Zandona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zandona, Zandana — qad. qishloqlardan biri. Buxoro viloyati Peshku tumanida joylashgan. Narshaxiynint yozishicha, bu qishlokda katta qalʼa, jome masjidi va bozorlar boʻlgan. Z.da ilk oʻrta asrlarda toʻqilgan boʻz zandonachi, yaʼni 3. qishlogʻidan chiqadigan gazlama deb atalgan. Buxoroning koʻplab qishloqlarida (mas, Vardonze, Iskajkat, Romitan, Afshona va b.) toʻqib chiqarilgan bunday gazlamalar ham shunday nomlanib, oʻrta asrlarda Hindiston, Yaqin va Oʻrta Sharq va Yevropa davlatlariga olib chiqilgan. "Zandaniychi" gazlamasining shuhrati soʻnggi oʻrta asrlarda ham baland edi. Hukmdorlar va ulugʻ kishilar bu matodan kiyim tiktirganlar va uni kiyishni oʻzlari uchun sharaf hisoblaganlar. Amir Temur Turonda hokimiyatni egallashdan avval opasi va b. yaqinlarini 3. va Vardonzeda qoldirgan. 1920y.larda 3. qishlogʻi istiqlolchilik harakatinij Buxorodagi markazlaridan biri edi. Bugungi kunda qishloq qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgargan.

Adabiyot[tahrir]

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil