Nirvana (guruh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir

Bu musiqiy guruh haqidagi maqoladir. Buddaviy tushuncha uchun nirvana maqolasini qarang.

Nirvana
Nirvana.jpg
Mamlakat AQSh bayrogʻi AQSh , Vashington
Faoliyat 1987-1994
Janr Granj
Alternativ rok
Leybl Sub Pop Records
DGC Records
Tarkib Kurt Cobain
Krist Novoselic
Dave Grohl
Veb-sahifa Universal Nirvana

Nirvana - granj janridagi Amerikalik rok-guruh. "Smells Like Teen Spirit" (1991) hiti orqali san'at dunyosiga kirib kelgan. Nirvana Sietldagi Alice in Chains, Pearl Jam va Soundgarden granj guruhlari kabi mashhur bo'lib ketdi. "Nevermind" albomi chiqganidan keyin AQShda radio va televideniyeda granjga ko'proq vaqt ajratiladigan bo'ldi.

90-yillar Ommaviy Axborot Vositalarining koʻzi Kurt Cobainda edi. Guruhning juda yorqin va afsuski juda qisqa faoliyati 1994-yil Kurt Cobainning oʻlimi bilan tugaydi. Lekin guruhning mashhurligi bu bilan toʻhtab qolmadi, aksincha borgan sari oʻsib bordi. Kurt Cobainning oʻlimidan 2 oy oldin ustida ishlashga boshlangan "You Know You're Right" qoʻshigʻi 8-yildan keyin AQSh va Yevropa hit-paradlarida birinchi qatorlarni egalladi. Nirvana albomining chiqgan kunidan to 2006-yil 26 sentabrgacha olib borilgan hisoblarga ko'ra 60 million albom sotildi. Amerikada 10 million "Nevermind" albomi sotildi.[1].

Mundarija

[tahrir] Guruh Tarixi

[tahrir] Boshlangʻich

Kurt Cobain va Krist Novoselic 1985-yil tanishadilar. Ikkalovi ham The Melvins guruhining muhlislari va do'stlari boʻladilar. Bir qancha martta oʻz guruhlarini tashkil qilmoqchi boʻladilar. Lekin har safarida ba'zi sabablarga ko'ra buni amalga oshira olmaydilar. Ohiri ular Aaron Burckhard bilan tanishadilar va Nirvanani tashkil qiladilar.

1989-yilda Nirvana. Oldi plandan orqaga : Kurt Cobain, Jayson Everman, Chad Channing, Krist Novoselic.

O'sha paytlar huddi Gang of Four va Scratch Acid guruhlarining kopiyalaridek ijod qilar edik, deydi Kobeyn.[2].

Bir qancha oydan keyin Burkxard guruhdan ketadi va uni o'rniga vaqtinchalik The Melvins guruhining barabanchisi Deyl Krover keladi. Uning baraban chalishlarini guruhning ilk demolarida eshitishimiz mumkun. Kroverdan keyin, uning o'rniga Deyv Foster keladi. Guruh ilk oylarida nomini bir necha martta o'zgartiradi ("Skid Row", "Pen Cap Chew", "Bliss Throad Oyster", "Windowpane" va "Ed Ted Fred"). Ohiri 1988-yil guruh Nirvana nomida to'htaydi. Bu nom oltida birinchi bo'lib 1988-yilning mart oyida sahnaga chiqadilar. Ikki oydan keyin guruhga Chad Channing qo'shiladi.

