Zeki Rıza Sporel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Zeki Rıza Sporel
Zekirizasporel.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 28-fevral 1898-yil(1898-02-28)
Tavallud joyi Istanbul, Usmoniy Imperiyasi
Vafot sanasi 3-noyabr 1969-yil(1969-11-03)
(71 yoshda)
Vafot joyi Turkiya
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1912-1915 Fenerbahçe
Professional karyerasi*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1915-1934 Fenerbahçe 352 (470)
Milliy terma jamoa
1923-1934 Turkiya 16 (15)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


Zeki Riza Sporel (1898-yil 28-fevral — 1969-yil 3-noyabr)[1] — turk futbolchisi . U oʻz faoliyatini Fenerbahche va Turkiya milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻtkazgan. Faoliyati Fenerbahche yoshlar jamoalarida boshlanib, kattalar jamoasiga koʻtarilgunga qadar davom etgan. Zeki butun faoliyatini klubda oʻtkazgan va koʻplab rekordlarni qayd etgan. U Turkiya terma jamoasi safida gol urgan birinchi futbolchiga aylangan. U koʻpincha turk futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri sifatida tilga olinadi. 1946-yilda Demokratlar partiyasiga aʼzo bo‘lgach, siyosatda ham faol bo‘lgan[2].

Zeki Riza Hasan Komil Sporelning ukasi edi, u ham Fenerbahche SK jamoasida oʻynagan va klub prezident boʻlib ishlagan[3].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1898-yilda Istanbulda tugʻilgan Zekining faoliyati Fenerbahche yoshlar tizimida boshlangan va u yerda uch yil oʻtkazgan. U 1915-16-yilgi mavsumda oʻn sakkiz yoshida kattalar tarkibiga koʻtarilgan. Uning chap oyogʻi ajoyib oʻynardi, shu sababdan oʻng oyogʻi va boshini deyarli ishlatmagan. Zeki Fenerbahcheda koʻplab gol urish boʻyicha rekordlarni oʻrnatgan, shu jumladan bitta oʻyinda eng koʻp gol va eng tez gol rekordlari ham Zekiga tegishlidur. 1931-yil 13-fevralda Fenerbahche Üsküdar Anadolu ustidan 16-0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Zeki rekord sakkizta gol muallifiga aylangan[4]. Uning samarali gol urish qobiliyati uni bilan Üstad (Usta) deb nomlanishiga olib kelgan. Uning butun faoliyati Fenerbahcheda oʻtgan va oʻn sakkiz yillik faoliyatdan soʻng 1934-yilda nafaqaga chiqgan. Zekining Galatasaraydagi natijasi 352 oʻyinda 470 gol boʻlib bu mutloq rekord hisoblanadi[5]. Agar terma jamoadagi va boshqa klublardagi gollari qoʻshib hisoblansa, gollarning umumiy soni 800 dan oshgan[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiyaning birinchi milliy futbol jamoasi aʼzosi Zeki, mamlakatning ilk xalqaro oʻyinida Ruminiyaga qarshi maydonga tushgan va gol urgan. U ikkinchi boʻlimda ikkinchi gol bilan oʻyinni yakunlagan[7]. Oʻn oltita oʻyinda gʻalaba qozongan Zeki jamoani oʻn marta sardor sifatida maydonga olib tushgan va 15 ta gol urgan[8]. 1924-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 1928-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Turkiya terma jamoasi safida oʻynagan[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 26.10.1923 Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya  Ruminiya 2-2 Durrang Oʻrtoqlik
2. 26.10.1923 Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya  Ruminiya 2-2 Durrang Oʻrtoqlik
3. 17.06.1924 Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya  Finlandiya 2-4 Gʻalaba Oʻrtoqlik
4. 17.06.1924 Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya  Finlandiya 2-4 Gʻalaba Oʻrtoqlik
5. 17.06.1924 Töölön Pallokenttä, Helsinki, Finlandiya  Finlandiya 2-4 Gʻalaba Oʻrtoqlik
6. 17.06.1924 Töölön Pallokenttä, Helsinki,Finlandiya  Finlandiya 2-4 Gʻalaba Oʻrtoqlik
7. 19.06.1924 Reval Stadium (Kalevi aed), Tallinn, Estoniya  Estoniya 1-4 Gʻalaba Oʻrtoqlik
8. 19.06.1924 Reval Stadium (Kalevi aed), Tallinn, Estoniya  Estoniya 1-4 Gʻalaba Oʻrtoqlik
9. 22.06.1924 LSB Stadions, Riga, Latviya  Latviya 1-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik
10. 22.06.1924 LSB Stadions, Riga, Latviya  Latviya 1-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik
11. 22.06.1924 LSB Stadions, Riga, Latviya  Latviya 1-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik
12. 1.05.1925 Stadionul Romcomit, Bucharest, Ruminiya  Ruminiya 1-2 Gʻalaba Oʻrtoqlik
13. 2.10.1925 Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya  Polsha 1-2 Magʻlubiyat Oʻrtoqlik
14. 14.10.1927 Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya  Bolgariya 3-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik
15. 14.10.1927 Taksim Stadium, Istanbul, Turkiya  Bolgariya 3-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Turkiya futbol chempionati (1): 1933-yil
  • Istanbul futbol ligasi (4): 1920-21, 1922-23, 1929-30, 1932-33
  • Istanbul Juma Ligasi (2): 1920-21, 1922-23
  • Istanbul qalqoni (1): 1930-yil
  • General Harrington kubogi (1): 1923-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zeki Rıza Sporel’s profile at Sports Reference.com
  2. „Tarihe Düşülen Not, Veteriner Hekimi Zeki Rıza Sporel | Prof. Dr. Hazım GÖKÇEN“.
  3. Fenerbahçe past presidents
  4. „Zeki Rıza Sporel“.
  5. „Zeki Rıza Sporel“ (tr). FenerbahceCumhuriyeti.org. Qaraldi: 18-iyun 2007-yil.
  6. „Zeki Rıza Sporel | Tozlu Magazin“.
  7. „1923–1924“. Walter Verani, Erdinç Sivritepe and Turkish Soccer (12-sentabr 1999-yil). Qaraldi: 18-iyun 2007-yil.
  8. „Zeki Rıza Sporel“ (tr). FenerbahceCumhuriyeti.org. Qaraldi: 18-iyun 2007-yil.
  9. „Zeki Rıza Sporel“. Olympedia. Qaraldi: 25-avgust 2021-yil.