Hanbaliylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hanbaliylik — sunniylikaash diniy-huquq mazhablaridan biri. Ibn Hanbal asos solgan. H. tizimi oʻta torligi, har qanday koʻrinishdagi "yangilik"ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qatiy turishligi bilan ajralib turadi. H. taraf-dorlari Qurʼon va hadislarni erkin talqin| etish yoʻlidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham (eu mazhab keng tarqalmagan. Faqat 9-a.ning 2-yarmida arab xalifali-gida muʼtaziliylarning va ilohiyot -yeohasidagi hurfikrlilikning taʼqib ostiga olinishi tufayli H. taʼsiri birmuncha kengaygan va 12-a.da mustaqil mazhabga aylangan. 10-a.da Eron-da, 11-a.

dan 15-a.gacha Suriya va Fala-stinda H. izdoshlari koʻp boʻlgan. Undan keyingi asrlarda H. tarafdorlari yana kamayib ketgan. Hozirda H. Sau-diya Arabistonda rasman eʼtirof etilgan, boshqa mamlakatlarda kam uchraydi.