Oʻzbekfilm
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekfilm” — eng eski va eng katta oʻzbek kinostudiyasi. Studiyaga 1925-yil asos solingan. Uning ilk nomi „Sharq yulduzi” boʻlgan.[1] 1936-yil „Oʻzbekfilm” deb nomlangan. Ulugʻ Vatan Urushi yillarida studiya „Toshkent Kino Studiyasi” deb nomlangan. 1958-yil nomi yana qaytadan „Oʻzbekfilm” deb oʻzgartirilgan.
Kino studiya shu kungacha 400 dan ortiq toʻla metrajli va 100 dan oshiq multiplikatsiya qilingan film chiqargan.[2] „Oʻzbekfilm” kinostudiyasi ishlab chiqargan mashhur filmlar qatoriga „Maftuningman” (1958) va „Mahallada duv-duv gap” (1960) filmlarini kiritish mumkin.
Manbalar [tahrir]
- ↑ (1974) in A. M. Prokhorov: O'zbekfilm (rus.), 3-nashr, Moskva: Buyuk Sovet Ensiklopediyasi.
- ↑ Oʻzbekfilm (rus.). Uzbekkino. 29-may, 2012.