C++
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
C++(talaffuzi: si plyus plyus) turli maqsadlar uchun mo`ljallangan dasturlash tili. 1979 yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida "C with Classes" deb atalgan, 1983 yili hozirgi nom bilan ya`ni C++ deb o`zgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM o`yinlarini, kundalik ehtiyojda qo`llaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qo`llaniladi.