Zamin dargʻasi
Muallif(lar) | Sergey Yesenin |
---|---|
Tarjimon(lar) | Erkin Vohidov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va dostonlar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1971 |
Sahifalar soni | 184 |
„Zamin dargʻasi“ — rus shoiri Sergey Yesenin qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1971-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Sheʼrlarni rus tilidan oʻzbek tiliga Erkin Vohidov tarjima qilgan. Toʻplamga „Zamin dargʻasi“, „Singlimga xat“, „Hayot yoʻlim“, „Xotira“, „Oʻttiz oltilar dostoni“ kabi oʻzbek tiliga ilk bor oʻgirilgan sheʼrlar ham kiritilgan..
Toʻplamga oʻzbek kitobxonlari orasida mashhur boʻlgan „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi kiritilgan. Bundan tashqari, asarga „Yigirma oltilar balladasi“, „Ulugʻ jang qissasi“, „Oʻttiz oltilar dostoni“ hamda „Anna Snegina“ doston va balladalari jamlangan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Ahmedov – muharrir, G. Frolov – rassom, I. Siganov – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, N. Roʻzimuhamedova – musahhih. Kitob adadi – 35 000 nusxa.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |