Zoubeir Baya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zoubeir Baya
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zoubeir Baya (yoki Beya)
Tavallud sanasi 15-may 1971-yil (1971-05-15) (52 yosh)
Tavallud joyi M'saken, Tunis
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1981—1991 CS M'saken
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—1997 Étoile du Sahel 127 (34)
1997—2001 SC Freiburg 114 (21)
2001—2002 Beşiktaş 26 (2)
2002—2005 Étoile du Sahel 52 (13)
2005—2006 CS M'saken
Milliy terma jamoa
1994—2002 Tunis 81 (27)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Zoubeir Baya (yoki Beya) (talaffuzi: Zubayr Baya; 1971-yil 15-mayda tugʻilgan) — Tunislik sobiq professional futbolchi.

Ikki marta Tunisda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Baya oʻz mamlakati safida 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida va 1996-yilda Atlanta Olimpiadasida qatnashgan[1]. Shuningdek, terma jamoasi bilan 1998, 2000 va 2002 Afrika Millatlar Kubogi finallarida qatnashgan. Terma jamoadagi soʻnggi musobaqasi 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati boʻlgan, oradan koʻp oʻtmay isteʼfoga chiqqan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

M’saken shahrida tugʻilgan Baya futbolchilik faoliyatini Étoile du Sahelda boshlagan va Tunis klubi bilan Afrika kubogi gʻoliblari kubogini yutgan. Tunis terma jamoasidagi debyutini 1994-yil 4-sentyabrda Gvineya-Bisauga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻyinda ilk terma jamoadagi golini kiritdi. Oʻtgan sakkiz yil ichida oʻz mamlakati uchun ajralmas futbolchiga aylandi, 81ta oʻyin oʻtkazib, 18ta gol urdi.

Uning Étoile du Saheldagi mehnati eʼtibordan chetda qolmadi. 2. Bundesliga klubi SC Freiburg bilan 1997-yilda shartnoma imzoladi. Germaniyadagi toʻrt mavsumda muntazam asosiy tarkib futbolchisi sifatida koʻrsatdi va 21 ta gol urdi.

2001-yilda Baya Beşiktaş J.K bilan shartnoma imzolaganidan keyin Turkiyaga joʻnab ketdi[2]. Baya Tunisning ketma-ket ikkinchi jahon chempionati finaliga yoʻllanma olishida muhim rol oʻynadi. Saralash bosqichidagi barcha sakkizta oʻyinda maydonga tushdi va oltita gol urdi. 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatidan soʻng Etoile du Sahelga qaytdi.

Etoile du Sahel bilan ikki mavsum oʻtkazganidan soʻng, Tunisning ikkinchi divizioni vakili CS M’sakenga qoʻshildi. Undan keyin nafaqaga chiqdi

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Tunisning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Baya golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
Zoubeir Baya tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 10.06.1994 Stade Léopold Sédar Senghor, Dakar, Senegal  Senegal 1-2 2-2 Doʻstona
2 2-2
3 29.01.1995 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Mavritaniya 1-0 1-0 1996-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi
4 4.06.1995 Stade de Kégué, Lomé, Togo  Togo 1-0 1-0 1996-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi
5 15.12.1995 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Gvineya 3-1 4-1 Doʻstona
6 2.01.1996 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Gvineya 1-0 3-0 Doʻstona
7 4.01.1996 Princess Magogo Stadium, Durban, Janubiy Afrika  Angola 3-0 5-1 Doʻstona
8 28.01.1996 Free State Stadium, Bloemfontein, Janubiy Afrika  Gabon 1-0 1-1 1996-yilgi Afrika Millatlar Kubogi
9 31.01.1996 Kings Park Stadium, Durban, Janubiy Afrika  Zambia 2-0 4-2 1996-yilgi Afrika Millatlar Kubogi
10 12.01.1997 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Misr 1-0 1-0 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
11 17.08.1997 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Namibiya 1-0 4-0 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
12 3-0
13 27.02.1999 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Uganda 4-0 6-0 2000 Afrika Millatlar Kubogi saralashi
14 6.06.1999 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Jazoir 2-0 2-0 2000 Afrika Millatlar Kubogi saralashi
15 8.07.2000 Stade El Menzah, Tunis, Tunis Madagaskar bayrogʻi Madagaskar 1-0 1-0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
16 25.02.2001 Stade El Menzah, Tunis, Tunis Kongo Demokratik Respublikasi bayrogʻi Kongo DR 5-0 6-0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
17 9.05.2001 Stade El Menzah, Tunis, Tunis  Liberiya 3-0 7-0 Doʻstona
18 7-0
19 1.07.2001 Stade El Menzah, Tunis, Tunis Kongo Demokratik Respublikasi bayrogʻi Kongo Respublikasi 3-0 6-0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
20 5-0
21 15.07.2001 Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR Kongo Demokratik Respublikasi bayrogʻi Kongo DR 2-0 3-0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
22 3-0
23 20.03.2002 Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya  Norvegiya 1 — 1 1-2 Doʻstona
24 30.04.2002 Stade El Menzah, Tunis, Tunisia  Malta 2-1 2-1 Doʻstona
25 25.05.2002 Mohammed Al-Hamad Stadium, Al-Quvayt, Quvayt  Quvayt 1-0 3-1 Doʻstona
26 2-0
27 3-1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zoubeir Baya Biography and Statistics“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2009-yil.
  2. „ZOUBAIER BEN M.A. BAYA“. TFF. Qaraldi: 8-iyul 2009-yil.