Shuhrat Abbosov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shuhrat Abbosov
Tavalludi sanasi: 16-yanvar, 1931 (1931-01-16)(83 yosh)
Tavalludi joyi: Qo‘qon, O‘zbek SSR
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi: aktyor, rejissor va ssenariychi
Mukofotlari: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1965),
O‘zbekiston xalq artisti (1974),
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1974),
SSRI xalq artisti (1981),
Mehnat qahramoni,
„Shuhrat“ medali (1994),
„El-yurt hurmati“ ordeni (1998)
IMDb: ID 0007826

Shuhrat Abbosov — oʻzbek aktori, rejissori va ssenariy yozuvchisi. Abbosov o‘zbek kino sanʼatining asoschilaridan biri hisoblanadi.[1][2][3] Abbosov shu kungacha bir qancha nufuzli unvon va mukofotlarni olgan. U O‘zbek SSR xalq artisti, SSRI xalq artisti va Mehnat qahramoni unvonlarini olgan.[4] Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1960) filmi eng yaxshi o‘zbek filmlaridan biri hisoblanadi.[5][6]

Hayoti[tahrir]

Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qo‘qonda tug‘ilgan. 1949-yil Toshkent tibbiyot kasb-hunar bilim yurtini bitirgan. 1954-yil Aleksandr Ostrovsky nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini bitirgan. Shu institutda professor (1983-yildan), kafedra mudiri (1991-yildan) boʻlib ishlagan. 1954-1956-yillarda Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyo‘lda) bosh rejissor boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Moskvaga borib Mosfilmda ham tahsil olgan. Abbosov 1958-1991-yillar „O‘zbekfilm“da rejissor boʻlib ishlagan, 1982-1986-yillarda direktor boʻlib ishlagan. Abbosov 1996-yildan boshlab O‘zbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini boʻlib ishlagan.

Ijodi[tahrir]

Shuhrat Abbosov bir qancha filmning rejissoridir. U Aleksandr Naumov (II) bilan 1977-yil chiqqan Gʻafur Gʻulomning shu nomli qissasiga asoslanib olingan „Shum bola“ filmiga ssenariy yozgan. „Mahallada duv-duv gap“ kinokomediyasi (1960) ilk yutug‘i bo‘ldi. Abbosov 2-jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi „Sen yetim emassan“ (1963; Xalqaro kinofestival mukofoti, Frankfurt am Main, 1963), odob-axloq haqidagi „Qalbingda quyosh“ (1965) filmlariga rejissorlik qilgan. „Toshkent — non shahri“ (1967; kino-festival sovrindori, Olmaota, 1973), „Sevgi mojarosi“ (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan eng yaxshi kinorejissor sifatida tanildi.

Tarixiy-biografik mavzuda „Abu Rayhon Beruniy“ (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975, Xalqaro kinofestivalning „Oltin Delfin“ sovrindori, Tehron, 1977), „Olovli yo‘llar“ (Hamza hayotiga bag‘ishlangan 17 qismli telefilm, 1975-1984), urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi „Katta urushdagi kichik odam“ (1989) filmlari ham mashhur.

Mustaqillik Abbosiv ijodida burilish yasadi. 14 qismli „Kamolot cho‘qqisi sari“ hujjatli (1995) va 2 qismli „Otamdan qolgan dalalar“ badiiy (ssenariysini M. To‘ychiyev bilan hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni yaratdi.

Abbosov teatr uchun bir qancha asarlarni sahnalashtirgan. U „Yurak sirlari“ (B. Rahmonov), „Nurxon“ (Komil Yashin), „Og‘riq tishlar“ (Abdulla Qahhor) kabi pesalarni sahnalashtirgan.

Unvon va mukufotlari[tahrir]

Shuhrat Abbosov koʻplagan unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965-yil unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan. 1974-yil Abbosov O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1974-yil unga Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti berilgan. Abbosovga 1981-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan. Abbosov 1994-yil „Shuhrat“ medali, 1998-yil „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Filmografiyasi[tahrir]

Rejissor sifatida[tahrir]

  • «Vasisualiy Loxankin» (Ruscha: «Васисуалий Лоханкин») (1959) (qisqa film)
  • Ruscha: «Филиппинец и пьяный» (1958) (qisqa film)
  • «Mahallada duv-duv gap» (Ruscha: «Об этом говорит вся Махалля») (1960)
  • «Sen yetim emassan» (Ruscha: «Ты - не сирота») (1962)
  • Ruscha: «Прозрение» (1965)
  • „Toshkent — non shahri” (Ruscha: «Ташкент - город хлебный») (1967)
  • Ruscha: «Драма любви» (1971)
  • „Abu Rayḥon Beruniy” (Ruscha: «Абу Райхан Беруни») (1974)
  • „Olovli yoʻllar” (Ruscha: «Огненные дороги») (1978—1984) (Serial)
    • Ruscha: «Сердце поэта» (1978) (1-4- epizodlar)
    • Ruscha: «Певец революции» (1982) (9-12- epizodlar)
    • Ruscha: «Борющийся Туркестан» (1984) (13-14- epizodlar)
    • Ruscha: «Моя республика» (1984) (15-17- epizodlar)
  • „Katta urushdagi kichkina odam” (Ruscha: «Маленький человек в большой войне») (1989)
  • „Otamdan qolgan dalalar” (Ruscha: «Отчие долины») (1997)

Aktyor sifatida[tahrir]

  • Ruscha: «Птицы наших надежд» (1976) (kinoda nomi ko'rsatilmagan)

Ssenariychi sifatida[tahrir]

  • «Vasisualiy Loxankin» (Ruscha: «Васисуалий Лоханкин») (1959) (qisqa film)
  • Ruscha: «Драма любви» (1971))
  • „Abu Rayḥon Beruniy” (Ruscha: «Абу Райхан Беруни») (1974)
  • „Shum bola” (Ruscha: «Озорник») (1977)
  • „Olovli yoʻllar” (Ruscha: «Огненные дороги») (1978—1984) (Serial)
    • Ruscha: «Сердце поэта» (1978) (1-4- epizodlar)
    • Ruscha: «Певец революции» (1982) (9-12- epizodlar)
    • Ruscha: «Борющийся Туркестан» (1984) (13-14- epizodlar)
    • Ruscha: «Моя республика» (1984) (15-17- epizodlar)
  • Ruscha: «Счастье мое, ты оплачено кровью» (1993)
  • „Otamdan qolgan dalalar” (Ruscha: «Отчие долины») (1997)

Manbalar[tahrir]

  1. Film ko‘rish: Sen yetim emassan (ingl.). London Universiteti qoshidagi Sharq va Afrikani O‘rganish Instituti. 28 May 2012.
  2. Iskandar, Abdulla (27 January 2011). "Shuhrat Abbosov 80 yoshda". Ozodlik Radiosi. http://www.ozodlik.org/content/article/2289203.html. Qaraldi: 28 May 2012. 
  3. "Bi-Bi-Si mehmoni - Shuhrat Abbosov". BBC's Uzbek Service. 11 May 2009. http://www.bbc.co.uk/uzbek/news/story/2009/05/090511_talkingpoint_shuhratabbasov.shtml. Qaraldi: 28 May 2012. 
  4. Shuhrat Abbasov biografiyasi (rus.). Kino-Teatr. 28 May 2012.
  5. "O‘z milliy an‘analarimizga asoslanib, milliy xarakterlarni yaratish kerak". BBCning O‘zbek xizmati. 19 January 2011. http://www.bbc.co.uk/uzbek/culture/2011/01/110119_cy_uzbek_abbasov.shtml. Qaraldi: 28 May 2012. 
  6. Hamroyev, Jasur (17 January 2012). Cinema.uzning xayrli ishi. Shov-Shuv. 28 May 2012.

Havolalar[tahrir]