Ateizm
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ateizm xudo(lar)ning mavjudligiga ishonchning yo‘qligidir. Shuningdek, teizmni inkor etuvchi har qanday dunyoqarashga ham ateizm deyiladi, lekin bu noo‘rin, zero bunday dunyoqarash nonteizm deb atalib, ateizmdan farqlanishi mumkin. Barcha ateistlar dinsizdir, degan fikr ham mutlaq to‘g‘ri emas, ba’zi dinlar (buddizm kabi) "xudo" tushunchasiga muhtoj emas, demakki shunday dinlarga mansub shaxslar ham ateist, deyilishi mumkin.
O‘zini ateist, deb nomlagan shaxslarning ko‘pchiligi g‘ayritabiiy hodisalarga skeptik yondoshishib, xudolarning mavjudligiga empirik dalillar mavjud emasligini urg‘ulashadi. Bundan tashqari, ateizm foydasiga falsafiy, ijtimoiy yoki tarixiy argumentlar keltiriladi. Aksar ateistlar sekulyarizm, humanizm, ratsionalizm va naturalizm kabi falsafiy qarashlarga ega bo‘lishgani bilan, barcha ateistlar birdek bo‘ysinuvchi dunyoqarash mavjud emas.
Din muhim bo‘lgan ba’zi jamiyatlarda ateist atamasi xaqorat kabi ishlatilishi hollari kuzatiladi. Biroq ilm-fan rivojlanishi, fikr erkinligi tarqalishi ketidan bu atama bilan o‘zini tasvirlovchi kishilar soni o‘sib bormoqda.
Mundarija |
[tahrir] Etimologiya
Qadimgi yunon tilida atheos (ἄθεος, bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ἀ + θεός ("xudo")) "xudosiz" ma’nosini anglatadi.
[tahrir] Tarixi
Ateizm atamasi 16-asrda Fransiyada kelib chiqqan bo‘lsa-da, xudolarning mavjudligiga ishonch bildirmagan dunyoqarash va falsafiy oqimlar ibtidoiy jamiyat davrlarida ham bo‘lgan. Xudo, ruh tushunchalarini o‘ylab topgan va jamoiyatni bularga ishontirishga harakat qilgan shomonlar, afsungarlar va hk. din yaratuvchilarining o‘zlari bunga ishonmagan bo‘lishlari mumkin. Tarixiy hujjatlarda ko‘rsatilgan ateistik qarashdagi falsafiy maktablar mil. avv. 6 asrda Hindistonda paydo bo‘la boshlagan.
[tahrir] Ateistlar nufuzi
Dunyodagi ateistlar sonini hisoblash qiyin ishdir, zero "ateist" tushunchasi har xil anglashilishiladi, qolaversa, xudoga ishonnmaydigan har qanday shaxs ham o‘zini "ateist", deb atamaydi (yoki u bu so‘zni bilmaydi, yoki jamiyat tazyiqiga uchrashdan qo‘rqadi). Bu borada "dinsiz" atamasini ishlatiladi. Dinsizlar nufuzi esa dunyo aholisining 12%-15% tashkil etadi[manba kerak].
Dinsizlar odatda olimlar orasida koʻpchilikni tashkil etadi. Masalan, Nature jurnali tadqiqotlariga koʻra (1998) AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzolarining faqatgina 7.0% ibrohimiy dinlar tasvirlagan xudoga ishonishadi (AQSh aholisining 85% xudoga ishongani holda)[1].
Oʻzbekistonda ateistlar soni nihoyatda kam boʻlsa-da, yuqori darajali savod koʻrsatkichi tufayli diniy mutaassiblik keng yoyilmagan; aholining 35%'igina dinni muhim, deb hisoblaydi (2002-yilga koʻra).[2]
[tahrir] Shuningdek
[tahrir] Manbalar
[tahrir] Ishoratlar

