Yokohama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yokohama, Iokogama —Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.da, Tokio qoʻltigʻi sohilida. Kanagava prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 3,3 mln. kishi (1995). Y. ga 1858 y. da asos solingan. 19-a. ning 70-y.larida y. Yaponiyaning eng katta portlaridan biri edi (mamlakat tashqi savdo aylanmasining 70%i). Shahar 1923 y. da zilzila va yongʻindan, 1945 y.da Amerika aviatsiyasi bombardimonidan katta zarar koʻrdi. Y. — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi va port shahri, xalqaro ahamiyatga ega muhim transport yoʻllari tuguni. Elektrlashtirilgan t.y. va kema qatnaydigan kanal orqali Tokio sh. bilan bogʻlangan. Y. porti yuklarni qabul qilish va joʻnatishda mamlakatda 2-oʻrinda (yillik yuk ortibtushirish 100 mln. t dan ziyod). Y. Tokio va Kavasaki sh.lari bilan birga Kanto industrial r-nini tashkil etadi. Shaharda yirik yapon banklari, monopolistik konsern va savdo firmalarining filiallari joylashgan. Kemasozlik, transport va elektroenergetika mashinasozligi, qora metallurgiya, neft-kimyo sanoati tarmoqlari rivojlangan. Atom sanoati korxonalari, harbiy zavodlar (jumladan, samolyotsozlik), ip va ipak gazlama f-kalari bor. Oyna-keramika buyumlari ishlab chiqariladi. Metropoliten bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil