Ahl as-Sunna val-Jamoa
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Din asoslari |
| Allohning birligi Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
| Asosiy ibodatlar |
| Iymon Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
| Muhim Shaxslar |
| Muhammad Abu Bakr •Umar |
| Muqaddas Matnlar |
| Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
| Islomdagi mazhablar |
| Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
| Jamoat |
| Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
| İslom Portalı |
Ahl as-Sunna val-Jamoa ("sunna va jamoa ahli") - islom dini ta`limotida ogʻishmay, toʻgʻri mafkurada sobit qadam boʻlib kelayotgan moʻmin-musulmonlar toifasining nomi. Muhammad (S.A.V) bir hadisi shariflarida aytgan ekanlar: "Yahudiylar qavmi 71 firqaga, masihiylar qavmi 72 firqaga boʻlinib ketgan edilar. Mening qavmim (ummatim) esa 73 firqaga boʻlinib keturlar. Ulardan faqat bir toifasi mening va sahobalarim yoʻlidan yurib adashmay borurlar. Qolgan 72 firqasi ahli nor (doʻzahiy)dirlar". Islom ulamolari shu hadisdagi bir toifani Ahl as-Sunna val-Jamoa deb nomlaganlar. Bu toifa yana "firqai nojiya", "ash`ariylar", "moturudiylar" deb ham nomlanadi.