Maryam Yoqubova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maryam Yoqubova (1909.19.10, Buxoro — 1987.2.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskva kino maktabini tugatgan (1928). 1929—32 yillarda Hamza teatri qoshidagi ishchisayyor teatrida, 1935—38 yillarda Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida, 1939— 41 yillarda Muqimiy teatrida, 1941 — 66 yillarda Hamza teatrida aktrisa. Musiqaviy iqtidorga ega boʻlgan aktrisa dramatik rollarning mohir ijrochisi, hajviy va salbiy rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari yorqin, maʼnodor va maishiy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Roʻzvon ("Gulsara"), Jahon xoda, Zebo ("Arshin mol olon"), Maysara ("Maysaraning ishi"), grafinya Diana ("It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi"), qirolicha Izabella ("Qoʻzibuloq qishlogʻi"), Ogudalova, Feklusha ("Sepsiz qiz", "Momaqaldiroq"), Sultonbegim ("Jaloliddin"), Xonzoda ("Boy ila xizmatchi"), Gertruda ("Hamlet"), Mastura satang ("Xolisxon"), Voynitskaya ("Vanya togʻa") va b. Yo. kinoda ham sermahsul ijod qilib, oʻzbek milliy kinosi ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshdi. Xonzoda ("Boy ila xizmatchi"), sudya ("Opasingil Rahmonovalar"), Oyposhsha ("Mahallada duvduv ran"), Oʻzbekoyim ("Utgan kunlar") kabilar shular jumlasidan. Telespektakllar va Oʻzbekiston radiosining bolalar uchun eshittirishlarida faol ishtirok etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil