Zhang Linpeng

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Zhang Linpeng
张琳芃
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Linpeng
Tavallud sanasi 9-may 1989-yil (1989-05-09) (34 yosh)
Tavallud joyi Jinan, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Port
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996—1997 Jinan Zhengli
1997—1999 Qingdao Hainiu
1999—2000 Guangdong Mingfeng
2001—2005 Genbao Football Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2010 Shanghai East Asia 65 (2)
2010—2021 Guangzhou Evergrande 223 (15)
2022 Shanghai Port 0 (0)
Milliy terma jamoa
2008 Xitoy U-20 6 (0)
2009—2010 Xitoy U-23 9 (1)
2009 Xitoy 92 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-aprel uchun)

Zhang Linpeng (talaffuzi: Chjan Linpen) (1989-yil 9-mayda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanghai Port“ klubida oʻynaydi.

Zhang Serxio Ramos kabi tashqi koʻrinishi va oʻyin uslubidagi oʻxshashligi uchun Zhanmos taxallusi bilan tanilgan. Hujumkor Zhang oʻzining havodagi oʻyini bilan tanilgan[1]. U italiyalik murabbiy Marselo Lippi tomonidan „Xitoy Superligasidagi eng yaxshi xitoylik futbolchi“ deb taʼriflangan[2][3].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Linpeng 2006-yilgi liga mavsumi boshida Shanghai East Asianing birinchi divizion jamoasida oʻz faoliyatini boshlagan. 2007-yilgi liga mavsumi oxirida iyuqori pogʻonaga koʻtarilgan jamoaning bir qismi boʻlgan[4]. Ikkinchi bosqichda Zhang klubning 2009-yilgi mavsumda toʻrtinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan[5]. Klubidagi oʻyinlari tufayli Xitoy terma jamoasiga chaqiruv olgan va u Iordaniyaga qarshi debyutida gol urgan. Zhang 2010-yil noyabr oyida Xitoy Superligasi vakili Guangzhou Evergrandga 12 million ¥ evaziga oʻtishgan[6].

U klubdagi debyutini 2011-yilning 2-aprelida Dalian Shidega qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan[7]. Tez orada u 2013-yilgi mavsumda jamoaning asosiy oʻyinchi sifatida oʻzini namoyon qilgan va klubni ketma-ket uchinchi liga chempioni, shuningdek, klub tarixida birinchi bora OChL chempioni boʻlishiga yordam bergan.

2015-yilgi mavsum oldidan Zhang 2015-yil 7-fevral kuni „Hangzhou Greentown“ jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida chap tizza bo‘g‘imi medial bog‘lami uzilib ketgan[8][9]. Italiyadagi jarrohlik amaliyotidan tuzalgach, Zhang A Seriyaning „ Inter“ jamoasi bilan bogʻlangan[10] murabbiy Roberto Manchini ham Zhangga qiziqish bildirgan[11]. Biroq, Guangzhou Zhangning transfer narxini 10 million yevro deb belgiladi, bu „Inter“ toʻlashga tayyor boʻlganidan ancha yuqori narx boʻlgan[12]. Jarohatidan tuzalgach, Zhang zaxiradan maydonga tushgan va 2015-yilning 3-aprelida Henan Jianyega qarshi o‘yinda (2:1) gol urgan[13]. Keyin u 2015-yilning 12-aprelida Liaoning Whowinga qarshi o‘yinda (6:1) 60 metrdan gol urgan[14]. 2015-yilning 27-mayida Seongnam FKga qarshi o‘yinda (2:0) chap tizzasidagi jarohatni yangilab olgan[15]. 2015-yilning 20-iyulida Zhang Guangzhou bilan shartnomasini 2020-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirgan[16]. Zhang 2015-yilning 12-avgustida Jiangsu Saintyga qarshi o‘yinda (1:0) jarohatdan qaytib maydonga tushgan[17]. 2015-yilning 28-avgustida Premer-liga jamoasi "Chelsea" yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar Zhangni transferni yakunlash umidida Guangzhouga taklif yuborgan[18] ammo, ikki klub muzokaralar chogʻida maʼlum shartlar boʻyicha kelisha olmaganligi sababli shartnoma imzolanmagan[19].

2022-yil 29-aprelda Zhang Shanghai Port jamoasiga qaytgan[20].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang 2008-yilgi Osiyo U-19 chempionatida Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida oʻynagan[21]. Bu uning 2009-yilgi Sharqiy Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilishiga yetarli boʻlgan[22].

23 yoshgacha boʻlgan terma jamoaning muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, Zhangning oʻyinlari oʻsha paytdagi bosh murabbiy Gao Xongbo uchun yuqori darajada yaxshi deb hisoblashiga kifoya qilgan. U 2009-yil 30-dekabrda Iordaniyaga qarshi o‘yinda (2:2) xalqaro maydonda terma jamoa safida debyut qilgan va oz' debyutida gol urgan[23]. Oʻzining debyutidan soʻng, Zhang 2011-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zhang Hue millatiga mansub[24]. U 2011-yil 21-mayda Vang Qiaozhi bilan olia qurgan va ularning oʻgʻli 2014-yil 1-sentyabrda tugʻilgan[25][26].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai East Asia 2006 Xitoy Ikkinchi ligasi - - -
2007 - - -
2008 Xitoy Birinchi Ligasi 19 0 - - - 19 0
2009 24 1 - - - 24 1
2010 22 1 - - - 22 1
Jami 65 2 0 0 0 0 0 0 65 2
Guangzhou Evergrande 2011 Xitoy Super Ligasi 16 1 2 0 - - 18 1
2012 21 2 3 1 7 0 1 0 32 3
2013 23 4 4 1 13 0 4 0 44 5
2014 27 1 2 0 9 0 0 0 38 1
2015 12 4 0 0 10 0 3 0 25 4
2016 16 0 7 0 3 0 1 0 27 0
2017 22 2 1 0 10 0 1 0 34 2
2018 26 0 0 0 8 0 1 0 35 0
2019 26 0 2 1 11 0 - 39 1
2020 17 1 0 0 2 0 - 19 1
2021 17 0 0 0 0 0 - 17 0
Jami 223 15 21 3 73 0 11 0 328 18
Karyerada jami 288 17 21 3 73 0 11 0 393 20

