Zulfi tilla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zulfi tilla, zulfizar (tilla soch tutami, jingalasi) — ziynat buyumi, ayollar sochiga taqiladigan bezak. Markaziy turunj shaklidagi toʻgʻnogʻich va undan yon tomonlariga qora ipak ipdan chikarilgan ikki qator shokiladan iborat. Toʻgʻnogʻich qismi yupqa kumush yaproqchalaridan iborat boʻlib, gajaksimon uchli shakl va tana qismdan iborat, yuzasi bosma naqsh, kesma chiziqlar (baʼzan oʻsimliksimon naqshlar) bilan bezatilgan, yirik rangli shisha koʻzlar oʻrnatilgan, quyi qismiga shokilalar osilgan. Ikki qator ipak shokilasiga koʻplab qubbachali (qoʻngʻiroqcha shaklida) popuklar biriktirilgan, uning uchi band ("baxt bandi") bilan yakunlangan. Yurganda va harakatlanganda ular tovush chiqarib jaranglagan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil