Mark Zuckerberg
| Mark Zuckerberg | |
| Mark Zuckerberg | |
Mark Zuckerberg (2011-y.) |
|
| Tugʻilgan paytidagi ismi: | Mark Elliot Zuckerberg |
| Tavallud sanasi: | 14-may, 1984 (28 yoshda) |
| Tavallud joyi: | Uayt Pleyns, Nyu-York, AQSh |
Mark Zuckerberg (talaffuzi: Mark Zakerberg;[1] ruscha talaffuzda — Tsukerberg, 1984-yil 14-may, AQSh, Nyu-York shtati, Uayt-Pleyns shahrida tugʻilgan) — Facebook ijtimoiy tarmogʻi asoschisi va tehnika ishlab chiquvchi. Hozirda Silicon vodiysida yashamoqda (Palo-Alto shahri).
Mundarija |
[tahrir] Biografiya
Zuckerbergning otasi stomatolog boʻlib ishlagan, onasi esa — psixolog boʻlgan. U maktab yillarida kompyuter dasturiga ishqivoz edi, tarmoq versiyasida «Risk» oʻyinlarini ishlab chiqqan. Mark Microsoft va AOL kompaniyalar ishga joylashish haqidagi taklifini rad etadi, u Garvard universitetining psixologiya fakultetiga oʻqishga kiradi[2]. Mark Garvardda qoʻshimchasiga AT kurslariga ham qatnardi.
Ayni oʻsha Garvard vaqtlari Chris Hughes bilan birgalikda Facebook ijtimoiy tarmoqni yaratishni boshlashadi. Unga moliyaviy yordamni kelib chiqishi braziliyalik boʻlgan talaba Eduardo Saverin koʻrsatdi. Mark bir necha bor xakerlikka qiziqishi boʻlgan.[3] Uning urinishlari Eduardo Saverin kompaniya boshqaruvidan chetlatdi, oxir-oqibat 2005-yilda ishni sudda koʻrib chiqishgacha bordi.
2009-yil yanvar oyida Mark Palo-Alto sahrida Yuriy Milner bilan tanishib oladi[4]. 2009-yil 26-may bitim imzolaydi, unga koʻra DST 200 mln AQSh dollari evaziga Facebook aksiyasining 1,96 % foizini sotib oladi.
Mark yahudiy oilada tarbiya topgan boʻlsa-da, oʻzini ateist, deb taʼriflaydi.[5][6]
[tahrir] Kinoda
- Asosiy maqola: The Social Network (film).
«Ijtimoiy tarmoq» (2010) filmi yaratilish tarixi Aaron Sorkin ssenariya asosida va David Fincher ishtirokida suratga olindi. Bu film J. Hoberman kelishuvi bilan, kadrda Mark Zuckerbergning — ijtimoiy tarmoqdagi boshqalardan ajralib turadigan foydalanuvchilarining psixologik tahlil jarayoni aks etgan.[7] Bosh rolda aktyor Jesse Eisenberg boʻlajak milliarderni talqin etadi. Zuckerberg kino loyihaga hech qanaqa aloqasi yoʻqligi, hattoki intervyusida undan uzoqroq boʻlishini aytgan.[8]
[tahrir] Xayr-sahovat
[tahrir] Izoh
- ↑ Mark Zuckerberg pronunciation: How to pronounce Mark Zuckerberg in English
- ↑ Facebook co-founder Mark Zuckerberg opens up : The New Yorker
- ↑ Geek Power: Steven Levy Revisits Tech Titans, Hackers, Idealists | Magazine
- ↑ Andoza:URL // Valeriy Igumenov, Roman Doroxov, Forbes, 15 sentyabrya 2010 goda.
- ↑ "The billionaire Facebook founder making a fortune from your secrets (though you probably don't know he's doing it)", DailyMail
- ↑ "Just How Much Do We Want to Share On Social Networks?"
- ↑ According to The Social Network, You Are Definitely Not the Only Asshole on Facebook — Page 2 — Movies — New York — Village Voice
- ↑ Zuckerberg in the hot seat at D8 | Beyond Binary — CNET News
[tahrir] Manbalar
- Wikimedia: Mark Zuckerberg
- Mark Zuckerberg Facebook saytida (ingl.)
- Mark Zuckerbergning video-intervyusi «60 minut» teledasturida (ingl.)
- Mark Zuckerbergning video-intervyusi Time jurnali (ingl.)
- Exo Moskvi: 48 minut: Mark Zuckerberg