Kavkaz: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
ShHamrayev (munozara | hissa)
ShHamrayev (munozara | hissa)
Qator 174: Qator 174:
== Foydali qazilmalari ==
== Foydali qazilmalari ==
Kavkaz har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrida, Kichik Kavkazda rangli metall konlari, Shimolda Osetiya-Alaniya, [[Gurjiston]]da qoʻrgʻoshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur ([[Armaniston]])da mis va molibden, [[Ozarbayjon]]da temir rudasi, alunit, Tkibuli, Tkvarchelida toshkoʻmir, Chiaturada marganets konlari bor. Ozarbayjon, [[Checheniston]]-Ichkeriya, [[Ingushiya]], [[Dogʻiston]] respublikalari, [[Krasnodar]] va [[Stavropol]] oʻlkalarida neft qazib olinadi. Kavkaz turli xil mineral suv, binokorlik materiallari va boshqa minerallarga boy.
Kavkaz har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrida, Kichik Kavkazda rangli metall konlari, Shimolda Osetiya-Alaniya, [[Gurjiston]]da qoʻrgʻoshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur ([[Armaniston]])da mis va molibden, [[Ozarbayjon]]da temir rudasi, alunit, Tkibuli, Tkvarchelida toshkoʻmir, Chiaturada marganets konlari bor. Ozarbayjon, [[Checheniston]]-Ichkeriya, [[Ingushiya]], [[Dogʻiston]] respublikalari, [[Krasnodar]] va [[Stavropol]] oʻlkalarida neft qazib olinadi. Kavkaz turli xil mineral suv, binokorlik materiallari va boshqa minerallarga boy.
== Ekologiyasi ==
Kavkaz katta ekologik ahamiyatga ega hududdir. Mintaqa dunyoning 34 ta biologik xilma-xillik nuqtalari ro'yxatiga kiritilgan<ref>Zazanashvili N, Sanadiradze G, Bukhnikashvili A, Kandaurov A, Tarkhnishvili D. 2004. Caucasus. In: Mittermaier RA, Gil PG, Hoffmann M, Pilgrim J, Brooks T, Mittermaier CG, Lamoreux J, da Fonseca GAB, eds. Hotspots revisited, Earth's biologically richest and most endangered terrestrial ecoregions. Sierra Madre: CEMEX/Agrupacion Sierra Madre, 148–153</ref><ref>{{Cite web |title=WWF – The Caucasus: A biodiversity hotspot |url=http://wwf.panda.org/what_we_do/where_we_work/project/projects/index.cfm?uProjectID=GE0026&source=ge |url-status=dead |archive-url=https://web.archive.org/web/20130508212359/http://wwf.panda.org/what_we_do/where_we_work/project/projects/index.cfm?uProjectID=GE0026&source=ge |archive-date=8 May 2013 |access-date=2 August 2012 |website=panda.org}}</ref>. Bu yerda 6400 ga yaqin oliy oʻsimlik turlari mavjud. Ulardan 1600 tasi mintaqaga xosdir<ref>{{Cite web|url=http://www.endemic-species-caucasus.info/|title=Endemic Species of the Caucasus}}</ref>. Hududning yovvoyi tabiatiga fors qoplonlari, qoʻngʻir ayiqlar, boʻrilar, bizonlar, marallar, burgutlar va qalpoqli qargʻalar kiradi. Kavkazda umurtqasizlar orasida 1000 ga yaqin o'rgimchak turlari qayd etilgan<ref>{{Cite web |title=A faunistic database on the spiders of the Caucasus |url=http://caucasus-spiders.info/introduction/checklists/ |url-status=dead |archive-url=https://web.archive.org/web/20090328225817/http://caucasus-spiders.info/introduction/checklists/ |archive-date=28 March 2009 |access-date=17 September 2010 |publisher=Caucasian Spiders}}</ref><ref name="chaladzeetal2014">{{Cite journal |last1=Chaladze |first1=G. |last2=Otto |first2=S. |last3=Tramp |first3=S. |year=2014 |title=A spider diversity model for the Caucasus Ecoregion |journal=Journal of Insect Conservation |volume=18 |issue=3 |pages=407–416 |doi=10.1007/s10841-014-9649-1 |s2cid=16783553}}</ref>. Artropodlar biologik xilma-xilligining asosiy qismi Buyuk va Kichik Kavkaz tizmalarida joylashgan.


== Iqlimi ==
== Iqlimi ==

10-May 2023, 06:07 dagi koʻrinishi

Kavkaz — bu geografik mintaqa hisoblanib, Yevroosiyodagi togʻli mintaqa, Sharqiy-Yevropa pasttekisligining janubida yaʼni Yevropa va Osiyo qitʼalarining chegarasida joylashgan. Gʻarbdan Qora dengiz, sharqdan Kaspiy dengizi mintaqani oʻrab olgan.

Kavkazdagi davlat va regionlar

Janubiy Kavkaz davlatlarining umumiy statistikasi

Armaniston Ozarbayjon Gruziya Umumiy
Gerbi Armenia Azerbaijan Georgia (country)
Bayrogʻi Armaniston Ozarbayjon
Poytaxti Yerevan Boku Tbilisi
Mustaqillik kuni
Siyosiy tizim Parlament respublikasi Yarim prezidentlik respublikasi Parlament respublikasi
Parlament Azgayin Zhoghov Milli Majlis Gruziya parlamenti
Hozirgi prezidenti Vahagn Khachaturyan Ilhom Aliyev Salome Zourabichvili
Aholisi (2020) Decrease 2,963,900 10,027,874 Decrease 3,716,858 16,701,632
Maydoni 29,743 km2 (11,484 mi²) 86,600 km2 (33,400 mi²) 69,700 km2 (26,900 mi²) 186,043 km2 (71,832 mi²)
Aholi zichligi 101.5/km2 (263/sq mi) 115/km2 (300/sq mi) 53.5/km2 (139/sq mi) 90/km2 (230/sq mi)
Suvli maydoni % 4.71% 1.6% 3.2%
YaIM (nominal) umumiy (2019) $13.444 milliard $47.171 milliard $15.925 milliard $76.540 milliard
YaIM (nominal) aholi jon boshiga (2019) $4,528 $4,689 $4,289 $4,571
Harbiy byudjet (2020) $634 million $2.267 milliard $290 million $3.191 milliard
Gini indeksi 34.4 (2018) 28.6 (2018) 36.4 (2018)
Inson taraqqiyoti indeksi 0.760 (Yuqori) 0.754 (Yuqori) 0.786 (Yuqori)
Internet belgisi .am .az .ge
Telefon kodi +374 +994 +995

Etimologiyasi

„Kavkaz“ (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan, ehtimol u Qora dengizning janubiy sohilida qadimda yashagan „Kavkaz“ xalqining nomidan boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi. Kavkaz atamasi dastlab mil.av. 479-yilda yunon dramaturgi Esxilning „Zanjirband Prometey“ tragediyasida qayd etilgan). Shimolda Kuma-Manich botigʻidan, janubda tabiiy geografik va geologik jihatdan shartli ravishda Kavkazorti respublikalarining Turkiya va Eron bilan boʻlgan davlat chegaralarigacha choʻzilgan. Maydoni 500 ming km2. Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti boʻlinadi. Ular oʻrtasidagi chegara Katta Kavkazning Bosh (yoki Suvayirgʻich) tizmasidan oʻtadi.

Demografiyasi

Kavkaz davlatlarining aholi piramidalari
Armanistonning aholi piramidasi. 2016-yil
Gruziyaning aholi piramidasi. 2016-yil
Ozarbayjonning aholi piramidasi. 2016-yil

Mintaqada turli tillar va til oilalari mavjud. Hududda 50 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi[1]. Kamida uchta til oilasi mintaqaga xosdir. Bundan tashqari, mintaqada Sharqiy slavyan, arman va osetin kabi hind-yevropa tillari va ozarbayjon, qoʻmiq va qorachay-bolqor kabi turkiy tillar soʻzlashadi. Rus tili eng muhim til sifatida Shimoliy Kavkazda ishlatiladi.

Shimoliy va janubiy Kavkaz xalqlari asosan shia musulmonlari, sunniy musulmonlar, sharqiy pravoslav xristianlar yoki arman nasroniylaridir.

Relyefi

Relyefi asosan, togʻlardan iborat. Taman yarimorolidan Apsheron yarimoroligacha Katta Kavkaz togʻlari choʻzilgan. Bu togʻlarning shimoliy etaklaridan Kuma-Manich botigʻigacha boʻlgan hudud Kavkazoldi deb ataladi. Katta Kavkazdan janub da Kolxida va Kura-Arake pasttekisliklari bor. Kavkazning janubi-sharqida burmali Tolish togʻlari (balandligi 2477 m gacha) va Lenkoran pasttekisligi joylashgan. Kavkaz janubining oʻrta va gʻarbiy qismlarini Kavkazorti togʻligi egallagan.

Kavkaz Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orografiyasida Kavkazoldi yosh platformasi (plitasi), Katta Kavkaz megantiklinoriysi, Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi va Kichik Kavkaz megantiklinoriysi ajralib turadi. Kavkazoldi plitasi shimoli-gʻarbiy qismining zamini tokembriy Ukraina kristalli massivining yer tagidagi janubi-sharqiy davomidir. Kavkazoldining qolgan qismi oʻrta paleozoy burmali zaminiga mansub. Kavkazoldi choʻkindi jinslar qoplami miotsengacha toʻplana borgan. Miotsen oxirida Stavropol qirlari koʻtarilib, Azov-Kuban botigʻini Terek-Kuma botigʻidan ajratib qoʻygan. Pliotsen oxirida Terek va Sunja tizmalarining antiklinal zonalari paydo boʻlgan. Katta Kavkaz markaziy qismining shimoliy yon bagʻri Kavkazoldi plitasining chekkasi boʻlib, bu yerda yangi tektonik harakatlar boʻlib turadi. Janubroqda Yon tizmaning intensiv gersin burmalanish zonasi Pshekish-Tirniauz yoriklari zonasidan ajralgan. Yanada janubroqda, bosh tizma zonasida gersin metamorfik majmuasi koʻtarilgan. Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi va Kichik Kavkaz megantiklinoriysining zaminini yuqori tokembriy — quyi kembriy metamorfik majmuasi tashkil qilgan.

Foydali qazilmalari

Kavkaz har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrida, Kichik Kavkazda rangli metall konlari, Shimolda Osetiya-Alaniya, Gurjistonda qoʻrgʻoshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur (Armaniston)da mis va molibden, Ozarbayjonda temir rudasi, alunit, Tkibuli, Tkvarchelida toshkoʻmir, Chiaturada marganets konlari bor. Ozarbayjon, Checheniston-Ichkeriya, Ingushiya, Dogʻiston respublikalari, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida neft qazib olinadi. Kavkaz turli xil mineral suv, binokorlik materiallari va boshqa minerallarga boy.

Ekologiyasi

Kavkaz katta ekologik ahamiyatga ega hududdir. Mintaqa dunyoning 34 ta biologik xilma-xillik nuqtalari ro'yxatiga kiritilgan[2][3]. Bu yerda 6400 ga yaqin oliy oʻsimlik turlari mavjud. Ulardan 1600 tasi mintaqaga xosdir[4]. Hududning yovvoyi tabiatiga fors qoplonlari, qoʻngʻir ayiqlar, boʻrilar, bizonlar, marallar, burgutlar va qalpoqli qargʻalar kiradi. Kavkazda umurtqasizlar orasida 1000 ga yaqin o'rgimchak turlari qayd etilgan[5][6]. Artropodlar biologik xilma-xilligining asosiy qismi Buyuk va Kichik Kavkaz tizmalarida joylashgan.

Iqlimi

Kavkaz moʻtadil va subtropik iqlim mintaqasi chegarasida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha darajasi Kavkazoldida —2, —5°, Gʻarbiy Kavkazorti (Kolxida pasttekisligi)da 4,5—6°, Sharqiy Kavkazorti (Kura-Araks va Lenkoran pasttekisligi)da 1—3,3°. Iyulning oʻrtacha darajasi gʻarbida 23—24°, sharqida 25—29°. Yillik yogʻin sharqida 200-400 mm, gʻarbida 1200-1800 mm. Gʻarbiy va Markaziy Kavkaz yon bagʻirlariga 2500 mm dan 4000 mm gacha yogʻin yogʻadi.

Katta Kavkazda muzliklar koʻp. Umumiy soni 2200 dan ziyod, maydoni 1428 km2. Kavkaz daryolari Kaspiy (Kura va irmogʻi Araks, Sulak, Terek, Kuma), Qora dengiz (Rioni, Inguri va b.) va Azov dengizlari (Kuban) havzalariga mansub. Kavkaz daryolarida koʻplab GESlar qurilgan (Kurada Mingechaur va Zemo-Avchala GESlar, Katta Kavkaz daryolarida Xrami, Rioni va boshqa GESlar bor). Eng yirik koʻli — Sevan.

Kavkazoldining tekislik landshaftlari moʻtadil mintaqaga, Kavkazorti esa subtropik mintaqaga kiradi. Gʻarbiy va Oʻrta Kavkazoldining landshaftlari dashtlardan iborat. Stavropol qirlarining balandroq qismlari, Mineralniye Vodi atroflari, Sunja tizmasining gʻarbiy qismlari va Katta Kavkazning qiya tekisliklarini oʻrmonli dasht egallagan. Sharqiy Kavkazoldida och tusli kashtan tuproqlardagi shuvoqli chala choʻl landshafti zonal landshaftdir. Kura-Araks pasttekisligining chala choʻllarida ondasonda shoʻrxok choʻllar ham uchraydi. Kolxida va Lenkoran pasttekisliklarida nam subtropik landshaftlar tarqalgan. Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrining quyi qismi, Kichik Kavkazning shimoliy yon bagʻri va Tolish togʻlarida subtropik oʻrmon landshaftlari bor. Kavkaz togʻlarida togʻ-oʻrmon landshaftlari hukmron. Sharqiy Kavkaz (Dogʻiston) va, qisman, Markaziy Kavkaz, Armaniston togʻligining lava platolari va tekisliklarida togʻ-dasht landshaftlari uchraydi. Katta Kavkazning eng baland choʻqqilarida glyasialnival landshaftlari tarqalgan.

Kavkazda Kavkaz, Teberda, Ritsa, Dilijon va bshqa qoʻriqxonalar bor. Kavkazda Rossiya Federatsiyasi hududining bir qismi, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Turkiyaning sharqiy va Eronning shimoli-gʻarbiy qismi joylashgan. Kavkazda yirik kurort rayonlari, Kavkaz Mineral Suvlari, Qora dengiz boʻyi kurortlari, turizm va alpinizm markazlari bor.[7]

Manbalar

  1. "Caucasian peoples". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/eb/article-9021862/Caucasian-peoples. 
  2. Zazanashvili N, Sanadiradze G, Bukhnikashvili A, Kandaurov A, Tarkhnishvili D. 2004. Caucasus. In: Mittermaier RA, Gil PG, Hoffmann M, Pilgrim J, Brooks T, Mittermaier CG, Lamoreux J, da Fonseca GAB, eds. Hotspots revisited, Earth's biologically richest and most endangered terrestrial ecoregions. Sierra Madre: CEMEX/Agrupacion Sierra Madre, 148–153
  3. „WWF – The Caucasus: A biodiversity hotspot“. panda.org. 2013-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  4. „Endemic Species of the Caucasus“.
  5. „A faunistic database on the spiders of the Caucasus“. Caucasian Spiders. 2009-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-sentyabr.
  6. Chaladze, G.; Otto, S.; Tramp, S. (2014). "A spider diversity model for the Caucasus Ecoregion". Journal of Insect Conservation 18 (3): 407–416. doi:10.1007/s10841-014-9649-1. 
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil