Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Grupo Santander

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Banco Santander S.A.


Banco Santander shtab-kvartirasi

Santander, Ispaniya.
Qachon asos solingan 15-may, 1857-yil (166 yil avval) (1857-05-15)
Joylashuvi Santander (yuridik shtab-kvartirasi) va Boadilla del Monte, Madrid hamjamiyati (operatsion shtab-kvartirasi)
Mahsulot(lar)i Chakana, korporativ, investitsiya va xususiy bank, sug'urta, aktivlarni boshqarish, xususiy kapital
Aylanma daromadi €57.423 billion (2023)[1]
Operatsion foydasi €11.08 billion (2023)[1]
Boyligi €460.3 billion (2023)[1]
Kapitallashtirish €1.797 trillion (2023)[1]
Ishchilar soni 212,764 (2023)[1]
Vebsayti santander.com

Banco Santander — Ispaniyadagi eng yirik moliya va kredit guruhi. Santander Ispaniyadan tashqari Buyuk Britaniyada, AQSh va Lotin Amerikasining bir qator davlatlarida moliya sohasida yetakchi oʻrinlardan birini egallagan. Guruhning asosiy tuzilmasi Banco Santander hisoblanadi[2]. Santanderning bosh qarorgohi Kantabriya shahrida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy Grupo Santander banki bir necha banklarning qoʻshilishi va yangi banklarni sotib olinishi natijasida paydo bo'ldi. 1999-yilda Banco Santander va Banco Central Hispanolar birlashgan. Bular Ispaniyaning birinchi va uchinchi yirik banklari edi[3].

Banco Santander banki 1857-yilda Izabella IIning farmoni bilan Ispaniya va Lotin Amerikasi oʻrtasidagi savdoni moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan. U hozirgi Santander shahrida joylashgan. Birinchi jahon urushining boshlarida, ushbu bank Ispaniyada yetakchi oʻrinlardan birini egalladi. 1909-yildan boshlab bank boshqaruvida Botinlar oilasining vakillari paydo boʻla boshladi. Ular 1990-yillarga kelib, uni mamlakatdagi eng yirik moliya institutiga aylantirdilar. 1986-yilda bankni Emilio Botin (inglizcha: Emilio Botín) boshqargan[3][4][5].

Banco Central 1919-yil 6-dekabrda Madridda tashkil etilgan. Ispaniyaning yangi rivojlanayotgan sanoatlarni, asosan, koʻmir qazib olish, poʻlat, kemasozlik va karton ishlab chiqarishni moliyalashtirgan. Qoʻshma Shtatlardagi Buyuk Depressiya Ispaniya moliya sohasiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi, ammo Banco Central bu davrda nafaqat omon qoldi, balki oʻz faoliyatini sezilarli darajada kengaytirdi. 1931-yilda Ispaniya banki milliy bankka aylantirilgach, Banco Central uning tijorat faoliyatini oʻz zimmasiga oldi. Ikkinchi jahon urushining oxiriga kelib, bank Ispaniyaning beshta yirik banklaridan biriga aylandi va mamlakat sanoatini urushdan keyin tiklashda faol ishtirok etdi. Bank ishtirokida 1960-yillarda Saltos del Sil GESi rekonstruksiya qilindi va birinchi xususiy neft kompaniyasi Compania Espanola de Petroleos S. A. paydo boʻldi. Ispaniyadagi eng yirik qurilish kompaniyasi — Dragados y Construcciones — 1970-yillarda tanazzulga yuz tutdi. Banco Central yana bankrot boʻlgan raqobatchilarni sotib olishni boshladi. Banco Central 1970-1975-yillar oraligʻida oʻz filiallari sonini ikki baravarga koʻpaytirdi. 1980-yilga kelib Banco Central Ispaniyaning eng yirik bankiga aylandi. Biroq 1997-yildan 1992-yilgacha bankni boshqargan konservativ Alfonso Eskames rahbarligida bank moliyaviy bozorni erkinlashtirishga tayyor emasligicha qoldi. Oʻz pozitsiyasini saqlab qolish uchun bank 1991-yilda Banco Hispano Americano bilan birlashdi. 1980-yillarning boshidagi muvaffaqiyatsiz xaridlar uni sezilarli darajada zaiflashtirgan. Banco Central Hispano deb nomlangan birlashtirilgan bankni Anxel Korkostegi boshqargan, u ishni xodimlar sonini 10 mingga va filiallar sonini 20 foizga qisqartirishdan boshlagan.

1999-yilda Banco Santander va Banco Central Hispano birlashishi eʼlon qilindi. Banco Santander Central Hispano kompaniyasini Korkostegi boshqargan. Uning davrida xodimlar soni 100 mingdan oshdi, shu bilan birga, filiallar soni esa 6200 taga yetdi[3].

