Warren Buffett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Warren Buffett
Tavalludi
Warren Edward Buffett

30-avgust 1930-yil (1930-08-30) (93 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi tadbirkor, investor va saxovatpesha
Faoliyat yillari 1951–bugun
Millati Amerikalik
Turmush oʻrtogʻi Susan Thompson
(1952–2004)
Astrid Menks
(2006–bugun)
Bolalari Susan Alice Buffett
Howard Graham Buffett
Peter Andrew Buffett
Ota-onasi Howard Buffett
Leila Stahl Buffett
Veb-sayti berkshirehathaway.com
letters.foundation
Imzosi

Warren Edward Buffet (1930-yil 30-avgustda tugʻilgan),[1] Amerikalik tadbirkor, investor va saxovatpesha. U dunyodagi eng omadli investorlardan biri deb tan olingan.[2][3] Koʻpincha uni „Warren Buffett – afsonaviy investor“ deb ataydilar. U Berkshire Hathaway shirkatining CEO'si va direktoridir. U dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida 4-may 2019-yil reytingida US$89.9 milliard mablagʻi bilan uchinchi oʻrinda turadi.[4]

2008-yil dunyoning eng boy odami deb eʼtirof etilgan boʻlsa, 2011-yilga kelib dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatining 3-oʻrniga tushib qoldi. Buffettni „Omaha sehrgari“, „Omaha bashoratchisi“ yoki „Omaha donishmandi“ deb ham ataydilar. Warren oʻzining falsafiy investitsiya qiymatiga ishqibozligi va oʻzining ulkan boyligiga qaramasdan shaxsiy (tugʻma) qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, Buffett yana koʻzga koʻringan sahovatpeshalardan ham biri hisoblanadi. Uning fikriga (falsafasiga) koʻra baxtning 99%'i xayrli ishlardan kelib chiqadi. U yana Grinell Kollejining moliya boshqaruvchisi aʼzosi sifatida ham xizmat koʻrsatgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buffet 1930-yili Nebraska shtatining Omaha shahrida tugʻilgan. 3 farzandning ikkinchisi va oiladagi yagona oʻgʻil. Buffet ilk taʼlimni Omahadagi Rose Hill boshlangʻich maktabida oladi. 1942-yili uning otasi AQSh Kongressiga saylanganidan keyin ularning oilasi Washington D.C.'ga koʻchib ketadi. Keyinchalik Warren Alice Deal 7-oʻsmirlar oʻrta maktabiga kiradi va 1947-yilda Woodrow Wilson yuqori maktabini bitiradi. Buffet kichkinaligidayoq pul jamgʻarishni boshlagan. U eshikma-eshik yurib saqich, Coca-Cola yoki haftalik jurnallarni sotish bilan shugʻullangan. Bir qancha vaqt davomida bobosining baqqollik doʻkonida ham ishlagan. Yuqori sinflarda oʻqib yurgan kezlarida gazetalar tarqatish, golf koptoklari, markalar sotish va mashinalarni tuzatish orqali ancha-muncha pul yigʻadi. 1945-yilda universtitetning 2-kursdaligida Buffet va uning doʻsti mahalliy sartaroshxonaga oʻrnatgan pinball mashinasi uchun $25 sarflagan. Buffet bolalik paytidanoq aksiya bozori va investitsiya kiritishga qiziqqan. Shahar xizmatining imtiyozli aksiyalaridan 11 yoshida oʻzi va singlisi uchun uchtadan sotib oladi. Universtitetda oʻqish davomida biznesga pul tikadi va otasiga qarashli fermani sotib olib, ijarachi fermer sifatida faoliyat yuritadi. Kollejni bitirish arafasida Buffet $90,000 dan koʻp pul toʻplagan.

Buffet Omahaga qaytgach Dale Carnegie Jamiyatining notiqlik kursiga olingunga qadar birja makleri sifatida faoliyat yuritadi. Ish davomida u Omaha universtitetining kechki guruhida „Investitsiya Asoslari“ fanidan dars berishga qaror qiladi va dars oʻtishni boshlaydi. Talabalarning oʻrtacha yoshi uning oʻzining yoshidan 2-marta katta edi oʻshanda. 1954-yili Buffet Benjamin Graham bilan hamkorlik qilishga rozi boʻladi. Uning boshlangʻich maoshi yiliga $12,000 edi.

2008-yilda Buffet Bill Gatesni taxtdan agʻdarib, dunyoning eng boy kishisi degan nomni oladi. 2007-2008-yilgi jahon bozorlaridagi moliyaviy tanazzul koʻpchilik firmalarni ezib turgan vaqtda, Buffetning qilgan investitisyalari narxini vaqtinchalikka yuqoriga koʻtarib yuboradi. Forbes jurnalining bergan maʼlumotiga koʻra uning boyligi $62 milliard edi. 2009-yili Bill Gates 1-oʻrinni qaytarib olgan, Buffet esa 2-oʻringa tushgan. Ularning boyliklari mos ravishda $40 milliard va $37 milliardda baholangan edi. Lekin Buffet 12 oy ichida $25 milliardni yoʻqotadi 2008/2009.

2009-yil fevralda Buffet oʻzining Procter&Gamble Co va Johnson&Johnson kompaniyalaridagi qimmatbaho qogʻozlarini sotdi.

2006-yilda, Buffet oʻzining shaxsiy Lincoln Town Car avtomobilini eBay kim oshdi savdo saytida sotadi. Sotuvdan tushgan $650,100 mablagʻni Gils Inc. xayr-sahovat fondiga taqdim etadi. 2008-yilning 27-iyunida, Pure Heart China Growth Investment Fund kompaniyasining rahbari Zhao Danyang Warren Buffet bilan 5 kunlik „Kuch Nonushtasi“ni kim oshdi savdosida yutib oladi. Danyang bu 5 kunlik nonushtaga $2,110.100 toʻlagan. Bu kim oshdi savdosidan tushgan barcha pul San Francisco Glide Foundation hayriya jamiyatiga oʻtkazilgan. Keyingi yildagi Warren Buffet bilan bir kunlik tushlikka Torontoda joylashgan Salida Capital boshqaruvchilari $1.68 million miqdorida pul toʻlashgan.

Meros[tahrir | manbasini tahrirlash]

Warren Buffett har doim oʻzining nutqlarida bir avloddan ikkinchi avlodga katta miqdordagi mablagʻning meros boʻlib oʻtishini qoralaydi. Uning aytishicha, 3 ta farzandi uning boyligining faqat juda kichik qisminigina meros qilib oladilar. Buffett „Men bollarimga hech nima qilmasdan, bekorchi boʻlib va bemalol yashashlariga yetadigan emas, balki oʻzlari orzu qilgan ishlarini amalga oshirishlariga yetadigan darajada meros qoldiraman“ degandi.

Qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Intervyularidan birida Buffet narx va qiymat bir xil tushuncha emasligini ta'kidlaydi. U shunday degan:

"Uzoq vaqt oldin, Ben Grem menga “narx – bu to'lagan narsang va qiymat esa - sen ega bo’lgan narsang” deb aytgan. Men narx eng past bo'lganda sotib olishni yaxshi ko'raman, bu paypoq bo’ladimi yoki qimmatli qog'ozlarmi, buning ahamiyati yo’q[5]."

Biroq, tejamkor bo'lish hamma narsani arzonga sotib olishni anglatmaydi. Lekin bu, ko'p pul evaziga qimmatbaho narsalarni sotib olish kerak degani ham emas. Boshqa so'z bilan aytganda:

"Oddiy kompaniyani aql bovar qilmaydigan narxda sotib olgandan ko'ra, aql bovar qilmaydigan kompaniyani oddiy narxda sotib olgan ma'qul[5]."

Agar siz tejamkor bo'lishni istasangiz, keyingi safar nafaqat narxiga, balki siz uchun shu mahsulotning qadr-qiymati qanchalik muhimligiga e'tibor bering.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Warren Buffett biografiyasi“. Biography.com (FYI/A&E Networks). Qaraldi: 28-yanvar, 2016.
  2. „Ten great investors“ (deadlink). Incademy Investor Education. Harriman House Ltd.. 20-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2015-yil.
  3. Farrington, Robert „The top 10 investors of all time“. The College Investor. The College Investor, LLC. Qaraldi: 20-noyabr 2015-yil.
  4. „Warren Buffett“. Forbes. Qaraldi: 11-may 2017-yil.
  5. 5,0 5,1 „Uorren Baffet: “Qarz va kreditlarni aql bilan oling!”. Buyuk investordan pul bilan bog’liq foydali maslahatlar.“ (2022-yil 30-mart). Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]