Bill Gates
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Bill Gates | |
Bill Gates Davosdagi Jahon Iqtisodiy Forumida nutq soʻzlamoqda (2008 y.) |
|
| Tugʻilgan paytidagi ismi: | William Henry Gates III |
| Tavallud sanasi: | 28-oktabr, 1955-yil |
| Tavallud joyi: | Sietl, AQSh |
| Turmush oʻrtogʻi: | Melinda Gates |
William Henry Gates III (1955-yil, 28-oktabrda tug‘ilgan) yoki Bill Gates amerikalik tadbirkor, filantrop, Microsoft korporatsiyasining asoschilaridan biri (Paul Allen bilan birga) va rahbaridir. 1995-2007 yillar mobaynida dunyoning eng badavlat odami, deb hisoblab kelingan. Boyligi miqdori hozirda $56 milliardga yetgan.