Zombie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Zombie“
„The Cranberries“ qoʻshigʻi
„No Need to Argue“ albomidan
B tomon
  • „Away“
  • „I Don't Need“
Chiqarilgan sanasi 19-sentyabr, 1994-yil(1994-09-19)
Yozib olingan 1994
Studiya
Janr
Davomiyligi
  • 5:06 (LP versiya)
  • 4:11 (xalqaro versiya)
  • 3:52 (AQSh radiosi versiyasi)
Leybl Island
Matn muallif(lar)i Dolores O'Riordan
Prodyuser(lar) Stephen Street
„The Cranberries“ singllari xronologiyasi
„Linger“
(1993)
Zombie
(1994)
„Ode to My Family“
(1994)
Klipi
„Zombie“ YouTubeda

Zombie“ (tarjimasi „Zombi“) — „The Cranberries“ irland guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1994-yilning 19-sentyabrida guruhning „No Need to Argue“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Albomning oʻzi ikki haftadan keyin eʼlon qilingan. Taronani guruh solisti Dolores O'Riordan 1993-yil sodir etilgan Warrington portlashlarida halok boʻlgan Johnathan Ball va Tim Parry xotirasiga bagʻishlab yozgan[1]. Musiqa tanqidchilari „Zombie“ qoʻshigʻini alternativ rok janrida yozilgan shoh qoʻshiq oʻlaroq baholagan. Qoʻshiq guruhning boshqa qoʻshiqlaridan farqli ravishda granj janriga yaqinligi bilan ajralib turadi.

Qoʻshiq Avstraliya, Belgiya, Daniya, Fransiya, Germaniya va Islandiya xit-paradlarida hamda „Billboard“ jurnalining alternativ rok janridagi qoʻshiqlar xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. 1995-yil eng yaxshi qoʻshiq nominatsiyasida MTV EMA mukofoti bilan taqdirlangan. 2017-yil guruhning „Something Else“ albomida qoʻshiqning akustik versiyasi eʼlon qilingan.

„Zombie“ qoʻshigʻi Muvaqqat Irlandiya davlat armiyasi amalga oshirgan portlashda halok boʻlgan 3 yoshli Ball hamda 12 yoshli Parry xotirasiga bagʻishlangan. O'Riordan qoʻshiqni Sean-nós uslubida kuylagan boʻlib[2], ayrim soʻzlarni kuylashda yodeling uslubidan foydalangan.

Qoʻshiq uchun Samuel Bayer rejissyorligida klip olingan. Unda Belfast va Dublinda klip uchun olingan kadrlar bilan bir qatorda Shimoliy Irlandiyadagi mojaro davomida olingan haqiqiy tasvirlardan ham foydalanilgan. 2020-yilning aprelida qoʻshiq klipi YouTubeda bir milliard martadan oshiq koʻrilgan ilk irland guruhi klipiga aylangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Linderman, James. „How I wrote ‘Zombie’ by The Cranberries’ Dolores O’Riordan“. Songwriting Magazine (19-sentyabr 2019-yil). 7-yabvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentyabr 2022-yil.
  2. Shepherd, John; Horn, David; Laing, Dave; Oliver, Paul; Wicke, Peter. Continuum Encyclopedia of Popular Music of the World – Performance and Production. New York City: Continuum, 2003 — 161 bet. ISBN 978-0-826-46322-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]