Gretsiya milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Greece
Shirt badge/Association crest
Tahallusi Piratiko (The Pirate Ship)
Ethniki (The National)
Galanolefki (The Sky Blues and Whites)
Assotsiatsiya Hellenic Football Federation (HFF)
(Ελληνική Ποδοσφαιρική Ομοσπονδία – ΕΠΟ)
Konfederatsiya UEFA (Europe)
Bosh murabbiy Gus Poyet
Sardor Anastasios Bakasetas
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Giorgos Karagounis (139)
Eng yaxshi toʻpurar Nikos Anastopoulos (29)
Uy stadioni Agia Sophia Stadium
FIFA kodi GRE
forma
Ikkinchi forma
forma
Uchinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 50 Decrease 1 (20 July 2023)[2]
Eng yuqori 8[1] (April 2008, October 2011)
Eng past 66 (September 1998)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Yunoniston 1–4 Italiya [[File:{{{flag alias-1861}}}|23x15px|border |alt=|link=]]
(Piraeus, Greece; 7 April 1927)
Eng yirik gʻalaba
 Yunoniston 8–0 Suriya 
(Athens, Greece; 25 November 1949)
Eng yirik magʻlubiyat
 Vengriya 11–1 Yunoniston 
(Budapest, Hungary; 25 March 1938)
Jahon chempionati
Ishtiroki 3 (Ilk marta 1994-yili)
Eng yaxshi natijasi Round of 16 (2014)
European Championship
Ishtiroki 4 (Ilk marta 1980-yili)
Eng yaxshi natijasi Champions (2004)
Olympic Games
Ishtiroki 3 (Ilk marta 1920-yili)
Eng yaxshi natijasi Group stage (2004)
Konfederatsiyalar kubogi
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2005-yili)
Eng yaxshi natijasi Group stage (2005)

Gretsiya milliy futbol terma jamoasi (yunoncha: Thinkk lílias , Ethniki Elladas) erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbol oʻyinlarida Gretsiya sharafini himoya qiladi. Gretsiya futboli boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Gretsiya futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Gretsiya oʻz uy oʻyinlarining koʻp qismini Afinada joylashgan Olimpiya stadionida yoki port shahar Pireyda joylashgan Karaiskakis stadionida oʻtkazadi. Gretsiya UEFA Yevropa chempioni boʻlgan oʻnta terma jamoadan biridir.

Gretsiya xalqaro futbolda 1980-yillardan boshlab yaxshi natijalarga erisha boshladi. Ularning yirik turnirlardagi birinchi chiqishi 1980-yilgi Yevropa chempionatiga togʻri keladi. Ular guruh bosqichidan oʻta olmadilar. Gretsiya 1994-yilgi FIFA Jahon chempionatigacha boshqa yirik turnirda ishtirok etamadi.

UEFA Evro-2004 Gretsiya futbol tarixidagi eng yuqori pogʻona boʻldi. Terma jamoa ushbu musobaqadagi ikkinchi ishtirokida Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdilar. Turnirr oldidan reyting autsayder sifatida eʼtibordan chetda qolgan Gretsiya musobaqadagi favoritlari Fransiya va mezbon Portugaliyani magʻlub etdi. Portugaliyani guruh va final bosqichida magʻlubiyatga uchratdi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parijdagi Ittifoqdoshlararo oʻyinlardagi terma jamoa, 1919-yil.
Gretsiya terma jamoasi 1920-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1896-yil 12-aprelda 1896-yilgi Olimpiya o‘yinlari vaqtida Afinadagi Neo Phaliron Velodrome stadionida Gretsiya Daniya terma jamoasiga 9:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi[3].

Futbol boʻyicha Olimpiya oʻyinlarining dastlabki uchta mavsumida (1900-06) norasmiy maqomga ega holda qatnashgan. Gretsiya 1900-yilgi Olimpiada va 1904-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashmagan. 1906-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan. Gretsiya davlatini ifodalovchi jamoa Afinalik futbolchilardan tuzilgan edi. Keyinchalik futbolchilar bilan yuzaga kelgan muammolar sababli chetlatilgan[4].

Gretsiya Birinchi jahon urushi tugaganidan keyin 1919-yilda Parijdagi Ittifoqlararo oʻyinlarda qatnashgan. Bu safar terma jamoa uyiga kumush medallar bilan qaytishdi. Keyingi yili Gretsiya 1920-yilgi Antverpendagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarda ishtirok etdi va birinchi oʻyinda Shvetsiya tomonidan 9-0 hisobda magʻlub etildi. Ushbu oʻyin ularning birinchi rasmiy oʻyini sifatida tan olingan[5].

1930-yillar Bolqon kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1929—1936-yillar oraligʻida Gretsiya oltita Bolqon kubogida qatnashdi. Ularning eng yaxshi ishtiroki 1934—1935-yilgi Bolqon kubogida boʻlgan. Terma jamoa ikkinchi oʻrinni egalladi. Bu yillardagi jamoadagi asosiy yetakchi shaxs Kostas Choumis boʻldi, u Bolqon kubogida jami 7 ta gol urib, musobaqa tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar qatoridan joy oldi[6].

1950-yillar Oʻrta yer dengizi kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949 va 1958-yillar oraligʻida Gretsiya uchta Oʻrta yer dengizi kubogida ishtirok etdi. Ularning eng yaxshi ishtiroki 1950-1953-yilgi Oʻrta yer dengizi kubogida qayd etilgan. Italiya B dan atigi bir ochko kam boʻlgan holda ikkinchi oʻrinni egallagan. Bu yillardagi jamoa yetakchisi Georgios Darivas boʻldi. U 1950—1953-yilgi mavsumda 4 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. Turkiyaga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan[7].

1970-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi oʻn yilliklar davomida Gretsiya terma jamoasi xalqaro maydonda muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Chunki Ikkinchi Jahon urushidan keyingi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli milliy terma jamoani rivojlantirishga imkon bermadi.

Gretsiya ikkita FIFA Jahon kubogi musobaqasining saralash bahslarini oʻtkazib yubordi.

1980-yilgi Yevropa chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alketas Panagoulias boshchiligida Gretsiya, Italiyada boʻlib oʻtgan 1980-yilgi Yevropa chempionati sarlashida Sovet Ittifoqi va Vengriyani magʻlub etib final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[8]. Final turnirida Gretsiya Gʻarbiy Germaniya, Niderlandiya va Chexoslovakiya bilan A guruhidan joy egalladi. Gretsiya oʻzining birinchi oʻyinida gollandlarga 65-daqiqada Kist tomonidan penaltida urilgan yagona gol evaziga magʻlub boʻldi. Uch kundan keyin Gretsiya Rimda Chexoslovakiya bilan oʻynadi. Birinchi boʻlim oxirida chexoslovakiyaliklarni 1:1 hisobida ushlab turgan Gretsiya, yakunda 3:1 hisobida magʻlub boʻldi. Oʻzining soʻnggi oʻyinida Gretsiya Gʻarbiy Germaniya bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi. Ushbu natijalardan keyin terma jamoa guruhdan chiqa olmadi.

2005-yilgi Konfederatsiyalar kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa chempioni sifatida Gretsiya 2005-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan FIFA Konfederatsiyalar kubogiga yoʻllanma oldi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati chempioni Braziliya, 2004-yilgi Osiyo kubogi chempioni Yaponiya, 2003-yilda KONKAKAF oltin kubogi chempioni Meksika bilan birga „B“ guruhidan joy egalladi. Gretsiya dastlabki ikki oʻyinda Braziliyaga 3:0 va Yaponiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Meksika bilan 0:0 hisobida durang oʻynab, guruhning soʻnggi pogʻonasidan joy oldi. Tarkibda Stathis Tavlaridis, Loukas Vyntra, Michalis Sifakis, Giannis Amanatidis va Fanis Gekas kabi futbolchilar bor edi. Ularning barchasi milliy terma jamoada birinchi marta chaqiruv olgan futbolchilar edi.

