Gʻafur Gʻulom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻafur Gʻulom
Stamps of Uzbekistan, 2003-24.jpg
Gʻafur Gʻulom tavalludining yuz yilligi munosabati bilan tayyorlangan marka
Tavallud sanasi: 10-may, 1903-yil(1903-05-10)
Vafot sanasi: 10-iyun, 1966-yil(1966-06-10)
(63 yoshda)
Kasb: yozuvchi va shoir
Magnum opus: «Shum bola» (1936)

Gʻafur Gʻulom (1903—1966) — buyuk oʻzbek yozuvchisi va shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʻlim olgan.«Shum bola» (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.

Ijodi[tahrir]

«Dinamo» (1931), «Tirik qoʻshiqlar» (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular «Qish va shoirlar» (1929), «Non» (1931), «Toshkent» (1933), «Qutbda saylov» (1937), «Men Yahudiy» (1941), «Qish» (1941), «Xotin» (1942), «Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi» (1945) singari sheʼrlarda aks etdi.

«Bogʻ» (1934), «Sogʻinish» (1942), «Kuz keldi» (1945), «Kuzgi koʻchatlar» (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Gʻafur Gʻulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi masʼullik Ota timsolida aks etgan «Sen yetim emassan» (1942), «Sogʻinish» (1942), «Biri biriga shogird, biri biriga ustod» (1950), «Sizga» (1947), «Bahor taronalari» (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.

«Netay» (1930), «Yodgor» (1936), «Shum bola» (1936—1962) qissalari, «Hiylai sharʼiy» (1930), «Mening oʻgʻrigina bolam» (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.

1943 yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini («Navoiy va zamonamiz» (1948), «Folklordan o`rganaylik» (1939), «Jaloliddin» dramasi haqida]]" (1945), «Muqimiy» (1941)) yoritib berdi.

Gʻafur Gʻulom ijodi Oʻzbekiston yurtining betakror qiyofasini, oʻzbek xalqining oʻta tabiiy xarakterini yuksak badiiylik bilan yoritadi. Shoir Gʻafur Gʻulom 1966 yilning 10 iyunida vafot etdi, Chigʻatoy qabristoniga dafn etildi.

Asarlari[tahrir]

  • Gʻafur Gʻulom. Asarlar. Oʻn tomlik. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1970—1978.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Toshkent, «Fan», 1963.
  • Akbarov A. Gafur Gulyam. T.: «Yosh gvardiya», 1974.
  • Sharafiddinov O. Xalq baxtining otashin kuychisi. Kitobda: Gʻafur Gʻulom. Asarlar, 10 tom, T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978, 180—229.

Havolalar[tahrir]