Guruhning birinchi rasmiy plastinkasi "Love Buzz" 1988-yil chiqadi. 1989-yil iyun oyida guruh o'zining yangi albomi "Bleach"ni chiqaradi. Albomga Djek Endino prodyuserlik qiladi. Birinchi ming plastinka oq vinilga bosiladi. Keyingi ikki ming plastinka esa qora vinilga bosiladi va bu ilk uch bing plastinka bilan plakatlar ham beriladi. Qolgan plastinkalar esa qora va oqdan tashqari turli ranglarda bosiladi. Hammasi bo'lib 35 ming ekzemplyar chiqariladi. "Bleach" albomida The Melvins, Mudhoney, Black Sabbath va Led Zeppelin guruhlarining tasiri bilinib turar edi. Qo'shiqlarning matniga Semuel Bekket va Charlz Bukovskining ijodi tasir qilgan. 1989-yil 22 iyunda Nirvana Amerikada katta turnega chiqadilar va 26 ta shaharda saxna oladilar. 2001-yil «Rolling Stone» jurnaliga intervyu bergan Novoselic, O'sha turne paytida furgonimizda o'tirib faqatgina bitta kasseta eshitardik, kassetaning bir tarafida The Smithereens bir tarafida esa Celtic Frostning albomi o'ynardi va bu kombinatsiya ularning ijodiga ham tasir qilgan bo'lishi mumkunligini aytdi.[3] "Bleach" chiqishi bilanoq bir qancha kollejlarning radiolarida eng mashhur albomga aylandi.

Albomni chiqarishga ketgan 606 dollar va 17 sentni Jayson Everman berdi. Cobainni u bilan Dilan Carlson tanishtirgan edi. Channing esa uni beshinchi sinfdan beri tanir edi. Everman bo'sh vaqtlarnini guruh bilan o'tkazadigan bo'ldi. Alaskada baliqchi bo'lib ishlab kelgan Everman albom uchun pul kerak bo'lganda osonlikcha ularga qarz berib turdi. Albomning muqovasida Djeyson Evermanning ham nomi bor, lekin u albom yoziluvlarida ishtirok etmagan. Albom yozilib bo'lganidan keyin Everman vaqtinhalik guruhda ikkinchi gitarachi sifatida qoladi va guruhdan birinchi Amerika turnesidan keyin ketadi. Guruhdan ketganidan keyin Soundgarden guruhida bas-gitara chaladi va keyinchalik Mind Funk guruhiga qo'shiladi. Nirvana unga olgan qarzini qaytib bermaydi.

1989-yilning kuzida Nirvana Yevropada turnega chiqadi. Ular 42 kunda 36 ta konsertda chiqishlari kerak edi.

1990-yilning boshlarida Nirvana yangi albom ustida ishlashni boshlaydi. Bu safar Nirvaning prodyuseri Butch Vig bo'ladi. Medisondagi Smart Studiosda guruh yangi albomidagi 7 ta qo'shiqni yozadi. Studiyada albom yozayotgan paytlarida Kurt va Kris ularga kerak bo'lgan barabanchi Ched emas degan hulosaga keladilar va Chad guruhdan ketadi. Bir qancha hafta barabanlarda The Melvins guruhidagi Deyl Krover o'ynaydi. Undan keyin esa Mudhoneyning barabanchisi Den Piters keladi va u bilan guruh «Sliver» qo'shig'ini yozadi. O'sha yili The Melvins guruhidagi Bazz Osbourn ularni Dave Grohl bilan tanishtiradi. Dave Vashingtonlik "Scream" hardkor guruhida barabanchi bo'lgan.[4] Guruh 1990-yilda tarqalgan.

[tahrir] Nevermind

"Nevermind" (1991) albom muqovasi. Rasmdagi bola — Spencer Elden.

1990-yilning yozida Soundgarden guruhining menedjeri Susan Silver guruhni Jane's Addiction Faith No More guruhlari bilan ishlagan bir yurist bilan tanishtirib qo'yadi. Yurist katta ovoz yozish studiolari bilan shartnomalar tuzadi. Bir firma bilan shartnoma tuzayotganda Kurtni aqliga bir fikr keladi. Million dollarni olib keyin esa tarqalib ketish, huddi Sex Pistols kabi. U bu fikrini yurist bilan poylashadi yurist esa, Kurt hazillashyapti, deb o'ylaydi. Ozginadan keyin Susan Silver ularni mashhur menedjer Denni Goldberg bilan tanishtirib qo'yadi. Goldberg ularni Gold Mountain Entertainment firmasiga olib kirib qo'yadi. Ohiri kelishib Geffen Recordsfirmasida to'htashadi. Firmaning boshlig'i alternative rock bilan shug'ullanuvchi DGC Records leyblini ochadi. 1991-yil 4 yanvarda protokol imzolanadi. 30 aprelda esa ikki ta albom uchun shartnoma imzolanadi. Guruh 287 ming dollar avans oladi deb kelishiladi.Sub Pop Records bilan ham kelishilgan edi. Firma 75 ming dollar va albomlarning sotuvidan kelgan mablag'ning 2 foizini olardi. "Nevermind" albomining orqa muqovasida Sub Pop logosi qo'yilgan. Bu guruhning foydasini biroz kamaytirsada, bankrot bo'laman deb turgan firmani bu ahvoldan qutqaradi. Shartnomaga ko'ra Nirvana Sub Pop uchun yana bitta singl yozishi kerak edi va Molly's Lips qo'shig'i Sub Popga beriladi. Qo'shiq «Singles Club Sub Pop» seriyasida chiqadi. Plastinkani birinchi to'rt mingi yashil vinilda bosiladi. GME guruhning har bir a'zosi uchun ming dollardan mo'ljallab beradi, lekin bu ularga yetmaydi va ular vashingtondagi bir musiqiy magazinda o'z rasmlari bosilgan maykalarni sotardilar.

1991-yil may oyida Nirvana ikkinchi albomlarini ustida ishlash uchun Kaliforniyaning Van-Nays shahridagi «Sound City» studiosiga keladilar. Gruppa o'z prodyuserini o'zgartirmaslikka qaror beradi. Albomni yozish uchun atigi 135 ming dollar ketadi. 2 oy har kuni 10 soatdan ishlab ko'p qo'shiqlar yozadilar. Ba'zi qo'shiqlar repertuarda avvaldan bor edi. Qolgan «On a Plain» и «Stay Away» kabi qo'shiqlar studio sessiyalarining birinchi oyida matni hali bitmagan edi.[5]

Yozilgan qo'shiqlarni ko'zdan kechirish uchun DGC leybldan Andy Wallace taklif qilinadi. Albomni yanada chiroyli qilish uchun Andy Wallace bir qancha o'zgarishlar kiritadi. Albom chiqganidan bir qancha oy keyin Cobain bir intervyuda, albomning musiqasini juda tekis qilib yubordi deb, Andydan shikoyat qiladi.[6].

DGC Records 250 ming "Nevermind" albomini sotishni mo'ljal qilayotgan edilar. Albom chiqganidan 6 oydan keyin albom faqatgina Amerikada uchinchi platinali albom bo'ldi va "Smells Like Teen Spirit" qo'shig'iga olingan klip MTV ekranlaridan uzoq vaqt arimadi. Alternativ Rokning mashhurligini ortishi va Glem-metalning mashhurligini tushishi aynan shu albomning chiqishi bilan bog'liq.

1991-yil yanvar oyida albom "Billboard" jurnali hit paradida Michael Jacksonni ham ortda qoldirib birinchi o'ringa chiqdi.

1992-yilning boshlarida Avstraliya, Yangi Zellandiya, Yaponiya, Singapur mamlakatlarida konsertlar beradilar. Konsertlardan keyin 24 fevralda Cobain Courtey Lovega uylanadi. To'y Gavaya orollaridagi Vaykiki shahrida bo'ladi. Shu yilning 18-avgustida qizlari Frances Bean dunyoga keladi. 30 avgustda esa Nirvana Angliyaning Reding shahridagi festivalda sahna oladilar. Ko'pchilik bu chiqishni Nirvananing eng yahshi chiqishi deb biladi.[7].

O'sha paytlar axborot vositalarida Kurtning kasal ekanligi va o'lganligi haqida noto'g'ri habarlar yoyilib ketgan edi va Kurt tomoshabinlarga bir hazil qilmoqchi bo'ladi. Invalid aravachasida boshiga oq parik eniga esa oq halat kiyib olgan Kurt, sahnaga chiqadi va Bette Midlerning «The Rose» qo'shig'ini qisiq ovoz bilan aytishni boshlaydi, va yiqiladi. Tomoshabinlar bu hazil ekanligini biladilar. O'rnidan sakrab turgan Kurt «Breed» qo'shig'ini bor kuchi bilan aytishni boshlaydi. Shouda Kurt qizli bo'lganini tomoshabinlarga habar beradi. 2005-yil Grohl «Loveline» radiosiga bergan intervyusida bu konsertdan oldin butun guruh a'zolari shouning dabdala o'tishiga amin bo'lganliklarini aytadi. Lekin bu shou Nirvananing eng esda qoluvchi shoularidan biri bo'ladi.[8].


Cobain va Novoselic 1992-yil MTV VMAda

Ikki haftadan keyin guruh "MTV Video Music Awards" da sahna oladigan bo'ladi. MTV boshqaruvi ularni Smells Like Teen Spirit ni chalishlarini hohlaydi lekin Nirvana yangi qo'shiqlari Rape me(meni zo'rla) ni aytmoqchi bo'ladi. MTV norozi bo'ladi va ohiri Lithium qo'shig'ini ijro etishga kelishadilar. Sahnaga chiqishlari bilan Kurt bilmagan holda Rape Me ni kuylashni boshlaydi va hech narsa bo'lmagandak Lithiumga o'tib ketadi. Qo'shiqning ohirlarida Krist gitarani otadi va ila olmaydi, gitara uni boshiga tushadi. Hushidan ketay degan Krist sahnadan chiqib ketadi.[9]. O'sha payt Kobein apparaturani sindirayotgan bo'ladi, Grohl bo'lsa mikrafonni olib: «Hoy, Eksl!» - deb «Guns N' Roses»ning vokalisti Axl Rosega murojat qilib baqiradi. Konsertdan oldin Nirvana bilan biroz kelishmovchiliklar bo'lgan bo'ladi.[10].


1992-yil 15 dekabrda Nirvana «Incesticide» noyob qo'shiqlar albomini chiqaradi. Albomda «Sliver», «Dive», «Been a Son», «Aneurysm», va The Vaselines guruhining kaver qo'shiqlari bor edi. The Vaselines guruhi shu albom tufayli mashhur bo'lib ketgan.

[tahrir] In Utero

«In Utero»(1993) albomining muqovasi

1993-yil "In Utero" albomini yozish uchun guruh prodyuser Steve Albinini chaqiradi. Studiodagi sessiyalar Neverminddan farqli o'laroq qisqa ammo mazmunli surdi.

Albomni chiqishiga oz qolganda ko'p noto'g'ri gaplar chiqib ketti. Ba'zi jurnallarda DGC boshqaruvi albom yoqmabdi va shu sababdan albom bosilmaydi degan noto'g'ri malumotlar bosildi. Bu sababdan guruhning muhlislari, guruhni erkin ijod qilishiga leybllarning bosslari halaqit qilar ekan degan hulosaga keldilar. DGC ni albomni bosmasligi haqidagi gaplar noto'g'ri bo'lsada, guruh Albinining bazi qarorlaridan norozi edi. Albini past chastotalarni juda ham eshitilmas qilib yuboryapti deb o'yladilar[11] va Cobain, «Heart-Shaped Box» va «All Apologies» qo'shiqlari mukammal chiqmadi deb hisobladi[12]. Keyin R.E.M.ga ko'p vaqt prodyuserlik qilgan Scott Litt, bu ikki qo'shiqni ko'zdan kechirish uchun taklif qilindi. Natijada qo'shimcha asboblar va orqa vokal qo'shildi. Litt «Pennyroyal Tea» qo'shig'iga ham o'zgartirishlar kiritdi. Lekin guruh albomda bu qo'shiqning Albini versiyasini qoldirishga qaror berdilar. DGC keyinchalik bu qo'shiqni Litt versiyasini ham singl sifatida chiqarishni mo'ljallayotgan edi. «In Utero» nomida to'htashdan oldin guruh bu albomning nomini ikki martta o'zgartirdilar. Birinchi nom «I Hate Myself And I Want To Die» edi. Bu gap Kurtning hazili edi. undan «qaleysan?» deb so'raganlarida, u shu javobni berar edi. Keyin Krist bunga norozi bo'ldi. «Bolalar o'zlarini o'ldiradilar, keyin biza ham sudga aralashib qolamiz» dedi. Ikkinchi variant esa «Verse Chorus Verse» edi. Bir kuni Kurt Courtney yozgan sherini tasodifan ko'rib qoldi, va «In Utero» so'zlarini yoqtirib qoldi. Shunday qilib albomga nom tanlandi.

Albom chiqganidna keyin senzuraga duch keladi. Kmart va Wal-Mart kabi yirik sotish firmalari albomni sotishga qarshi bo'ladilar. Sabab albomning muqovasi va «Rape Me» qo'shig'i edi. Shu sababdan guruh albomni boshqacharoq versiyasini chiqaradilar.«Rape Me» ni «Waif me»(Meni tashlab yubor)ga o'zgartiradilar. Albomga «Pennyroyal Tea» ashulasining Litt versiyasi kiritiladi. bundan boshqa o'zgarishlar bo'lmaydi. Kurtdan, albomning bu versiyasi kimlar uchun deb so'ralganda, u, mustaqil musiqa do'konlari bo'lmagan kichik shaharlar aholisi uchun, deb javob berdi.[13].

«Heart-Shaped Box» qo'shig'i alternativ va oddiy radiolarda maqtovli taqrizlar oldi. «In Utero» albomi esa «Billboard» hit-paradida birinchi o'rinni oldi. Lekin albom «Nevermind» ning muvaffaqiyatiga erisha olmadi. AQSh da albomni tanitish maqsadida turne qilishadi, ammo zal hich qachon tomoshabinlar bilan to'la bo'lmadi.

1993-yil 18 noyabrda guruh «MTV Unplugged in New York» akustik konsertida sahna oladi va Kurt o'zi sevgan san'atkorlarni bir nechta qo'shiqlarini kuylaydi.

1994-yilning boshlarida guruh Yevropa gastroliga ketadilar. Turne yahshi boshlangan bo'lsada, Kurt shoularda juda charchagan ko'rinardi, ayniqsa Italiyadagi konsertda. 1 martda Myunhendagi konsertdan keyin Kurt bronxit va og'ir laringit bo'lib qoladi. Guruh qolgan 32 konsertini bekor qiladi. Krist Sietlga, Dave Berlinga, Kurt esa Rimga uchadilar. Usha kuniyoq Kurt «Excelsior» oteliga joylashadi. 3-martda Courtney qizi bilan Londondan Kurtni oldiga keladilar. Ertalab Courtney Kurtni hushidan ketgan holda yotganini ko'radi va uni Kasalhonaga olib boradilar. Kurt 50 tabletka Roginpol trankvilizatorini va ko'p miqdorda alkogol qabul qilganligini aniqladilar. GME bahtsiz hodisa haqida habar beradi, lekin hamma buni o'z joniga qasd qilish ekanligini bilar edi.

Keyingi hafta Kurtni yaqinlari bir qancha psixoterapiya olishiga qaror berishadi. 25-martda Courtney, Krist va Kurtni bir qancha eski do'stlari uning psixoterapiyasida ishtirok etadilar va sen bilan boshqa aloqa qurmaymiz, seni hammamiz tashlab ketamiz deb uni tahdid qiladilar. 5 soat surgan seansda Kurt hich narsaga etiborsiz o'tirdi. Seans foyda bermadi. Courtney Kurtni «Exodus» klinikasida davolanishga ko'ndiradi. Bir qancha kundan keyin Kurt davolanishga. Kurtning davolanishi atigi ikki kun davom etadi. Kurt klinikadan qochadi va Sietlga qaytib keladi.[14] 1994-yil 8 aprel juma kuni soat 7:00 da Cobainni jonsiz holda Sietldagi uyida topishadi.Aniqlashlari bo'yicha, u 11-model Remington to'pponchasidan og'ziga 1 martta otgan. Tekshiruvlarga ko'ra bu voqea 5-aprelda ro'y bergan.

[tahrir] Kurt Cobainni o'limidan keyin

«MTV Unplugged in New York»(1994) albomining muqovasi

Nirvananing bir qancha albomi Cobainning o'limidan keyin chiqarildi. Ulardan birinchisi «MTV Unplugged in New York» 1994-yil 1 noyabrda chiqdi. Bu albom 1993-yil 18 noyabrda yozib bo'lingan edi.

«Unplugged in New York» chiqgandan ikki hafta o'tgandan keyin «Live! Tonight! Sold Out!!» nomli Nirvananing video-termasi chiqarildi. Bu termaga, guruh ayol kishi kiyimlarini kiyib chiqgan 1993-yil yanvar oyida Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan «Hollywood Rock Festival» konsertidagi ijrolari va yana shu kabi unutilmas epizodlar kiritilgan.

Kurtning o'limidan keyin Krist va Dave Kurtning hotirasi uchun, konsertlarda ijro qilingan 30 ta ashuladan iborat albom chiqarmoqchi bo'ladilar. Lekin voz kechadilar.[15] Lekin baribir guruhning jonli ijrolari «From the Muddy Banks of the Wishkah» nomi oltida muhlislariga erishadi. Vishka - Vashingtondagi daryo. Kurt o'qishni tashlagandan keyin Vishkadagi ko'prikning tagida yashagan.

1997-yil avgust oyida Wall of Sound saytida Grohl va Novoselic Nirvananing noyob qo'shiqlari yig'ilgan boks-setni chiqarish ustida ish olib borayotganlari haqida informatsiya chiqadi.[16] To'rt yil keyin Krist va Dave boks-set tayyorligini va sentyabr oyida chiqishini e'lon qildilar. Boks-setni chiqarishni «Nevermind» albomining o'n yilligiga mo'ljal qilayotgan edilar. Lekin boks-set chiqishidan oldin Courtney Love Krist va Daveni, Kurtning merosidan noqununiy foydalanayotganlari uchun sudga beradi va sud boks-set chiqarishni man qiladi. Sud ishlari bir yil suradi.[17].

Asosiy tortishma guruhning eng ohirgi yozuvi bo'lgan «You Know You're Right» qo'shig'i haqida bo'ldi. Krist va dave bu qo'shiqni boks-setda boshqa noyob qo'shiqlar bilan chiqarmoqchi bo'ldilar. Love esa bu qo'shiq guruhning eng yahshi qo'shiqlari termasida chiqishi kerak deb, bu fikrga qarshi chiqdi. Bir yil davom etgan sud ishlaridan keyin «Nirvana» albomini chiqarishga qaror berdilar. Courtney ham rozi bo'ldi va Krist va Davega Kurtning qo'shiq yozuvlari bo'lgan kassetasini berdi.

Guruh muhlislari «You Know You’re Right» qo'shig'ini birinchi bo'lib 1995-yilda «MTV Unplugged»da Lovening guruhi «Hole»dan eshitdilar. Lekin qo'shiqning nomi «You’ve Got No Right»ga o'zgartirilgan edi. Bu qo'shiqning birinchi chala varianti 1993-yil 23 oktyabrda Chikagodagi konsertda ijro etilgan edi. Bu qo'shiqning haqiqiy, rasmiy variantini chiqishi haqida birinchi bo'lib «Access Hollywood» ko'rsatuvida Love e'lon qiladi va bu qo'shiqga olingan klipdan 10-sekundli parcha ko'rsatiladi. 2002 yil noma'lum shaxs bbu klipning uzunroq parchalarini internetda tarqatadi va yaqinda butun klipni qo'yishga so'z beradi. Lekin qonunni buzishdan qo'rqib buni amalga oshirmaydi. 2002-yil sud ishlari tugatilayotganda, kutilmagan holda qo'shiqning to'liq varianti o'rtaga chiqadi. Ovoz juda yomon sifatda edi, qo'shiq matni esa tugatilmagan edi. Bunga qaramasdan 2002-2003-yillar qo'shiq bir qancha radiolarda eng ko'p chalinadigan qo'shiqlar orasida edi.

«Nirvana» termasi 2002-yil 29 oktabrda chiqadi. «You Know You're Right» bilan bir qatorda termaning ichida guruhning butun hit qo'shiqlari yer oladi. Lekin muhlislar qo'shiqlarning terilishidan norozi bo'ladilar. «Sappy» qo'shig'i termaga kirmagan edi. AQShlik muhlislar termaga «All Apologies»ning akustik versiyasi va «About a Girl»ning elektronik versiyasi kiriilganiga norozi bo'ladilar. Bundan tashqari termaga «Love Buzz», «Drain You», «Aneurysm» va «Where Did You Sleep Last Night?» kabi hit qo'shiqlar kirmaganiga muhlislar hayron bo'ladilar.

«With the Lights Out» boks-seti 2004-yil noyabrda chiqariladi. Bok-setga Kurtning eski demo-yozuvlari, jonli ijrolar va guruhning turli periodlarigi ijrolar kiritilfgan edi.

2005-yil kuzda «Sliver: The Best of the Box» boks-seti chiqariladi. «Rolling Stone» jurnali Kobeynning qizi - Frensis disk muqovasini bezatishda va qo'shiqlarni tanlashda yordam berganligi haqida yozdi.[18].

[tahrir] Nirvanаdan keyin

Dave Grohl, 2005-yil Foo Fighters konsertida

Nirvana tarqalganidan keyin Krist va Dave musiqani tashlamadilar. Dave Grohl Foo Fighters guruhini tuzdi. 2006-yilgacha guruh bersh ta albom chiqarishga ulgurdi. 2005-yilda chiqgan «In Your Honor» albomidagi «Friend of a Friend» qo'shig'i Kurt va Krist bilan tanishganligi haqida. Bu Qo'shiqni Grohl 1990-yilda yozgan edi.


Foo Fightersdan tashqari grohl Tom Petty and the Heartbreakers, Mike Watt, Queens of the Stone Age, Tenacious D, Nine Inch Nails, Garbage, Killing Joke va Cat Power kabi guruhlarda barabanchi bo'lgan.

Kurtning o'limidan keyin Krist Novoselic Sweet 75 guruhini tuzadi. Keyinchalik Eyes Adrift guruhini tuzadi. Bundan tashqari Novoselic Djonni Keshning «Twisted Willie» albomida gitara chalgan. Bu bilan bir qatorda krist musiqachilarini huquqini himoya qiluvchi JAMPAC komitetida aktivist bo'ladi.2004-yil u «Of Grunge and Government: Let’s Fix This Broken Democracy» nomli kitob chiqaradi.

Myunhendagi ohirgi konsertdan keyin kutilmagan holda Nirvananing tarihi kesiladi. Qolgan ishtirokchilar va Pet Smir ohirgi konsert uchun to'planadilar. 1997-yil Sietldagi «Bumbershoot» festivalida Foo Fighters ijro etib bo'lgandan keyin Dave kutilmagan holda barabanlarga o'tiradi va sahnaga krist Novoselic chiqib keladi. Trio Prinsning «Purple Rain» va Led Zeppelinning «Communication Breakdown» qo'shiqlarini ijro etadilar. Bu qisqagina sahna olish Sietlga va butun Nirvana muhlislariga minnatdorchilikni bildirish uchun edi.

[tahrir] Courtney Love va Litsenziyalar

2006-yil 13 aprelda Courtney Love o'ziga tegishli Nirvananing qo'shiqlarini 25 foizini 50 million dollarga sotishini e'lon qildi. Virgin Recordsning eski direktori,«Primary Wave Music Publishing» bosmahonasining boshlig'i Larry Mastel ularni sotib oladi. Muhlislar havotirlanmasligi uchun Courtney:«Biz Nirvananing ruhiga sodiq qolamiz, va musiqani boshqalarning qo'liga topshirayotganda juda e'tiborli bo'lamiz» - deb ularga murojat qiladi[19]. .

[tahrir] Diskografiya: Studiyaviy albomlar

Asosiy maqola - Nirvana Diskografiyasi


Muqova Reliz sanasi Nomi
MBleach cover.jpg
15 iyun 1989 Bleach
NirvanaNevermindalbumcover.jpg
24 sentabr 1991 Nevermind
Incesticide cover.jpg
12 dekabr 1992 Incesticide
Inutero cover.jpg
21 sentabr 1993. In Utero

