Xalqaro huquq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro huquq tushunchasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi. Xalqaro ommaviy huquq-xalqaro munosabatlarda qatnashadigan va ishtirok etadigan davlatlar (sub`yektlar)ning yuridik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xalqaro ommaviy huquq-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro munosobatlarning bazaviy xalqaro printsiplarini belgilab beradi. Xalqaro ommaviy huquq davlatlararo milliy munosabatlarni, davlatlar bilan xalqaro tashkilotlar, xalqaro miqiyosda fuqarolarning asosiy huquq, burch va erkinliklarini, xalqaro huquq doirasida xalqaro nizo va kelishmovchiliklarni hal qilish bilan bogʻliq hamda boshqa munosabatlarni oʻzida ifodalaydi.

Xalqaro huquq — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va b. qatnashuvchilar (subʼyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsshshar va normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda X.h. obʼyekta oʻz mazmunmoxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrogʻi, davla.tlararo munosabatlar hisoblanadi. Davlat ichki huquqidan farqpi ravishda X.h. normalarini yaratish va bajarilishini taʼminlash bilan shugʻullanadigan qonun chiqaruvchi organlar yoʻq. X.h.ning asosiy subʼyektlari davlatlar xisoblanadi. Ularning oʻzaro kelishuvi bilan vujudga keladigan X.h. normalari davlatlarning kelishilgan irodasini ifoda etadi. X.h.ning oʻziga xos xususiyati ana shundadir. Turli xalkaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning hujjatlari X.h.ning normativ bazasi hisoblanadi.

Hoz. zamon H.h.i xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquqga boʻlinadi. Xalqaro ommaviy huquq xalqaro munosabatlarda qatnashadigan davlatlar va b. subʼyektlarning oʻzaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari oʻrtasidagi mulkiy va boshqa munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat milliy qonunchiligini qoʻllash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.

Xalqaro ommaviy huquq xalqaro shartnomalar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, inson huquklari boʻyicha xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi,xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro kosmik huquq kabi sohalarni oʻz ichiga oladi. X.h.ning umum eʼtirof etilgan tamoyillari bor. Ular X.h.ni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi universal majburiy meʼyorlardir. X.h.ning aksariyat tamoyillari BMT Ustavining 2moddasida bayon etilgan. Ular BMT Ustaviga muvofiq, davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli X.h. tamoyillari toʻgʻrisidagi 1970 y. Deklaratsiyasida hamda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YEXHK)ning Yakunlovchi hujjatida batafsil yoritib berilgan. Bular quyidagilardir: kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; xalqaro nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish; davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; davlatlarning xalqaro hamkorligi; davlatlarning suveren tengligi; xalqlar va millatlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi; davlatlarning xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishi; chegaralar daxlsizligi; davlatlarning hududiy yaxlitligi; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishdir. Jahon hamjamiyati oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etish zaruriyatini ifoda etuvchi yangi tamoyillar ham (mas, atrof muhitni muhofaza qilish) shakllanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetini qoʻlga kiritgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subʼyekti sifatida faoliyat yurita boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida X.h.ning yuqorida koʻrsatilgan tamoyillarining aksariyati belgilab qoʻyilib (17modda), "xalqaro huquqning boshqa umum tan olingan tamoyil va meʼyorlari"ni hurmatlash aytib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning ana shu tamoyil va meʼyorlariga izchil rioya qilmoqda, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etmoqda, ularni bajarmoqda, xalqaro tashkilotlar faoliyatida, jamoa xavfsizlik tizimlarida qatnashib kelmoqda. Dunyo davlatlari bilan §ir qatorda yalpi va adolatli tinchlikni taʼminlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etishda oʻz hissasini qoʻshmoqda. Zamonaviy X.h.ning asosiy tamoyillari "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida"gi (1996 y. 26 dek.) qonunda mustahkamlab qoʻyilgan.

Akmal Saidov.