Agnostitsizm
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Agnostitsizm (yunoncha a- - boʻlishsizlik qoʻshimchasi va gnosis - "bilim") teologiya, oʻlimdan soʻnggi hayot, xudo kabi metafizik mavzularga oid ma’lum iddaolarning haqiqiy yechimini bilish ilojsiz ekanini ta’kidlovchi falsafiy dunyoqarashdir. Bunga sabab sifatida obyektiv reallikni oʻrganish doim subyektiv bilish orqali kechishi koʻrsatiladi. Odatda agnostitsizm xudoning mavjudligi yoki emasligi masalasiga oid dunyoqarashga aytiladi. Agnostitsizm dunyoqarashiga ega shaxs agnostik deyiladi. Aksar agnostiklar ateistlar bilan bir qatorga qoʻyilsa-da, ba’zi agnostiklar teist boʻlishlari ham mumkin.
[tahrir] Etimologiyasi
Agnostitsizm atamasi 1869 yili Thomas Henry Huxley tomonidan gnostitsizmni rad etuvchi falsafiy oqimni nomlash uchun oʻrtaga qoʻyildi.