Kunmin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Kunmin — Xitoyning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Yunvan provinsiyasining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Dyanchi koʻlining shim. sohilida, 1892 m balandlikda. Aholisi 3,89 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, GES va issiqlik elektr styalari bor. Qadimdan hunarmandchilikda gilam toʻqiladi. Fanlar akademiyasi filiali, universitet va boshqa bor. K. yaqinida koʻmir, temir rudasi, mis, apatit olinadi. Shaharga 1-asrda asos solingan va oʻsha davrda Szyanlin deb atalgan. 17-asr oʻrtalaridan Yunvan provinsiyasining maʼmuriy markazi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil