Kontent qismiga oʻtish

Bessarabiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bessarabiya

Bessarabiya (rumincha: Basarabia, ukraincha: Бессарабія, olmoncha: Bessarabien , gagauzcha: Besarabiya) — Dnestr va Prut daryolari oraligʻidagi tarixiy viloyat (hozir Moldova hududining asosiy qismi va Odessa viloyatining janubiy qismi). Dastlab u yerda qadimgi yunonlar yashagan, keyin Bessarabiya Rim imperiyasiga tegishli edi. X—XI asrlarda Bessarabiya Kiev Rusi tomonidan bosib olingan. XII—XIII asrlarda Galisiya-Volin knyazligi tarkibiga kirgan. XIV asrdan Moldova knyazligiga qoʻshib olingan. XVI asr boshida uni Usmonlilar imperiyasi ishgʻol qilgan. 1812-yilda Rossiya imperiyasi Bessarabiyani bosib oldi. 1918-40 yillarda Ruminiya Besrabiya bilan birlashdi.