1994-yilgi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa 1994-yili AQSHda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatiga saralashida muvaffaqiyati ishtirok etdi va chempionatga yoʻllanma oldi. Ushbu jahon chempionati Gretsiya uchun birinchisi boʻldi[9]. Gretsiya saralash guruhida birinchi oʻrinni egalladi va soʻnggi oʻyinda Rossiya milliy futbol terma jamoasini ortda qoldirdi. Final turnirida Gretsiya Nigeriya, Bolgariya va Argentina bilan D guruhidan joy oldi. Muvaffaqiyatli saralash oʻyinlaridan soʻng, Gretsiyadan umidlar katta edi. Ammo jahon chempionatiga kelishi kerak boʻlgan tarkib ichida muammolar (ichki nizolar) paydo boʻldi. Shuningdek, ular 1990-yilgi FIFA Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Argentina, keyinchalik yarim finalga chiqqan Bolgariya va Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri boʻlgan Nigeriya bilan „oʻlim guruhi“ ga tushgan edi. Taʼkidlash joizki, ushbu uchta oʻyinda jamoaning barcha oʻyinchilari, jumladan, uchta darvozabon ham ishtirok etishdi, bu juda kamdan-kam uchraydigan hol. Ushbu turnir Gretsiya terma jamoasi uchun alamli boʻldi. Foksboro stadionida Argentinaga qarshi birinchi oʻyinda 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdi. Toʻrt kundan soʻng, Gretsiya Chikagodagi Soldier Fieldda Bolgariyadan yana 4:0 hisobida magʻlub boʻldi. Soʻnggi oʻyinda Nigeriyaga ham Foxboro stadionida 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Jamoa imiji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gretsiyaning anʼanaviy ranglari Gretsiya bayrogʻidan kelib chiqqan koʻk va oq ranglardir. Jamoa tashkil etilganidan beri koʻk rang uy libosi sifatida ishlatilgan boʻlsa-da, 2004-yilgi Yevropa chempionatidan keyin oq rang asosiy uy rangiga aylandi. Soʻnggi oʻn yilliklarda Gretsiya oq trikotaj, shorti va paypoqlar toʻplamini yoki butunlay koʻk rangli kombinatsiyani kiyadi. Ilgari, toʻplam koʻk trikotaj va oq shortilarning kombinatsiyasidan iborat edi. Ayni paytda, Gretsiya toʻplamida vaqti-vaqti bilan chiziqlar, xochlar yoki boshqa dizaynlar, shuningdek, koʻk rangning turli koʻrinishlari mavjud.

2013-yilning 10-aprelida Gretsiya futbol federatsiyasi Gretsiyaning amaldagi rasmiy yetkazib beruvchisi boʻlgan amerikalik ishlab chiqaruvchi Nike bilan hamkorlikni eʼlon qildi va ularning birinchi liboslari 2013-yilning 7-iyunida Litva bilan safar oʻyinida debyut qildi. 2014-yilning 4-martida Gretsiya 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham kiyiladigan soʻnggi liboslarini taqdim etdi[10][11][12].

Toʻplamda qoʻllaniladigan gerb (ethnsosimo „milliy belgi“ degan maʼnoni anglatadi[13][14])

Terma jamoa formasini ishlab chiqaruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqarubchi Davr
Yaponiya Asics 1980-1981
Gʻarbiy Germaniya Puma 1982-1987
Germaniya Adidas 1988-1989
Yaponiya Asics 1989-1991
Italiya Diadora 1991-1998
Italiya Lotto 1998-2001
Fransiya Le Coq Sportif 2001-2003
Germaniya Adidas 2003-2012
Qoʻshma Shtatlar Nike 2013-hozir

Terma jamoa taxalluslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaga koʻra, Gretsiya ommaviy axborot vositalari va umuman greklar tomonidan oddiygina yunoncha „Ethniki“ (Dhnk) deb ataladi, bu soʻzma-soʻz „Milliy“ degan maʼnoni anglatadi. Toʻplam ranglari sifatida Gretsiya bayrogʻining ranglarini qoʻllaganligi sababli jamoa koʻpincha Galanolefki (Osmon koʻk-oq) deb ataladi. Ikkala taxallus ham boshqa sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalari uchun ishlatiladi.

Gretsiya va mezbon Portugaliya oʻrtasidagi turnirning dastlabki oʻyini oldidan boʻlib oʻtgan UEFA Evro-2004 musobaqasining ochilish marosimida oʻsha davrdagi portugal tadqiqotchilarining ekspeditsiyalariga ishora qilib, XVI asrga oid kemaning nusxasi ishlatilgan. Gretsiya radiosi sport jurnalisti Georgios Xelakis ochilish oʻyinini translyatsiya qilar ekan, „Portugaliya terma jamoasi shunday kemada paydo boʻlganligi sababli, biz qaroqchilarga aylanib, gʻalabani oʻgʻirlash vaqti keldi“, deb izoh berdi. Oxir-oqibat, Gretsiya mezbonlarni magʻlub etdi va jamoa „Pirat kemasi“ degan maʼnoni anglatuvchi Piratiko deb taʼriflandi. Bu esa turnir davomida har bir gʻalabada takrorlanadigan jamoaning yangi laqabi sifatida paydo boʻldi.

