Gitara
"Amazonia" nusxali klassik akustik gitara (Braziliyada tayyorlangan). |
|
| Torli asbob | |
|---|---|
| Turi | Torli asbob |
| Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi | 321.322 (Kompozit xordofon) |
| Registri | |
|
(standart sozlangan gitara)
|
|
| Oʻxshash asboblar | |
Gitara — qadimiy va keng tarqalgan torli musiqa asbobidir. Odatda oltita torli boʻladi, biroq toʻrt, yetti, oʻn va oʻn ikki torli gitaralar ham mavjud. Gitaralar koʻpincha blues, country, flamenco, rock, va baʼzan pop musiqa janrlarida chalinadi. Ikkita asosiy xili bor: akustik hamda elektrogitara. Akustik gitarada tovush torlar va gitara kosasidan chiqadi. Zamonaviy akustik gitaralarning uch turi bor: klassik gitara, po'lat torli gitara va archtop (arkali) gitara.
Elektrogitaralar 1930-yillarda ixtiro qilindi. Bu gitaralar maxsus kuchaytirgich orqali tovushni o'zgartira oladi. Ilk elektrogitaralrning qorni kovak bo'lgan. Ammo keyinchalik elektrogitaralarda kichkina, qattiq qorinlar qo'llanila boshlandi.
Gitara odatda mediator bilan yoki qo'l bilan chalinadi. Gitara odatda yogʻochdan yasalib, charm va/yoki lok bilan qoplanadi, torlari esa poʻlat yoki neylondan tayyorlanadi. Ba’zi zamonaviy gitaralar turli xil polikarbonatlardan yasaladi.
Mundarija |
[tahrir] Tarixi
Torlari barmoq bilan chalinadigan musiqa asboblari bundan kamida 5 ming yil avval ham maʼlum boʻlgan. Hozirgi koʻrinishdagi olti torli gitara Ispaniyada paydo boʻlgan bo‘lsada, unga oʻxshash asboblar (tor, tanbur, ud, dutor, setor kabi) undan oldin Oʻrta Osiyo va Hindistonda tarqalgan.
„Gitara‘ soʻzining kelib chiqishi quyidagicha deb taxmin qilinadi:
[tahrir] Tuzilishi va qismlari
- Bosh
- Kichik xarak
- Quloqlar
- Pardalar
- Dasta ichidan o'tkazilgan sterjen
- Bezaklar
- Dasta
- Ulangan joy, „poshna“ (akustik gitarada); „bo‘yin“ (elektrogitarada)
- Qorin
- Ovoz oluvchi
- Elektron qismlar
- Ko‘prik
- Mediatordan saqlagich
- Orqa qism
- Qopqoq
- Qorinning yonlari
- Ovoz teshigi
- Simlar
- Xarak
- Dastaning parda qo'yilgan qismi
Chapaqay chaluvchilar uchun gitaralar teskari qilib tayyorlanadi. Odatda faol qo‘l torlarni chertish uchun ishlatiladi. Bu degani ko‘pchilik odam o‘ng qo‘li bilan simlarni chaladi. Sababi musiqaning dinamikasi va rang-barangligi torni chalgan qo‘lga bog‘liq. Ikkinchi qo‘lning vazifasi bo‘lsa torlarni kerakli pardalarda bosishdan iboratdir. Skripka kabi asboblarni chalishda ham yoy o‘ng qo‘l bilan ushlanadi.
Turli xil chapaqay gitarachilar turli xil gitaralarni chalishadi. Ba’zi chapaqay gitarachilar oddiy gitaraning shunchaki aksini chalishadi: simlarning ketma-ketligini o‘zgartirishmaydi, ya’ni ularning gitaralarida yo‘g‘on simlar yuqorida va ingichka simlar pastda bo‘ladi. Nirvana guruhining qo‘shiqchisi Kurt Cobainning gitarasi shunaqa bo‘lgan. Ba’zi chapaqay gitarachilar bo‘lsa oddiy o‘ng gitara simlari ketma-ketligini teskari qilib o'zgartitib chalishadi. Yana boshqa chapaqay gitarachilar bo‘lsa o'ng gitaraning g'irt teskarisini, ya`ni ham gitaraning o'zi, ham simlar ketma-ketligi teskari gitaralarni chalishadi. Jimi Hendrixning gitarasi shunaqa bo'lgan. Ba'zi chapaqay gitarachilar bo'lsa oddiy o'ng gitarani chalaverishadi.
[tahrir] Sozlash
Gitarachilar odatda nota va akkorlarning lotincha nomlarini qo‘llanishadi. O'zbek tiliga notalarning nomlanishi rus tilidan kirib kelgan. O'zbekcha va lotincha notalarning nomlasnishi quyidagichadir:
- Do - C
- Re - D
- Mi - E
- Fa - F
- Sol - G
- Lya - A
- Si - H/B
Gitarani turli xil qilib sozlash mumkin. Eng keng tarqalgan sozlash „standart sozlass“ deb ataladi. Bu sozlashda simlar eng ingichka simdan eng yo‘g‘on simga qarab quyidagicha qilib sozlanadi: E, A, D, G, B, E. Oltala simni ochiq chalgandagi akkord Em7/add11 akkordidir.
Quyidagi jadvalda standart sozlangan gitarani ochiq chalgandan 12-pardagacha chalganda chiqadigan ovoz balandliklarining nomlari ko'rsatilgan (b - bemol, # - diyez):
[tahrir] Gitara aksesuarlari
[tahrir] Kapo
Kapo (italyancha capo tasto (bosh to'xtatgichi) jumlasidan olingan) ochiq simlarning ovoz balandligini o'zgartirish uchun qo'llaniladi. Kapolarda odatda prujina bo'ladi va ular gitaraning simlarini siqib qo'yish uchun qo'llaniladi. Gitaraning tonini yarim ton ko'tarish uchun kapo birinchi pardaning ustiga qo'yiladi. Bir ton ko'tarish uchun esa ikkinchi pardaga qo'yiladi va hokazo. Kapo akkord chalishni osonlashtiradi.
[tahrir] Mediator
Mediator (inglizcha guitar pick yoki plectrum) biror qattiq materialning kichik bo'lakchasidir. Mediator odatda ko'rsatgich va bosh panja o'rtasida ushlanadi va simlarni chalish uchun qo'llaniladi. O'zbek asboblaridan rubob ham mediator bilan chalinadi. Klassik gitarachilar odatda panjalari bilan chalishadi. Mediator asosan po'lat simli va elektrogitaralarni chalish uchun qo'llaniladi.
Mediatorlar asosan palstikdan yasaladi. Ammo suyak, toshbaqa kosasi va yog'ochdan yasalgan turlari ham mavjud. Ilk mediatorlar toshbaqa kosasidan yasalgan. Keyinchalik toshbaqalarning soni kamaygani uchun ulardan mediator yoki boshqa narsa yasash taqiqlangan. Hozirgu kunda taqiqdan avval toshbaqa kosasidan yasalgan mediatorlar juda qadrlanadi.
Mediatorlarning shakli va o'lchami har xil bo'ladi. Jazz uchun ishlatiladigan mediatorlar kichik bo'ladi. Bass gitara mediatorlari bo'lsa katta bo'ladi. Mediator qalinligiga qarab ishlatiladi. 0,2 mm dan 0,5 mm gacha bo'lgan yupqa mediatorlar odatda ritm chalish uchun ishlatiladi. 0,7 mm dan 1,5 mm yoki undan ham qalin bo'lgan mediatorlar esa solo chalish uchun qo'llaniladi.
[tahrir] Shuningdek qarang
[tahrir] Havolalar
- Eng eski 6 torli gitara (ingl.)
- Gitara fizikasi (ingl.)
- Xalqaro gitara bo'yicha izlanish arxivi (ingl.)
- Gitara, The Metropolitan Museum of Art muziyadigi kolleksiyaning suratlari (ingl.)