Birlashish va sotib olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faqat 1985-2010-yillarda guruh sotib olish uchun 70 milliard dollar sarfladi.

2004-yilda Santander Britaniyaning Abbey National bankini 9 milliard funt sterlingga sotib oldi[6]. Santander 2008-yilda sotib olingan Alliance & Leicester va Bradford & Bingley bilan birgalikda 1000 dan ortiq filiallari bilan Buyuk Britaniyadagi beshinchi yirik bank hisoblangan[4].

2010-yil iyul oyida bank Shvetsiyaning SEB bankidan Germaniyadagi 173 ta filialni 555 million yevroga sotib oldi. 2010-yilning avgust oyida esa u Buyuk Britaniyadagi Royal bankni 318 ta filialini va HSBC dan 4,3 milliard dollarga avtomobil kreditlarini sotib oldi.

Bosh qarorgohi Santanderda

2010-yil sentyabr oyida Santander Allied Irish Bankning (AIB) dan Polshadagi Bank Zachodni WBK kapitalidagi 70% ulushini 4,2 milliard yevroga sotib olgan (faollar boʻyicha mamlakatda beshinchi oʻrinda). .

Boshqaruvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Banco Santanderning kattagina qismi Botin oilasiga tegishli edi, ammo birlashish va sotib olish natijasida, ularning ulushi 2 foiizgacha kamaydi[5]. Asosiy aksiyadorlar (3% dan ortiq) BlackRock (5,64%), The Vanguard Group (3,99%), Norges Bank Investment Management (3.2%), Dodge &amp, Cox (3.13%) va Amundi (3.06%) lar egalik qilishadi.

Santander guruhini 15 kishidan iborat direktorlar kengashi boshqaradi, ularning har biri aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida 3 yillik muddatga tayinlanadi. Direktorlar orasidan direktorlar kengashi raisi, toʻrtta rais oʻrinbosari va bosh ijrochi direktor (bosh direktor) saylanadi[7].

  • Ana Botin 2014-yildan buyon bank direktorlar kengashi raisi, 1989-yildan direktorlar kengashi aʼzosi, 1981-yildan 1989-yilgacha JP Morgan Chase kompaniyasida ishlagan. U, shuningdek, The Coca-Cola Company direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan. Undan oldin Banco Santander boshqaruvi raisi lavozimini ketma-ket uning bobosi (1909-1950, 1950-1986) va otasi (1986-1999, 2002-2014) egallab kelgan[2]. Uning akasi direktorlardan biri boʻlgan[7].
  • Ektor Grisi Cheka (1966-yilda tugʻilgan) 2023-yil yanvaridan beri bosh ijrochi direktor hisoblanadi[8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil kompaniya 165 million mijozga xizmat koʻrsatgan. Uning ulushlari taqsimoti quyidagicha: 46 millioni Yevropada, 16 million Ispaniyada, 22 millioni Buyuk Britaniyada, 73 millioni Janubiy Amerikada, 62 million Braziliyada, 25 million Shimoliy Amerikada va 21 million Meksikada. Keyinchalik, bank tarmogʻiga 8500 dan ortiq filiallar kirdi. Guruhda 213 ming kishi ishlagan, shundan Ispaniyada 35 ming, Braziliyada 58 ming, Meksikada 31 ming, Buyuk Britaniyada 24 ming, Polshada 13 ming va AQShda 13 ming kishi faoliyat yuritgan.

Grupo Santander 2020-yil holatiga koʻra 780 dan ortiq kompaniyalardan iborat boʻlib, asosiysi Banco Santander aktivlarning uchdan bir qismini tashkil qilgan (ammo, Banco Santander nomi butun guruhga nisbatan qoʻllaniladi). 2023-yil holatiga koʻra uning boʻlinmalari:

  • Yevropa — Ispaniya, Buyuk Britaniya, Portugaliya (Banco Santander Totta, SA) va Polsha, daromad — 21,4 milliard yevro, sof foyda — 5,5 milliard yevro, aktivlar — 955 milliard yevro;
  • Janubiy Amerika — Braziliya, Argentina, Chili, Kolumbiya, Peru va Urugvay; daromad — 18,0 mlrd yevro, sof foyda — 3,0 mlrd yevro, aktivlar — 325 mlrd yevro;
  • Shimoliy Amerika — AQSh va Meksika, daromad — 13,2 milliard yevro, sof foyda — 2,4 milliard yevro, aktivlar — 295 milliard yevro;
  • Openbank va Open Digital Servicesni oʻz ichiga olgan Santander Consumer Finance shoʻba korxonasi Digital Consumer Bank avtomobillar va elektronika sotib olish uchun kreditlar beradi, asosiy bozorlar Germaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari, Ispaniya va Italiya; daromad — 5,5 mlrd yevro, sof foyda — 1,2 mlrd yevro.

Tarkibiy boʻlim:

  • Chakana bank — 2023-yilda daromad 45,3 milliard yevroni, sof foyda esa 7,4 milliard yevroni;
  • Korporativ va investitsiya banki — daromad 8,3 milliard yevroni, sof foyda esa 3,1 milliard yevroni;
  • Aktivlarni boshqarish va sugʻurta — boshqaruv ostidagi aktivlar 460 milliard yevroni, daromad 3,4 milliard yevroni, sof foyda esa 1,6 milliard yevroni tashkil etdi.

2023-yil holatiga koʻra Grupo Santanderning aktivlari 1,797 trillion yevroni, qabul qilingan depozitlar hajmi 1,047 trillion yevroni, 2023-yil uchun daromad 57,4 milliard yevroni tashkil etdi. Asosiy daromadlar Braziliya (12,6 milliard), Ispaniya (8,6 milliard), AQSh (7,3 milliard), Buyuk Britaniya (6,6 milliard), Meksika (6,6 milliard), 0 milliard), Polsha (3,6 milliard), Chili (2,2 milliard), Portugaliya (2,1 milliard), Argentina (1,6 milliard), Germaniya (1,6 milliard) va Fransiya (1,2 milliard)ga toʻgʻri kelgan. Sof daromad 75 foizni tashkil etgan.

2023-yil Grupo Santander Forbes Global 2000 dunyodagi eng yirik moliya kompaniyalari roʻyxatida 49-oʻrinni egalladi[9].

2023-yilda Banco Santander boshqaruv ostidagi aktivlari (201 milliard dollar) boʻyicha dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalari orasida 110-oʻrinni egalladi[10].

Moliyaviy koʻrsatkichlar (mlrd yevro)[11][12][7][13]
2001 2006 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
Aylanma - 21,94 43,64 44,26 39,67 42,61 45,90 44,23 48,36 48,42 49,23 44,28 46,40 52,12 57,42
Sof foyda 2,177 8,246 6,077 3,051 5,329 6,935 7,334 6,204 6,619 7,810 6,515 −8,771 8,124 9,605 11,08
Aktiv 367,3 833,9 1251 1270 1116 1266 1340 1339 1444 1459 1523 1508 1596 1734 1797
Kapital 29,94 44,85 74,41 71,80 70,33 80,81 88,04 102,7 106,8 107,4 110,7 91,32 97,05 97,59 104,2

Homiyligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ferrari avtomobilidagi Santander logotiplari

Santander Xitoy, Ispaniya, Germaniya va Britaniya Gran-prisining homiysi hisoblanadi. Shuningdek, u Formula 1 oʻyinlarida McLaren va Scuderia Ferrari kabi jamoalarning hamkori boʻlgan[4].

2007-yil sentabr oyida bank 2008-yildan boshlab Janubiy Amerikaning klublar oʻrtasidagi asosiy futbol turniri — Libertadores kubogiga homiylik qilishini aytdi. Ilgari turnirga Yaponiyaning Toyota kompaniyasi homiylik qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Santander 2023 Annual Report“. US Securities and Exchange Commission (2024-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 23-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Santander's chairman Emilio Botin dies“ (en). BBC (2014-yil 10-sentyabr). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Banco Santander Central Hispano S.A. History“ (en). Funding Universe. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Emilio Botín - obituary“ (en). The Telegraph (2014-yil 14-sentyabr). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  5. 5,0 5,1 Raphael Minder. „Emilio Botín, Who Built Up Santander Bank, Dies at 79“ (en). The New York Times (2014-yil 10-sentyabr). 2017-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  6. William Kay. „HBOS fury as EU backs Santander's Abbey bid“ (en). The Independent (2004-yil 6-sentyabr). 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Annual Report 2015 on SEC Filing Form 20-F“ (en). Banco Santander, S.A. (2016-yil 21-aprel). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-dekabr.
  8. „Héctor Grisi Checa“ (en). Banco Santander SA. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  9. „Santander“ (en). Forbes. 2016-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-aprel.
  10. „The world’s 500 largest asset managers – Year end 2023“ (en). Thinking Ahead Institute. Qaraldi: 2024-yil 10-aprel.
  11. „Annual Report 2005 on SEC Filing Form 20-F“ (en). Banco Santander S.A. (2006-yil 3-iyul). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-dekabr.
  12. „Annual Report 2010 on SEC Filing Form 20-F“ (en). Banco Santander S.A. (2011-yil 6-iyun). 2015-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-dekabr.
  13. „Annual Report 2020 on SEC Filing Form 20-F“ (en). Banco Santander, S.A. (2021-yil 22-fevral). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]