Lenkoran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lenkoran — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar, Kaspiy dengizidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 45,4 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Subtropik mevalar yetishtiriladigan r-nning markazi. Baliq konserva, meva-sabzavot konserva zavodlari, choy f-kalari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Dengiz boʻyi balneoiutim kurorti. Ozarbayjonning eng qad. shaharlaridan biri, asos solingan yili nomaʼlum. 18-a.da Tolish xonligi markazi. 1804— 13 -y.lar Rossiya—Eron urushida vayron qilinib, L. oʻrnida qalʼa qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil