Dinsizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dinsizlik deb dinga berilmaganlik, befarqlik, ishonmaslik, dinni rad etish yoki dinga qarshilikka aytiladi.[1] Diniy ishonchni rad etuvchi dinsizlikka ateizm, diniy dissidentlik va dunyoviy gumanizm kiradi. Dinga qarshi dinsizlikka antiteizm, antiklerikalizm va antidin kiradi. Dinga befarq dinsizlikka apateizm kiradi. Dinga berilmaganlik yoki ishonmaslikka agnostitsizm, ignostitsizm, nonteizm va hur fikr kiradi. Xudoga ishonchi bor dinsizlikka deizm deyiladi.[2]

2012-yilda oʻtkazilgan soʻrovga binoan dunyo aholisining 36%i dinsiz boʻlib, 2005—2012-yillarda dindorlik 9%ga kamaygan.[3] 2010-yilgi Pew Global Report tadqiqotiga binoan Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqalari aholisi dinga eng kam berilgan.[4] Adherents.com maʼlumotlariga binoan dinsizlarning 40—50%i deist boʻlishi mumkin.[5]

Manbalar[tahrir]