Marko Polo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marko Polo (Marko Polo) - (1254Venetsiya — 1324.8.1) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. M. P. 1271—75 y.larda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo ya.o.ning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) sh.lari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib borgan. M. P. Xitoyda 17 yil yashagan, Xubilayxon saroyida 1292 y.gacha uning xizmatida boʻlgan. U mamlakatning turli viloyatlarini borib koʻrgan. M. P. Xonbaliq (Pekin) sh.dan myanmaliklarning ilk davlati Paganning 11 —13-a.lardan poytaxti boʻlgan Pagan sh.ga (mamlakat markazida) sayohat qilib, yana orqaga qaytgan. Soʻngra Jan. Xitoy dengizi, Bengaliya qoʻltigʻi, Arabiston dengizi, Eron orqali 1295 y. vataniga qaytib borgan.

Rustichano bilan birga "Marko Polo kitobi"ni (1298) yozib qoldirgan. Bu asar Kavkaz xalq^ari, Eron, Xitoy, Mongoliya, Hindiston, Indoneziya va b. mamlakatlar geografiyasi, etnografiyasi va tarixi haqida muhim maʼlumotlar beradi; shuningdek, unda xalq udumlari, rivoyatlar, ertaklar ham bor. Boshqa Yevropa tillariga tarjima qilingan bu kitob 14—16-a.larda yashagan dengizchilar, yozuvchilar va haritashunoslar (jumladan X. Kolumb va L. Ariosto)ga taʼsiri katta boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil