Mahallada duv-duv gap

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahallada duv-duv gap
Rejissor Y. Stepchuk
Produser Shuhrat Abbosov
Ssenariy muallifi O. Razamzonov va B. Rest; Abdulla Qahhor oʻzbekchaga oʻgirgan
Rollarda
Bastakor M. Leviyev
Muharrir I. Gordon
Studiya Oʻzbekfilm
Davomiyligi 80 minut
Mamlakat Oʻzbek SSR
Til Oʻzbek, rus

"Mahallada duv-duv gap" (kir. Маҳаллада дув-дув гап; rus. Об этом говорит вся махалля) — 1960-yil yaratilgan oq-qora kinotasmaga olingan oʻzbek kinokomediya. Filmga Y. Stepchuk rejissorlik, Shuhrat Abbosov producerlik qilgan. „Mahallada duv-duv gap“ eng sara oʻzbek filmlaridan biri hisoblanadi.[1]

Sujet[tahrir]

„Mahallada duv-duv gap“ filmidagi voqealar Toshkentning eski qismida zamonaviy binolar qurilish paytida sodir boʻladi. Filmda sodda, haqiqiy oʻzbekona ota-onalar bilan ularning zamonaviy farzandlari orasidagi munosabatlar mahorat bilan tasvirlangan.

Ssenariy[tahrir]

Film uchun ssenariy boshida rus tilida yozilgan. Shuhrat Abbosov filmni oʻzbek tilida olishni istaydi. Tasvirga olish boshlanishidan bir kun avval Abbosov buyuk oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhordan ssenariyni oʻzbek tiliga tarjima qilib berishini iltimos qiladi. Abdulla Qahhor oʻsha paytda shifoxonada davolanayotgan boʻladi. U ssenariyni shifoxona qarshisidagi skameykada oʻtirib ikki soatda tarjima qiladi. Ikki soatda tarjima qilingan ssenariydagi baʼzi gaplar butun oʻzbek xalqi orasida keng tarqalgan. Masalan „Voy tinib-tinchimagan odamlar-ey, nimalarni oʻylab topishmaydi-ya?“ gapini juda koʻp oʻzbek biladi.[2] Abdulla Qahhor filmning oxirida tarjimon sifatida aytib oʻtilgan.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]