Raqobat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gretsiyaning Turkiya bilan tarixiy raqobati bor. Ular bilan jami 13 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gʻalaba, uchta durang va etti oʻyinda magʻlubiyatga uchragan[15]. Turkiya va Gretsiya klublari oʻrtasidagi oʻyinlar paytida sodir boʻlgan bir qancha voqealar doim OAV eʼtiborida turadi. Asosan bu davlat klublari bir savatchadan joy olishmaydi[16].

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otto Rehhagel jamoani 2004-yil boshqargan.
Alketas Panagoulias, u bilan Gretsiya birinchi marta Yevropa chempionatida (1980) va Jahon chempionatida (1994) maydonga tushgan.
Lavozim Ism
Texnik direktor Urugvay Fransisko Mejia
Sport direktori Urugvay Karlos Estupinan
Menejer Urugvay Gus Poyet
Boshqaruvchi yordamchisi Ispaniya Jerard Nus
Darvozabonlar murabbiyi Urugvay Martin Rodriges
Birinchi guruh shifokori Urugvay Paulo Ximenes
Fitnes murabbiyi Urugvay Antonio Almeyda
Ergofiziolog Urugvay Matias Sosa
Fizioterapevt Urugvay Germaniya Lozkano

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ism Faoliyati OʻY D M UG OʻG Gʻalaba % Asosiy musobaqala
Gretsiya Apostolos Nikolaidis 1929---- 1934-1935 5 1 1 3 6 13 20%
Chexiya Jan Kopřiva 1929-1930 3 1 1 1 4 10 33.3%
Chexiya Josef Švejk 1930 1 0 0 1 0 3 0%
Gretsiya Hellenic Football Federation 1930-1931 5 1 0 4 12 15 20%
Gretsiya Loukas Panourgias 1932 4 0 0 4 2 14 0%
Gretsiya Kostas Negrepontis 1933-1934----1938----1948-1950----1953 16 5 1 10 23 25 31.3%
Gretsiya Kostas Konstantaras 1935 4 0 1 3 6 16 0%
Vengriya József Künsztler 1936 2 0 0 2 6 10 0%
Angliya Alan Buckett 1938 1 0 0 1 1 11 0%
Gretsiya Antonis Migiakis 1951----1952-1953----1954-1955----1958----1961 12 3 4 5 13 16 17%
Gretsiya Nikos Katrantzos 1951 1 1 0 0 1 0 100%
Gretsiya Giannis Chelmis 1951----1954----1955 8 3 1 4 9 10 37.5%
Gretsiya Kostas Andritsos 1956 1 0 0 1 1 7 0%
Italiya Rino Martini 1957-1958 7 2 1 4 8 17 28.6%
Fransiya Paul Baron 1959-1960 5 1 0 4 4 15 20%
Gretsiya Tryfon Tzanetis 1960-1961----1962-1964 11 5 1 5 19 25 45.5%
Gretsiya Lakis Petropoulos 1964-1965----1967----1969-1971----1976-1977 35 6 9 20 34 62 17.1%
Gretsiya Panos Markovic 1966-1967 2 2 0 0 6 1 100%
Gretsiya Kostas Karapatis 1968 1 0 0 1 0 1 0%
Gretsiya Dan Georgiadis 1968-1969 8 3 4 1 19 13 37.5%
Shimoliy Irlandiya Billy Bingham 1971-1973 12 2 3 7 11 23 16.7%
Gretsiya Alketas Panagoulias 1973-1976----1977-1981----1992-1994 74 23 20 31 89 121 31.1% 1980-yilgi Yevropa chempionati — Guruh bosqichi---- 1994-yilgi Jahon chempionati — Guruh bosqichi
Gretsiya Christos Archontidis 1982-1984 21 5 3 13 17 33 23.8%
Gretsiya Miltos Papapostolou 1984-1988 46 14 15 17 46 61 30.4%
Gretsiya Alekos Sofianidis 1988-1989 7 3 1 3 13 10 42.9%
Gretsiya Antonis Georgiadis 1989-1991----1992 30 11 9 10 34 38 36.7%
Gretsiya Stefanos Petritsis 1992 1 0 0 1 0 1 0%
Gretsiya Kostas Polychroniou 1994-1998 34 17 6 11 56 32 50%
Ruminiya Anghel Iordănescu 1998-1999 7 4 2 1 11 7 57.1%
Gretsiya Vasilis Daniil 1999-2001 30 14 8 8 46 34 46.7%
Gretsiya Nikos Christidis 2001 1 0 1 0 0 0 0%
Germaniya Otto Rehhagel 2001-2010 106 53 23 30 138 111 50%
Portugaliya Fernando Santos 2010-2014 49 26 17 6 56 36 53.1%
Italiya Claudio Ranieri 2014 4 0 1 3 1 5 0%
Gretsiya Kostas Tsanas 2014, 2015 5 1 1 3 5 9 20%
Urugvay Sergio Markarián 2015 3 0 2 1 1 2 0%
Germaniya Michael Skibbe 2015-2018 27 11 5 11 30 26 40.7% [*][17]
Gretsiya Angelos Anastasiadis 2018-2019 7 2 1 4 8 11 28.6%
Niderlandiya John van 't Schip 2019-2021 26 11 9 6 29 23 42.3%
Urugvay Gus Poyet 2022- 10 6 1 3 14 7 75.0%
Jami 1929-hozir 632 237 152 243 780 877 37.5%
"Santos" milliy rekordi — 17 ta magʻlubiyatsiz oʻyin.

Futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Giorgos Athanasiadis 1993-yil 7-aprel (29 yosh) 0 0  GRE AEK Athens
12 1DA Alexandros Paschalakis 1989-yil 28-iyul (33 yosh) 5 0  GRE Olympiacos
13 1DA Vasilis Barkas 1994-yil 30-may (28 yosh) 13 0  NED Utrecht
2 2HM Giannis Kotsiras 1992-yil 16-dekabr (29 yosh) 2 0  GRE Panathinaikos
3 2HM Giorgos Tzavellas 1987-yil 26-noyabr (35 yosh) 48 3  GRE AEK Athens
4 2HM Panos Retsos 1998-yil 9-avgust (24 yosh) 6 0  GRE Olympiacos
14 2HM Lazaros Rota 1997-yil 23-avgust (25 yosh) 6 0  GRE AEK Athens
17 2HM Pantelis Chatzidiakos 1997-yil 18-yanvar (25 yosh) 23 0  NED AZ
18 2HM Dimitris Goutas 1994-yil 4-aprel (28 yosh) 3 0  TUR Sivasspor
19 2HM Dinos Koulierakis 2003-yil 28-noyabr (19 yosh) 1 0  GRE PAOK
21 2HM Dimitris Giannoulis 1995-yil 17-oktyabr (27 yosh) 21 0  ENG Norwich City
25 2HM Giorgos Kyriakopoulos 1996-yil 5-fevral (26 yosh) 7 0  ITA Sassuolo
5 3YH Andreas Bouchalakis 1993-yil 5-aprel (29 yosh) 35 1  GRE Olympiacos
6 3YH Dimitris Kourbelis 1993-yil 2-noyabr (29 yosh) 30 1  GRE Panathinaikos
8 3YH Sotiris Alexandropoulos 200-yil 26-noyabr (21 yosh) 7 0  POR Sporting CP
10 3YH Dimitris Pelkas 1993-yil 26-oktyabr (29 yosh) 29 2  ENG Hull City
15 3YH Giannis Papanikolaou 1998-yil 18-noyabr (24 yosh) 2 0  POL Raków Częstochowa
20 3YH Petros Mantalos 1991-yil 31-avgust (31 yosh) 50 6  GRE AEK Athens
24 3YH Manolis Siopis 1994-yil 14-may (28 yosh) 21 0  TUR Trabzonspor
7 4HJ Giorgos Masouras 1994-yil 1-yanvar (28 yosh) 29 4  GRE Olympiacos
9 4HJ Tasos Douvikas 1999-yil 2-avgust (23 yosh) 15 1  NED Utrecht
11 4HJ Tasos Bakasetas (sardor) 1993-yil 28-iyun (29 yosh) 53 10  TUR Trabzonspor
16 4HJ Taxiarchis Fountas 1995-yil 4-sentyabr (27 yosh) 12 1  USA D.C. United
22 4HJ Tasos Chatzigiovanis 1997-yil 31-may (25 yosh) 10 0  TUR Ankaragücü
24 4HJ Fotis Ioannidis 2000-yil 10-yanvar (22 yosh) 4 0  GRE Panathinaikos

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gretsiya terma jamoasining mashhur yarim himoyachisi va sobiq sardori Giorgos Karagunis milliy terma jamoa tarixidagi 139 ta oʻyin bilan eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi hisoblanadi.
Nikos Anastopulos, terma jamoaning eng yaxshi toʻpurari.
Anjelos Charisteas, Yevro-2004 finalida Gretsiya terma jamoasiga gʻalaba keltirgan gol muallifi va 25 gol bilan Gretsiyaning ikkinchi toʻpurari.
# Ism Ishtiroki Gol Pozitsiyasi Faoliyati
1 Giorgos Karagounis 139 10 MF 1999-2014
2 Theodoros Zagorakis 120 3 MF 1994-2007
3 Kostas Katsouranis 116 10 MF 2003-2015
4 Vasilis Torosidis 101 10 DF 2007-2019
5 Angelos Basinas 100 7 MF 1999-2009
6 Stratos Apostolakis 96 5 DF 1986-1998
7 Antonis Nikopolidis 90 0 GK 1999-2008
Sokratis Papastathopoulos 90 3 DF 2008-2019
9 Angelos Charisteas 88 25 FW 2001-2011
10 Dimitris Salpingidis 82 13 FW 2005-2014

Eng yaxshi toʻpurarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Futbolchi Gollar Ishtirok Nisbat Davr
1 Nikos Anastopoulos 29 74 0.39 1977-1988
2 Angelos Charisteas 25 88 0.28 2001-2011
3 Theofanis Gekas 24 78 0.31 2005-2014
4 Dimitris Saravakos 22 78 0.28 1982-1994
5 Mimis Papaioannou 21 61 0.34 1963-1978
6 Nikos Machlas 18 61 0.3 1993-2002
7 Demis Nikolaidis 17 54 0.31 1995-2004
Kostas Mitroglou 17 65 0.26 2009-2019
9 Panagiotis Tsalouchidis 16 76 0.21 1987-1995
10 Giorgos Sideris 14 28 0.5 1958-1970

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa Jami Uy Safarda
Oʻyin D M GF GA GD D M GF GA D M GF GA
FIFA Jahon chempionati 146 58 35 53 172 199 −27 35 16 17 95 62 23 19 36 77 137
UEFA Yevropa chempionati 136 61 28 47 185 157 +28 37 4 19 108 67 24 24 28 77 90
FIFA Konfederatsiyalar kubogi 3 0 1 2 0 4 −4
0 1 2 0 4
Olimpiya oʻyinlari 1 0 0 1 1 2 −1
0 0 1 1 2
Bolqon kubogi 24 3 4 17 36 76 −40
- - -
Oʻrtayer dengizi kubogi 17 4 5 8 15 31 −16
- - -
Oʻrtayer dengizi oʻyinlari 2 2 0 0 6 0 6
- - -
UEFA Millatlar ligasi 18 11 3 4 20 8 +12 6 2 1 12 2 5 1 3 8 6
Jami 347 139 76 132 435 481 −46 78 22 37 215 131 52 45 70 163 239

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Greece Men's Ranking – Details and Ranking History“. FIFA. 2015-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
  2. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  3. „Games of the I. Olympiad“ (English). RSSSF (2022-yil 3-fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  4. „Intermediate Games of the IV. Olympiad“ (English). RSSSF (2015-yil 1-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  5. Alexander Mastrogiannopoulos. „Greece - International Matches 1929-1938“. www.rsssf.com (2004-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  6. „Balkan Cup (for Nations)“. RSSSF (2020-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  7. „Mediterranean Cup and Mediterranean Games - Overview“. RSSSF (2018-yil 5-iyul). Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  8. „Greece is in the Euro, for the first time, 1980“ (el). sansimera.gr.
  9. „Machlas sent Greece to its first World Cup!“ (el). gazzetta.gr.
  10. „Nike and Hellenic Football Federation announce partnership“ (en, el). Nike (2013-yil 10-aprel). Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
  11. „The agreement with NIKE was announced“ (el). sport24.gr. Qaraldi: 2013-yil 10-aprel.
  12. „Greece unveils 2014 national team kit with Nike“. Nike (2014-yil 4-mart). Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
  13. „el:Η φανέλα με το εθνόσημο“ (el). sport24.gr.
  14. „Greece national football team Official Facebook page“. facebook.com.
  15. „Turkey national football team: record Greece“. www.11v11.com. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  16. Duke, Greg „Top 10 international rivalries“ (en). CNN. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  17. „Greece sanctioned for fielding ineligible player in friendly“. FIFA.com (2016-yil 27-may). 2016-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]