Italyan tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Italyan tili
Milliy nomi: Italiano, Lingua italiana
Mamlakatlar: Italiya, San Marino, Malta, Shveysariya, Vatikan, Sloveniya, Xorvatiya, Argentina, Braziliya
Mintaqalar: Somali, Eritreya, Liviya
Rasmiylik holati: Yevropa Ittifoqi bayrogʻi Yevropa Ittifoqi
Italiya bayrogʻi Italiya
Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya
San Marino bayrogʻi San Marino
Vatikan shahri bayrogʻi Vatikan
Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
Sloveniya bayrogʻi Sloveniya
So`zlashuvchilar umumiy soni: 59 million (ona tili; 2007)[1]
85 million (umuman)[2]
Tartiblovchi tashkilot: Accademia della Crusca (norasmiy)
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiya tillari
Hind-Yevropa tillari
Italiy tillari
Roman tillari
Italo-dalmatian ostguruhi
Alifbosi: Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 it
ISO 639-2 ita
ISO 639-3 ita
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Italyan tili (ital. italiano — „italyancha“ yoki ital. lingua italiana — „italyan tili“) roman tillaridan biri boʻlib, unda asosan Italiya, Shveysariya, San Marino, Vatikanda gaplashishadi; bundan tashqari Malta, Monako, Xorvatiya, Sloveniya, Fransiya, Liviya, Eritreya va Somali kabi mamlakatlarning ayrim viloyatlarida italyancha gaplashadigan aholi istiqomat qiladi.[3] Amerika va Avstraliya qitʼalarida ham baʼzi immigrantlar italyan tilini ona tili deb hisoblaydi.

Italyan tili — italyanlar tili. Hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. Shveysariya, Shim.sharqiy Afrika, Jan. va Shim. Amerikada tarkdlgan. I. t.da 65 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (1992). I. t. shevalari 3 katta guruhga boʻlinadi: shim., markaziy va jan. Jonli lotin tili asosida yuzaga kelgan. Lotin tilining asta-sekin I. t. sifatida qayta tarkib topishi 6— 10-a.larga toʻgʻri keladi. 13-a.dan boshlab, ijtimoiy-iqti-sodiy va siyosiy taraqqiyot b-n Italiya shevalari ichida Florensiya (Toskan) shevasi alohida oʻrin egalladi va shu asosda italyan adabiy tili shakllandi. I. t.dagi soʻzlar deyarli qoʻsh undoshli boʻlib, unli tovushlar b-n tugaydi. Urgu soʻzning oxiridan ikkinchi boʻgʻiniga tushadi. Egalik olmoshi artikl b-n keladi. Gapda soʻz tartibi erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida. [4]


Yevropa Ittifoqi statistikasiga binoan italyancha 59 million nafar aholi uchun ona tilidir, yana 14 million kishi undan ikkinchi til sifatida foydalanadi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Nationalencyklopedin "Världens 100 största språk 2007" The World's 100 Largest Languages in 2007
  2. 2,0 2,1 Eurobarometer – Europeans and their languages PDF (485 KB), February 2006
  3. Ethnologue report for language code:ita (Italy) – Gordon, Raymond G., Jr. (ed.), 2005. Ethnologue: Languages of the World, Fifteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online version
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Vikipediya logotipi

Vikipediya italyan tilida
boʻlimga ega:
«Pagina principale»