugi v okazanii pomoщi Vetnamu v podgotovke nauchnix kadrov, v ukreplenii drujbi i mnogostoronnego sotrudnichestva mejdu Vetnamom i Uzbekistanom“ nagradit Medalyu „Drujbi“ SRV Kasimova Anvara Maxmudovicha-professora Universiteta mirovoy ekonomiki i diplomatii i Tashkentskogo instituta Vostokovedeniya.

Uning qizi Qosimova Nazokat Anvarovna siyosiy fanlar doktori[6], Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi dorilfununi professori[7], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimi islohoti boʻyicha milliy eksperti[8], 50 dan oshiq ilmiy adabiyot muallifi[9].

Uning oʻgʻli Qosimov Alisher Anvarovich Xorijda taʼlim olgan yosh mutaxassislarning 3 va 4 konferensiyalarining qatnashchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Umid“ jamgʻarmasi sovrindorlari sifatida xorijiy davlatlarning etakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olgan iqtidorli yosh mutaxassislarning III ilmiy-amaliy konferensiyasiga Kasimov Alisher Anvarovichning „Korporativnoe upravlenie v kommercheskix bankax v stranax s perexodnoy ekonomikoy“, 4 konferensiyasiga „Mejdunarodnie pokazateli effektivnosti investitsiy i investitsionnix proektov, sposobi ix raschyota“ maʼruzalari kiritilgan. „Gradient Networks“ MChJ bosh direktori lavozimida ishlaydi[10], www.promzona.uz maʼlumot-sanoat veb-portalining egasi[11].

2) Sanjar Mahmudovich Qosimov 3-Hukumat kasalxonasi bosh shifokori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Doʻrmon qarorgoxi rahbari, Rossiyaning Kislovodsk shahrida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ish boshqarmasi qoshidagi „Oʻzbekiston“ sanatoriyning direktori[12] (Manzili: 357700, Rossiya, Stavropol oʻlkasi, Kislovodsk shahri, Mira shohkoʻchasi, 21. Telefon: (87937) 3-10-91, 3-07-66 (f), 3-03-56, 3-13-85, 3-12-24)[13].

3) Lola (Lida) Toshkent davlat dorilfununi tarix kulliyoti dekani.

4) Raʼno Fargʻona davlat dorilfununi iqtisodiyot kulliyoti dekani, turmush oʻrtogʻi Alisher Abdujalilovich Otaboyev Fargʻona shahar hokimi, Fargʻona viloyati hokimining 1 oʻrinbosari (1997-15 yanvar 2000 yil), Fargʻona viloyati hokimi (15 yanvar 2000 yil-15 oktabr 2004 yil)[14], 174 sonli Beshariq saylov okrugidan 2 chaqirilishdagi Oliy Majlis deputati (oktabr 2000-2004 yillar). „El-yurt hurmati“ ordeni (27 avgust 2002 yil) bilan taqdirlangan[15].

5) Guljahon Mahmudovna Qosimova (13 fevral 1950 yil Fargʻona shahrida tugʻilgan) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Fargʻona Davlat dorilfununi prorektori, ingliz tili kulliyoti dekani, ingliz tili kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi[16]. Kasimova Guljahon Maxmudovna „Opit razvitiya narodnogo obrazovaniya i podgotovki kadrov v sovetskom Uzbekistane i ego znachenie dlya stran sotsialisticheskoy orientatsii“ (Seredina 60- nachalo 80-x godov): avtoreferat dissertatsii kandidata istoricheskix nauk: 07.00.02 AN UzSSR. Institut istorii, Tashkent 1989 g., 23 s.[17]

Birinchi oʻzbek generallaridan biri boʻlgan ajoyib inson Mahmud Qosimov haqidagi yorqin xotira Oʻzbekiston xalqining yorqin xotirasida abadiy saqlanib qoladi.

Abadiylashtirish

Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyi OKM, № 4304-4316, 19 ed. xr., 1921-1954 yillar.

Oʻzbekiston tarixi va madaniyati davlat muzeyi № 3015, 33 ed. xr., 1930-1958 yillar.

Manbalar

Havolalar