Bas gitara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bas gitara
70's Fender Jazz Bass.jpg
Fender Jazz Bas gitarasi. Pardalar zarang daraxti yogʻochidan qilingan.
Torli asbob
Turi Torli asbob
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi 321.322
(Kompozit xordofon)
Ixtirochi(lar) Paul Tutmarc, Leo Fender
Registri
Range contrabass.png
(standart sozlangan to'rt torli bas gitara)

Bas gitara — gitaraning bir turi. Elektrik bas yoki shunchaki bas deb ham ataladi. Bas gitara odatda panjalar bilan chalinadi. Bas gitaraning koʻrinishi elektrogitaraning koʻrinishiga oʻxshaydi. Lekin bas gitaraning dastasi uzunroq boʻladi. Bas gitaraning toʻrt, besh, olti va sakkiz torli turlari mavjud.

Bas gitaraning toʻrt torli turi eng keng tarqalgan. Toʻrt torli bas gitara kontrabas kabi sozlanadi. Bunda bas gitaraning torlari oddiy gitaraning toʻrt past simidan bir oktava past qilib sozlanadi. Bunday sozlangan bas gitara simlari ochiq chalinganda pastdan birinchi simdan sol (G), ikkinchi simdan re (D), uchinchi simdan lya (A) va toʻrtinchi simdan mi (E) notasi eshitiladi. Elektrogitara oʻxshab bas gitara ham jonli ijro paytida kuchaytirgich orqali radiokarnaylarga ulanadi.

1960-yillardan beri bas gitara ritm chalishda kontrabasni oʻrnini olib kelyapti. Bas gitarachilar turli xil bas kuylarni chalsa ham, musiqaning deyarli barcha turida bas gitarachinig roli bir: garmoniyani aniqlashtirish va ritmni belgilash. Bas gitaradan rock, metal, pop, punk rock, country, reggae, blues va jazz kabi turli xil musiqa stillarida qoʻllaniladi. Bas gitara yana jazz, fusion, Latin va boshqa rock hamda metal musiqa stillarda solo chalish uchun ishlatiladi.

Shuningdek qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]