Xalqaro statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2009 1 1
2010 13 2
2011 5 1
2012 4 0
2013 8 0
2014 9 0
2015 8 1
2016 7 0
2017 7 0
2018 6 0
2019 11 0
2020 0 0
2021 9 0
2022 4 0
Jami 92 5

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 30.12.2009 Meihu sport markazi, Yivu , Xitoy  Iordaniya 1 — 0 2-2 Oʻrtoqlik
2 14.01.2010 My Dinh milliy stadioni, Xanoy, Vetnam  Vyetnam 2 — 0 2-1 2011-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3 8.10.2010 Tuodong sport markazi, Kunming, Xitoy  Suriya 2 — 0 2-1 Oʻrtoqlik
4 8.01.2011 Tani bin Jassim stadioni, Doha, Qatar  Quvayt 1 — 0 2-0 2011-yilgi Osiyo kubogi
5 8.09.2015 Shenyang sport markazi, Shenyang, Xitoy Maldiv orollari Maldiv Orollari 3 — 0 3-0 FIFA Jahon chempionati-2018 saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shanghai East Asia

  • Xitoy Ikkinchi ligasi : 2007-yil

Guangzhou Evergrand

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy terma jamoasi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Atkins. „Zhang giving Chinese game needed boost“. espnfc.com. Qaraldi: 2013-yil 4-oktyabr.
  2. „里皮确认巴里奥斯广州德比首秀 评国安是最强对手“. sina.com (2012-yil 9-iyul). Qaraldi: 2013-yil 6-may.
  3. „Cucina italiana e lavoro europeo: qui sto davvero benissimo“. La Gazzetta dello Sport (2012-yil 8-iyul). Qaraldi: 2013-yil 6-may.
  4. „China 2007“. rsssf.com (2008-yil 18-aprel). 2012-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  5. „China 2009“. rsssf.com (2010-yil 23-aprel). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  6. „恒大巧避足协限价令 1200万天价签约国足红人“. sports.163.com (2010-yil 26-noyabr). 2012-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  7. „最贵外援一剑封喉 恒大1-0实德开门红“. sports.sohu.com (2011-yil 2-aprel). Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  8. „张琳芃赴意大利检查伤情 若手术至少休战三个月“. sports.sohu.com (2015-yil 12-fevral). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  9. „张琳芃自曝赴意大利手术成功 期待尽快重返球场“. sports.163.com (2015-yil 14-fevral). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  10. „Ausilio blocca il turco Ozyakup Offerto Zhang“. La Gazzetta dello Sport (2015-yil 15-fevral). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  11. „Mancini, tutti nel mirino "Se prendiamo la porta la Lazio si può battere..."“. La Gazzetta dello Sport (2015-yil 4-may). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  12. „国米欲买张琳芃恒大标价1000万欧元“. sports.163.com (2015-yil 14-mart). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  13. „中超-埃神失点球张琳芃建功难救主 恒大1-2建业“. sports.163.com (2015-yil 3-aprel). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  14. „中超-张琳芃60米吊射埃神两球 恒大6-1胜辽足“. sports.sina.com (2015-yil 12-aprel). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  15. „张琳芃因膝伤缺阵一个月 悲催!2015年已两度重伤“. sports.163.com (2015-yil 28-may). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  16. „恒大官方宣布续约张琳芃 签五年效力至2020“. sports.sina.com (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  17. „舜天vs恒大首发:埃神张琳芃领衔5大伤员复出“. sports.sina.com (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  18. „Chelsea transfer news: Mourinho confident of securing defender Zhang Linpeng's signature“. The Daily Telegraph (2015-yil 28-avgust). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  19. „Zhang's 'dream' transfer to Chelsea off“. China Internet Information Center (2015-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  20. „官方:现役国脚张琳芃、徐新加盟上海海港“ (zh). Dongqiudi (2022-yil 29-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  21. „MATCH SUMMARY - Afc“. the-afc.com (2008-yil 8-noyabr). 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  22. „Hong Kong vs DPR Korea - HKFA“. hkfa.com (2009-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  23. „China PR 2-2 Jordan“. teamchina.freehostia.com (2009-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 25-sentyabr.
  24. „张琳芃:右臂纹身献给妻子 有机会一定回山东效力“. sports.163.com (2013-yil 23-avgust). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  25. „张琳芃周末登记结婚“. Guangzhou Daily (2011-yil 19-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
  26. „张琳芃喜当爹晒爱子萌照 网友:再生10个组个国足“. sports.163.com (2014-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 21-sentyabr.
  27. „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (2012-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.
  28. „http://sports.sina.com.cn/china/cfacup/2016-11-27/doc-ifxyawmm3563464.shtml“ (zh). Sports.sina.com.cn (2016-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.