[tahrir] Guruh tarkibi

[tahrir] Asosiy tarkib

[tahrir] Guruhga turli yillarda kirgan ishtirokchilar

[tahrir] Sessiya ishtirokchilari

[tahrir] Ilovalar

  1. RIAA Top 100 Albums 2006, 26 sentabr ma'lumotlari
  2. Azerrad, Michael. «Come as You Are: The Story of Nirvana». Doubleday, 1993. ISBN 0-385-47199-8, 294 bet.
  3. Fricke, David. "Krist Novoselic". Rolling Stone. September 13, 2001.
  4. Azerrad, Michael. "Come as You Are: The Story of Nirvana". Doubleday, 1993. ISBN 0-385-47199-8, 151 bet.
  5. Azerrad, Michael. "Come as You Are: The Story of Nirvana". Doubleday, 1993. ISBN 0-385-47199-8, 176—177 betlar.
  6. Di Perna, Alan. "Grunge Music: The Making of Nevermind". Guitar World.
  7. NME.com2007-yil 20 fevralda Kurtning tug'ilgan kuniga bag'ishlab o'tqazilgan tanlovda 1992-yil Redingdagi sahna olishlari eng yahshi deb tan olingan
  8. NME.com
  9. Sergey Klimovitskiy. "100 страниц группы „Нирвана“", Нота-Р bosmahonasi, ISBN 5-85929-090-X
  10. Azerrad, Michael. "Come as You Are: The Story of Nirvana". Doubleday, 1993. ISBN 0-385-47199-8, 279 bet: Kurtning aytishicha Curtney Love Axlga hazil bilan qizining cho'qintirgan otasi bo'lishini so'raydi. Eksl javob tariqasida Kobeynga aytadi. Kurt Lovega o'girilib: «O'chir ovozingni, qanjiq!» - deydi, bu esa Nirvananing boshqa a'zolarida kulgu uyg'otadi.
  11. Fricke, David. «Kurt Cobain: The Rolling Stone Interview», Rolling Stone. January 27, 1994.
  12. Azerrad, Michael. "Come as You Are: The Story of Nirvana". Doubleday, 1993. ISBN 0-385-47199-8, 336—337 betlar
  13. Pareles, Jonю «Concert Preview», New York Times. November 14, 1993.
  14. Morell, Brad. «Nirvana & The Sound Of Seattle», Omnibus Press, 1996 ISBN 0-7119-5221-3
  15. Ali, Lorraine. «One Last Blast», Rolling Stone. October 17, 1996.
  16. Graff, Gary. «Nirvana Box Set Coming Someday», Wall of Sound. August 28, 1997.
  17. Heath, Chris. «The Nirvana Wars: Who Owns Kurt Cobain?», Rolling Stone. June 6, 2002.
  18. Lash, Jolie. «Unreleased Nirvana Due», Rolling Stone. September 20, 2005.
  19. Vineyard, Jennifer. «Courtney Love Sells Substantial Share Of Nirvana Publishing Rights», MTVNews.com, April 13, 2006.


[tahrir] Havolalar

Nirvana
Guruh Tarkibi
Kurt CobainKrist NovoselicDave Grohl
Aaron BurckhardDave FosterChad ChanningDale CroverDan PetersJason EvermanPat Smear
Diskografiya
Studiyaviy va Konsert albomlari: Bleach | Nevermind | In Utero | MTV Unplugged in New York | From the Muddy Banks of the Wishkah
Termalar: Blew | Hormoaning | Nevermind: It's An Interview | Incesticide | Outcesticide | Nirvana | Sliver: The Best of the Box
Singllar: Love Buzz | Sliver | Molly's Lips | Here She Comes Now | Smells Like Teen Spirit | Come as You Are | Lithium | On a Plain | In Bloom | Oh, The Guilt | Heart-Shaped Box | All Apologies | Rape Me | Pennyroyal Tea | About a Girl (Unplugged) | The Man Who Sold the World (Unplugged) | Where Did You Sleep Last Night | Lake of Fire (Unplugged) | Aneurysm (live) | Drain You (live) | You Know You're Right
Videorelizlar va box-setlar
Live! Tonight! Sold Out!! | Singles | With the Lights Out | Classic Albums - Nirvana - Nevermind
Shuningdek
Maqolalar: Grunge | Sub Pop | Courtney Love | Heavier Than Heaven | Hype! | Kurt va Courtney | Ohirgi kunlar | Fecal Matter |
Come as You Are: The Story of Nirvana | Foo Fighters | Sweet 75 | Eyes Adrift


Shaxsiy uskunalar
Namespaces
Variants
Koʻrinishlar<!--Views-->
Actions
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda