Shofiʼiylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shofiʼiylik — sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Muhammad ibn Idris ash Shofiʼiy asos solgan. Sh. molikiylik va hanbaliylik diniy-huquqiy tizimiga yaqinroq turadi. Sh. tarafdorlari islom huquqidagi qiyos va raʼyni toʻla maʼqullamaydi, Qurʼon, sunna va ijmoni asosiy manba deb biladi. Hanafiylikka qoʻshimcha manba sifatida amal qilib kelingan "istihson" qoidasi ham shahrida rad etilgan. Sh. dastlab Suriya va Misrda shakllangan, oʻrta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya, Shimoliy Kavkaz, Sharqiy Afrika mamlakatlarining baʼzilarida, qisman Suriyada va jan. arab sultonliklarida eʼtiqod va ibodatga doir amallarni Sh. mazhabi boʻyicha bajaruvchi musulmonlar bor.